O‘zbekiston respublikasi tashqi siyosati Oʻzbekiston Birlashgan Qirollik munosabatlari 10


Oʻzbekiston — Birlashgan Qirollik munosabatlari



Yüklə 200 Kb.
səhifə3/7
tarix23.06.2023
ölçüsü200 Kb.
#118605
1   2   3   4   5   6   7
buyuk britaniya va o\'zbekiston aloqalari

1.2 Oʻzbekiston — Birlashgan Qirollik munosabatlari




Buyuk BritaniyaBritaniya, (inglizchaGreat Britain) yoki Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi (inglizchaUnited Kingdom of Great Britain and Northern Ireland) — Shimoli-Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Buyuk Britaniya oroli (mamlakat hududining 90 %i shu orolda) va Irlandiya orolining shimoli-sharqiy qismida hamda ularga yondosh mayda orollar (Anglsi, Uayt, Normand, Orkney, Gebrid, Shetlend va boshqalar)da joylashgan. Gʻarbdan Atlantika okeani, sharqdan Shimoliy dengiz oʻrab turadi. Buyuk Britaniya mamlakat asosiy qismining nomi bilan koʻpincha Angliya deb ataladi. Maydoni 244,1 ming km2. Aholisi 68.081 million[1] kishi (2020-yil). Poytaxti — London shahri. Tarixan tarkib topgan va milliy jihatdan har xil boʻlgan 4 maʼmuriy siyosiy qism (Angliya, Uels, Shotlandiya va unga yondosh orollar, Shimoliy Irlandiya) dan iborat. Men va Normand orollari mustaqil maʼmuriy hudud hisoblanadiBuyuk Britaniya konstitutsion monarxiya. Davlat boshligʻi qirol (qirolicha). Mamlakatning konstitutsiyasi yoʻq. 1215-yilgi Ulugʻ Erkinliklar partiyasi, 1679-yilgi Xabeas korpus akti1931-yilgi Vestminster statuta, 1969-yilgi Xalq vakilligi toʻgʻrisidagi akt va boshqa eng muhim parlament hujjatlari hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirol (qirolicha) va parlament (u ikki palatadan iborat: Lordlar palatasi va Jamoalar palatasi), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat (vazirlar mahkamasi) amalga oshiradi. Bosh vazirni qirol (qirolicha) tayinlaydi. Hukumat aʼzolari parlament aʼzolaridan boʻlishi kerak. Buyuk Britaniya tarkibidagi Angliya, Uels va Shotlandiya oʻzining sud tizimiga, mahalliy boshqaruv organlariga ega. Shimoliy Irlandiya maʼmuriy muxtoriyat huquqiga ega boʻlib, uni qirol (qirolicha) tayinlagan gubernator boshqaradi. Buyuk Britaniya oʻtmishda Britaniya imperiyasi tarkibida boʻlgan mamlakat va hududlarni birlashtiruvchi Hamdoʻstlikka boshchilik qiladi. Hozirgi Birlashgan Qirollik hududida miloddan avvalgi 1-ming yillikda kelt qabilalari — brittlar yashagan. Mil.av. Britaniya orollarining katta qismini rimliklar bosib oldi. 5-asrning ikkinchi yarmida anglosakslar mamlakatning talay qismini bosib olib, ilk feodal qirolliklar (Kent, Uesseks, Susseks, Sharqiy Angliya, Nortumbriya, Mersiya) tuzishgan. 9-asr boshlarida anglosaks davlatlari birlashtirilib, „Angliya“ deb atala boshladi. Angliya 1016—42 yillarda normannlar (daniyaliklar) hukmronligida boʻlgan.
1066-yil Angliyani Normandiya gersogi Vilgelm I istilo qilgandan soʻng mamlakatda feodal yer egaligi paydo boʻlib, dehqonlarni tutqinlikka (krepostnoylikka) aylantirish avj oldi. 10—11-asrlarda hunarmandchilik va savdo-sotiq markazi tusini olgan shaharlar paydo boʻla boshladi. 12—13-asrlarda markazlashgan moliya va sud muassasalari yuzaga keldi. 1265-yil paydo boʻlgan Parlament bojlarni tasdiqlash va qonunlar joriy etish huquqini oldi;hokimi mutlaqlik tizimi (monarxiya) barpo boʻldi. Angliya bilan Fransiya oʻrtasida boʻlib oʻtgan Yuz yillik urush (1337—1453) oqibatida soliqlarning koʻpayishi va 1348—49 yillardagi vabodan soʻng aholi ahvolining ogʻirlashishi Uot Tayler (1381) boshchiligidagi dehqonlar qoʻzgʻoloniga sabab boʻldi. Qoʻzgʻolon magʻlubiyatga uchragan boʻlsada, dehqonlarning barshchinadan qutulishiga turtki boʻldi. 15-asrda Angliyada dehqonlarning tutqunligi batamom yoʻqotildi, tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi mayda va oʻrta hol dvoryanlarning tabaqalanishiga sabab boʻldi. Kapitalistik munosabatlar shakllanayotgan paytda tyudorlar sulolasining cheklanmagan hokimiyati (1485—1603) qaror topdi. Movut sanoatining rivojlanishi, junga talabning koʻpayishi tufayli ekinzorlar chorva yaylovlariga aylanib ketdi, natijada dehqon xoʻjaliklari xonavayron boʻldi. 16-asrning 30-yillarida boshlangan reformatsiya harakati natijasida papa hukmronligiga chek qoʻyilib, cherkovga qarashli yerlar burjualashgan yangi dvoryanlarga boʻlib berildi. 16-asr 2-yarmi — 17-asr boshlarida Angliya hukumati mustamlakachilik siyosatini yurita boshladi (Irlandiyada xususiy yerlar musodara qilindi, Shimoliy Amerikada esa dastlabki ingliz mustamlakalari paydo boʻldi), qullar bozori va portlar kuchaytirildi. Dengizda hukmronlik uchun kurashda Angliya gʻolib chiqdi. 16-asr oxiridan boshlab absolyutizmga asoslangan tuzum inqirozga yuz tutdi, styuartlar (Yakov I, 1603—25; Karl I, 1625—49) ichki va tashqi siyosatining burjuaziya manfaatlariga zid kelib qolishi absolyutizmga qarshi burjua muxolifatini keltirib chiqardi. Bu ziddiyatlar 17-asrdagi ingliz burjua inqilobiga olib keldi. Inqilobda gʻalaba qozongan burjuaziya va yangi dvoryanlar qishloq xoʻjaligi hamda sanoatda kapitalistik taraqqiyotga toʻsiq boʻlib turgan gʻovlarni yoʻqotdi, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga yoʻl ochdi. 17-asr oxirida Birlashgan Qirollikda yer va moliya aristokratiyasining siyosiy ittifoqi paydo boʻldi. 18-asr oʻrtalariga kelib manufaktura bosqichidan ishxona tizimiga oʻtish uchun sharoit yaratildi. 18-asrning 2-yarmida Birlashgan Qirollik hukmron doiralari siyosiy jihatdan ajralib, hokim sinflarning 2 partiyasi — tori bilan vigi shakllandi. 19-asr oʻrtalarida shu partiyalar asosida konservatorlar va liberallar partiyasi tashkil topdi.
17—18-asrlarda Birlashgan Qirollik Hindiston, Shimoliy Amerikada yangi yerlar zabt etdi. Fransiyadan Kanadani tortib oldi. Shimoliy Amerikadagi mustaqillik uchun boʻlgan urush (1775—83) natijasida Shimoliy Amerika mustamlakalari mustaqillikka erishdi va mustaqil AQSH davlati tashkil topdi. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida Birlashgan Qirollik inqilobga qarshi koalitsiyaning, keyinchalik Napoleon Fransiyasiga qarshi ittifoqning asosiy tashkilotchisi boʻldi. Fransiyaning magʻlubiyatidan Birlashgan Qirollik burjuaziyasi oʻz savdo-sanoati va mustamlakachilik hukmronligini mustahkamlashda foydalandi. Vena kongressi (1814—15) qarorlariga muvofiq, Malta, Seylon o.lari, Janubiy Afrikadagi Kap mustamlakasi va boshqa hududlar Birlashgan Qirollikga oʻtdi. Mustamlaka xalqparini talash hamda dehqonlarni yer mulkidan mahrum qilish evaziga sarmoya jamgʻarilib, sanoatda toʻntarish yasashga zamin tayyorlandi.
19-asrning 30-yillarida ishlab chiqarishning fabika tizimi qaror topdi. 30—40-yillarda siyosiy jihatdan shakllangan ishchilar harakati — chartizm keng avj oldi. Birlashgan Qirollik hukumatining tashqi siyosati ingliz burjuaziyasining savdo-sanoat sohasidagi ustunligini mustahkamlash, mustamlakalarni koʻpaytirishga qaratildi. Birlashgan Qirollik Yangi Zelandiya, Birma, Janubiy Amerikadagi poyonsiz hududlarni bosib oldi, 19-asrning birinchi yarmiga kelib, Hindistonni zabt etishni tugalladi, Xitoy (184042, 185660) hamda Afgʻonistonga qarshi (1838—42, 1878—80) bosqinchilik urushlari olib bordi, Hindiston (1857—60), Irlandiya (1848—67 va boshqalar), Yamayka o.dagi (1832) milliy ozodlik qoʻzgʻolonlarini shafqatsizlik bilan bostirdi. Xitoydagi Taypin qoʻzgʻolonini (1851—64) bostirishda ishtirok etdi. Qrim urushi tashabbuskorlaridan biri boʻldi. 1878-yil Kipr o.ni, 1882-yil Misr, 1898-yil Sharqiy Sudanni, 1899—1902-yillarda Janubiy Afrikadagi bir qancha hududlarni zabt etdi.
20-asr boshlariga kelib Birlashgan Qirollik iqgisodiy jihatdan AQSH va Olmoniyadan orqada qola boshladi. Birlashgan Qirollik bilan Olmoniya oʻrtasidagi ziddiyat Birinchi jahon urushini keltirib chiqardi. Urush oqibatida gʻolib mamlakatlar qatori Olmoniyaning Osiyo va Afrikadagi mustamlakalarini tortib olish hisobiga oʻz mustamlakalarini kengaytirishga erishdi. 20-yillarda Birlashgan Qirollik Xitoyga qarshi intervensiya uyushtirishda qatnashdi. 1929—1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi Birlashgan Qirollik iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi. 1938-yil Birlashgan Qirollik hukumati Myunxen shartnomasiga qoʻshilib, Ikkinchi jahon urushining boshlanishiga yoʻl ochdi. 1939-yil 3-sentabrda Birlashgan Qirollik Olmoniyaga urush eʼlon qildi. Urush Birlashgan Qirollikning iqtisodiy va siyosiy mavqeini ancha pasaytirdi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng Birlashgan Qirollik mustamlakachilik imperiyasi tushkunlikka yuz tutdi. 1970-yillarning oʻrtalarida Birlashgan Qirollikning deyarli barcha mustamlakalari mustaqillikka erishdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Birlashgan Qirollik hukumatini navbatmanavbat leyboristlar (1945—51, 1964—70, 1974—1979) va konservatorlar (195164, 197074 va 1979-yildan) partiyasi boshqardi. Birlashgan Qirollik 1945 ydan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 18-fevralda oʻrnatgan. Milliy bayrami — Qirolicha tugʻilgan kun (iyun oyining ikkinchi yoki uchinchi shanbasi).
Asosiy siyosiy partiyalarn, kasaba uyushmalari. Leyboristlar partiyasi, 1900-yil tuzilgan; Konservatorlar partiyasi, 1867-yil tashkil topgan; Liberal demokratlar partiyasi, 1988-yilda asos solingan; Uels millatchi partiyasi, 1925-yilda tuzilgan; Shotlandiya milliy partiyasi, 1928-yilda tashkil etilgan; Britaniya Kommunistax partiyasi, 1988-yilda B.B. Kommunistik partiyasining sobiq aʼzolari tomonidan tuzilgan; Soʻl demokratlar partiyasi, 1920-yil tashkil etilgan.
Eng yirik kasaba uyushma birlashmasi — Britaniya tredyunionlar kongressi, 1868-yil tuzilgan; Shotlandiya tredyunionlar kongressi, 1897-yil tuzilgan; Tredyunionlar umumiy federatsiyasi, 1899-yil tuzilgan; Uels tredyunionlar kongressi, 1973-yil tashkil etilgan.
Xoʻjalngi. Birlashgan Qirollik — iktisodiy jihatdan rivojlangan yirik sanoatlashgan mamlakat. Yalpi ichki mahsulotning 21 % ni sanoat, 1,8 % ni qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi, 70,2 % ni xizmat koʻrsatish tarmogʻi beradi. 1 va 2-jahon urushlari orasida bir qancha sanoat tarmoqlari, xususan harbiy industriya bilan bogʻlangan kimyo, elektrotexnika va avtomobil sanoati bir kadar taraqqiy etdi. Ikkinchi jahon urushida Angliya iqtisodiyotiga katta putur yetdi: mamlakat milliy boyliklarining 1/4 qismi qoʻldan ketdi; sanoat ishlab chiqarish urushdan avvalgi darajadan 25 % kamaydi, chet ellardagi kapitalining qariyb 1/4 qismini qoʻldan boy berishga yoki sotishga majbur boʻddi. Iqtisodiyotning harbiy izga ʻtushirilishi koʻpdankoʻp behuda harajatlarni keltirib chiqardi. Jahon sanoat ishlab chiqarishida 1948-yilda Birlashgan Qirollik ulushi 11,9 % edi, 1968-yilda 7,4 % ga tushib qoldi.



Yüklə 200 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə