O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universitetining jizzax filiali iqtisodiyot


O’zbekistonning tashqi savdo siyosati



Yüklə 413,78 Kb.
səhifə9/10
tarix15.05.2023
ölçüsü413,78 Kb.
#110459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ózbekistonning tashi iqtisodiy siyosati va xalqaro moliyaviy,iqtisodiy

3.2 O’zbekistonning tashqi savdo siyosati

Tashqi savdo siyosati –ichki bozorni himoyalashga, tashqi savdo hajmining o’sishini rag’batlantirishga, uning tuzilishini va tovar oqimlarining yo’nalishlarini maqbullashtirishga qaratilgan tadbirlar tizimi.7


O’zbekistonning tashqi savdo siyosatini himoya qilish va qo’llab- quvvatlashda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o’rni beqiyos. Jahonda tashqi savdo siyosati erkin, bojsiz savdo darajasi hamda proteksionizm, ya‟ni o’z bozorini importdan himoya qilish darajasi bilan ajralib turadi. Hozirgi tashqi savdo siyosati tashqi savdo almashuvining cheklovlari susaytirilgani, uning yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etishga intilish, ya‟ni savdoni liberallashtirish bilan ajralib turadi (savdoning erkinlashtirilishi Ikkinchi jahon urushi tugaganidan so’ng barcha mamlakatlarda kuzatilgan nihoyatda keskin iqtisodiy o’sishning asosiy sabablaridan biridir). Dunyo mamlakatlarining JSTga qo’shilish shartlari – uning hududida tovar va xizmatlar uchun erkin raqobat rejimini yaratish, ya‟ni boj tariflarini kamaytirish, mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilishda demping narxlar bo’yicha subsidiya berishdan voz kechish. Ushbu shartlar dunyo mamlakatlarining aksariyati uchun bajarilishi qiyin vazifadir. Shu sababli JST dunyo mamlakatlariga ishlab chiqarishni, ayniqsa, qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni subsidiyalashtirishni tartibga keltirish, statistik hisobotning aksildemping choralarini qo’llashni tavsiya etadi.
Umumiqtisodiy vazifalarga hamda JSTning talablariga muvofiq, dunyo mamlakatlarida tashqi iqtisodiy faoliyat tartibga solinmoqda, ya‟ni: tashqi savdo operatsiyalarining litsenziya bilan tartibga solinishi, boj-tarif tartibga solinishi va tashqi savdo shartnomalarining tender (tanlov) asosida tuzilishi. Dunyo mamlakatlarining ayrimlari kabi O’zbekistonda ham eksportni rag’batlantirishning JST talablariga va eksportni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tartibiga mos tizimi amal qilmoqda. Milliy eksportyorlarni bunday qo’llab-quvvatlash quyidagi moliyaviy imtiyozlar tizimini o’z ichiga oladi:
1) O’zbekiston tijorat banklari eksportga yo’naltirilgan tashkilotlarni aylanma mablag’ bilan ta‟minlashi uchun kredit resurslari xususida kafolat majburiyatlarini berishi;
2) eksport kreditlarining uzoq muddatli tijorat tavakkallaridan kafolatlangan sug’urtalanishi;
3) eksporterlarga eksport mukofotlari, milliy va xorijiy tashuvchilarning yuklarini tashish xizmatlarining qiymatidagi farqni to’lab berish tarzidagi to’g’ridan-to’g’ri dotatsiyalar;
4) eksport kreditlarini imtiyozli shartlar bilan berish va hokazo.
Davlat kadrlar tayyorlash, dunyo bozori konyunkturasini o’rganish, milliy eksporterlar va xorijdagi importerlar manfaatlarini himoya qilish xarajatlarining asosiy qismini o’z zimmasiga olmoqda, shuningdek ularning tashqi bozordagi faoliyati uchun zarur siyosiy sharoitlarni ta‟minlamoqda. O’zbekistonning eksportni rivojlantirish borasidagi tashqi savdo siyosati, respublikaning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokining samarali modelini shakllantirish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Uning asosiy yo’nalishlari nafaqat eksportni kengaytirishni, balki raqobatdagi ustunliklar va jahon konyunkturasidan maqbul tarzda foydalanish asosida uning barqaror yuqori hajmlarini qo’llabquvvatlashni nazarda tutadi. O’zbekiston eksportini, jumladan tashqi bozorlarga tayyor mahsulotni, avvalo fan yutuqlari va yuksak texnologiyalarga asoslangan mahsulotlarni keng miqyosda olib chiqish borasida diversifikatsiya qilish yo’lidan bormoqda. Shu bois davlatimiz rahbari Islom Karimov: «Bugungi kunda ko’plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o’rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so’zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatbardoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda, iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o’zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlantirishni ta‟minlash, faoliyat ko’rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobida amalga oshirilishi mumkin», – deb ta‟kidlagani bejiz emas.8
Eksportning miqdor bo’yicha cheklanishi ichki bozor bo’shab qolishining oldini olish va ushbu tovarning jahon bozorlarida haddan tashqari ko’payib ketishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida joriy etiladi. Mamlakatlar o’rtasida tovarlarning xavfsizligini tasdiqlovchi sertifikatlarni o’zaro tan olish haqidagi bitimlar ham amal qiladi. Iqtisodiy o’sishning yuqori sur‟atlari va makroiqtisodiy barqarorlik ta‟minlanishida tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish, xususan, mamlakatimiz eksport hajmini yanada oshirish va tarkibini yaxshilash muhim omil bo’ldi. Respublikamizning tashqi savdo aylanmasi 1990–2013-yillar davomida 31,7 marta, jumladan, eksport 33,9 marta, import qariyb 29 marta oshdi. Natijada tashqi savdoning ijobiy saldosi 56,6 marta ortdi. Birgina «2013-yilda eksport mahsulotlari hajmi 2010-yilga nisbatan qariyb 15,4 foizga ko’paydi va 15 milliard dollardan ko’proqni tashkil etdi. Bu 2000-yilga nisbatan 4,6 barobar ziyoddir. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 4 milliard 500 million dollardan oshdi»

XULOSA

Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, O’zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishganidan keyin rivojlanish yo’lini kuzatar ekanmiz O’zbekiston hukumatining bu borada olib brogan islohotlari o’z samarasini yaqqol ko’rsatdi. Hukumatning olib borgan siyosati, ayniqsa tashqi iqtisodiy faoliyati olib borgan ishlari tahsinga loyiqdir. Rivojlangan va MDH mamlakatlari bilan investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy hamkorlik yildan-yilga rivojlanmoqda. Bu albatta, mamlakatimizda yaratilayotgan qulay investitsion muhit, xorijiy korxonalar uchun yaratilayotgan shart-sharoit va imtiyozlarning mahsulidir. O`zbekiston o`z taraqqiyot yo`lidan dadil borar ekan, xorijiy davlatlar bilan, xususan, rivojlangan va MDH mamlakatlari bilan o`zaro teng manfaatli iqtisodiy aloqalarni rivojlantirib boradi. Bu albatta, respublikamiz iqtisodiyotining jadal rivojlanishida, O`zbekistonning rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy olishida muhim omil bo`lib xizmat qiladi. O`zbekiston Republikasi tashqi siyosatida rivojlangan va MDH mamlakatlarining o`rni haqida quyidagi fikrlarni bildirishimiz mumkin:


- Mustaqillik yillarida O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatini tartibga soluvchi huquqiy asoslar yaratildi.
- O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatini belgilab beruvchi huquqiy asoslarning yaratilishida xalqaro huquq normalariga rioya qilindi.
- O`zbekiston tashqi siyosat tamoyillariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlangan va MDH mamlakatlari bilan keng ko`lamli hamkorlikni yo`lga qo`ydi.
- O`zbekiston va MDH o`rtasidagi aloqalarning muhim jihati – iqtisodiy yo`nalishdagi hamkorlik hisoblanadi;
- O`zbekiston xalq xo`jaligini rivojlantirishda MDH davlatlari bilan hamkorlik bundan keyin ham muhim ahamiyat kasb etadi.
O`zbekiston va MDH mamlakatlari o`rtasidagi iqtisodiy aloqalar tahlil qilinganda quyidagi xulosalarga kelindi:
- Hamkorlikning ikkinchi davri (2000-2019-yillar)da iqtisodiy aloqalarning o`sishi kuzatildi.
- O`zbekiston rivojlanga va MDH mamlakatlar bilan neft-gaz sohasidagi hamkorlik istiqbolli yo`nalishlardan hisoblanadi. Bu borada rivojlanga va MDH mamlakatlarining investitsiyalarini jalb qilish borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish maqsadga muvofiq.
- O`zbekiston Respublikasining rivojlangan va MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalari tahlili shuni ko`rsatdiki, O’zbekiston-Xitoy Xalq Respublikasi, O’zbekiston-Janubiy Koreya, O`zbekiston-Rossiya o`rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, ayniqsa, mamlakatimiz sanoat korxonalarini texnik jihatda modernizarsiya qilish bo`yicha yangi loyihalarni amalga oshirish lozim;
Xullas, boshqa sohalar bilan bir qatorda, O`zbekistonda yuqori xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish va uning turlarini kengaytirish, birinchi navbatda to`qimachilik sanoati, elektromaishiy texnika, mashinasozlik va aviasozlik sohalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilishda o`zaro manfaatli iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish zarur.

Yüklə 413,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə