O‘zbekiston respublikasi tashqi siyosati Oʻzbekiston Birlashgan Qirollik munosabatlari 10



Yüklə 200 Kb.
səhifə1/7
tarix23.06.2023
ölçüsü200 Kb.
#118605
  1   2   3   4   5   6   7
buyuk britaniya va o\'zbekiston aloqalari

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Kirish

Оглавление


Kirish 2
1.1 O‘zbekiston respublikasi tashqi siyosati 4
1.2 Oʻzbekiston — Birlashgan Qirollik munosabatlari 10
2.1 O'zbekiston va Buyuk Britaniya o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash 19
Oʻzbekiston bilan Buyuk Britaniya oʻrtasida investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy sohalardagi hamkorlikning borishi koʻrib chiqilishi 21
2.2 O‘zbekistonning Yevropa ittifoqi davlatlari bilan savdo aloqalari 23
Xulosa 27



Kirish


Shu kunlarda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YETTB) navbatdagi yillik anjumani doirasidagi tadbirlarda minglab xalqaro delegatlar jam bo‘lishdi. Shu o‘rinda ko‘hna tarixga ega bo‘lgan va yosh mamlakat sifatida izchil rivojlanayotgan O‘zbekiston o‘z tarixida transformatsiya jarayonining muhim bosqichida turganini qayd etish joizdir.
Bugungi kunda sodir bo‘layotgan global o‘zgarishlar jarayoni shunday taʼsir ko‘rsatish salohiyatiga egaki, ularni XIX asrning sanoat inqilobi bilan taqqoslash mumkin. Dastlab «energetik o‘tish» deb nomlangan mazkur jarayon o‘zi anglatadigan tushuncha doirasida chiqib ketgan, unga «global barqaror investitsiyalar» atamasi ko‘proq mos keladi.
Bu jarayon xalqaro moliya bozorlarining qiyofasini tez o‘zgartirmoqda: taxminlarga ko‘ra, kelgusi ikki yil ichida 33 trillion dollar miqdoridagi investitsiyalar barqaror rivojlanish va ekologiya, ijtimoiy va boshqaruv (ESG) standartlariga yo‘naltiriladi.
Eʼtibor markazining bunday tez o‘zgarishi butun dunyodagi yirik moliya institutlari o‘z ustuvorliklarini yangi voqelikka muvofiq belgilashlari uchun juda ko‘p mehnat qilishi lozimligini anglatadi.
Bugungi O‘zbekiston ushbu yangi yo‘lning boshida turibdi. Davlat korxonalarini markazlashuvdan xalos qilish va xususiylashtirish dasturi tufayli mamlakat ushbu sohada o‘zining yangi milliy strategiyasini amalga oshirishi uchun barcha imkoniyatlarga ega. Aholi tarkibida yosh, bilimli odamlar ustunligini hisobga olsak, ular barqaror rivojlanish va ESG sohasiga investitsiyalarni jalb qilish uchun yetarli darajadagi malakaga ega ekanligi ayon bo‘ladi.
Shu nuqtai nazardan, Britaniyaning barqaror investitsiyalarni ilgari surish bo‘yicha o‘z tizimini ishlab chiqqan «Frontier ESG Advisory Ltd» kompaniyasi va xo‘jalik nizolarini hal qilish bo‘yicha markaz (Centre for Effective Dispute Resolution) o‘rtasidagi sheriklik ESG sohasiga yangi barqaror investitsiyalarni jalb qilish, muvofiqlashtirish va boshqarish orqali odamlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga eʼtiborni jalb qilishga daʼvat etilgan.
Hozirgi paytda O‘zbekiston hukumati tomonidan ESG sohasiga zamonaviy standartlarni joriy etish va barqaror rivojlanishga investitsiyalarni jalb qilish borasida olib borilayotgan siyosat xalqaro hamjamiyat tomonidan har qanday eʼtibor va qo‘llab-quvvatlanishga munosibdir. Biz o‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan bu sohadagi loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha muzokaralarni allaqachon boshlab yuborganmiz va bu yo‘nalishdagi saʼy-harakatlarimizni yana-da kuchaytirish niyatidamiz.


Yüklə 200 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə