O‘zbekiston respublikasi tashqi siyosati Oʻzbekiston Birlashgan Qirollik munosabatlari 10


O'zbekiston va Buyuk Britaniya o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash



Yüklə 200 Kb.
səhifə5/7
tarix23.06.2023
ölçüsü200 Kb.
#118605
1   2   3   4   5   6   7
buyuk britaniya va o\'zbekiston aloqalari

2.1 O'zbekiston va Buyuk Britaniya o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash


Joriy yilning 11 oktabr kuni Bosh vazir o'rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining O'zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Timoti Torlot bilan uchrashuv o'tkazdi.


Suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlik doirasida erishilgan yutuqlar hamda investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy sohalardagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
O'zaro savdo hajmi izchil oshib borib, joriy yilning yanvar-avgust oylarida 30 foizga o'sgani qayd etildi. Bu ko'rsatkichga hamda Buyuk Britaniya bozoriga eksportni diversifikatsiya qilish va hajmini 50 foizdan ortiq oshirishga boshqa omillar qatorida, O'zbekistonning kengaytirilgan GSP sxemasining benefitsiar maqomini olishi hisobiga erishildi. O'zbek tovarlari va xizmatlari sifatini oshirish va ularni tashqi bozorlarda ilgari surish uchun Buyuk Britaniyaning ilg'or tajribasi asosida raqamli ekotizim konsepsiyasini tayyorlash hamda raqamli infratuzilmani rivojlantirish bo'yicha kelishuvga erishildi.
O'zbekistonda Britaniya kompaniyalarining qishloq xo'jaligi, farmatsevtika, to'qimachilik, shuningdek, IT sektori va yashil iqtisodiyot kabi sohalarda investitsiyaviy faolligini kengaytirish istiqbollari ko'rib chiqildi. Shu nuqtai nazardan, investitsiyaviy muhitni yaxshilash, loyihalarni amalga oshirish samaradorligini yuksaltirish va O'zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligi bo'yicha uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqishga doir qo'shma amaliy chora-tadbirlar ko'rishga o'zaro tayyorlik bildirildi.
Mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlari alohida tartibda muhokama qilindi. Savdo va investitsiyalar, transport va kommunikatsiyalar, energetika sohasida hamkorlikni rivojlantirish hamda Orolbo'yi mintaqasida ekologik inqirozning salbiy oqibatlarini yumshatish uchun C5+1 formatidagi muloqotni faollashtirish zarurligi ta'kidlandi.
2019-yilning 13-iyun kuni London shahrida O‘zbekiston-Buyuk Britaniya munosabatlari tarixida ilk bor tashqi siyosat idoralari o‘rtasida boshqarma boshliqlari darajasida O‘zbekiston-Buyuk Britaniya siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollari hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik bafurja muhokama qilindi.
Britaniya tomoni O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan yirik miqyosdagi ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yuqori baholadi hamda ularni yanada samaraliroq ishlashi uchun yordam berishni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.
Ta’kidlanganidek, turli darajalarda aloqalarni faollashtirish ayni paytda sezilarli natijalar bermoqda. Parlamentlararo muloqot mustahkamlanmoqda, vazirliklar, idoralar va biznes hamjamiyatlari o‘rtasida hamkorlik jadallashmoqda. Joriy yilning fevral oyida Toshkent shahrida Savdo va investitsiyalar bo‘yicha O‘zbekiston-Buyuk Britaniya kengashining 24-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir yakunlariga ko‘ra hamkorlikning turli sohalariga oid qator hujjatlar imzolandi.
Birlashgan Qirollik fuqarolari uchun O‘zbekiston tomonidan vizasiz rejim joriy qilingani mamnuniyat bilan qarshi olindi. Ushbu o‘zgarish natijasida 2018-yilda Buyuk Britaniyadan O‘zbekistonga keladigan sayyohlar oqimi 40% ga oshdi, ishbilarmonlik aloqalari va madaniy-gumanitar almashinuvlar kengaymoqda.
Uchrashuvda ta’lim sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish, jumladan mutaxassislarni o‘qitish, tayyorlash va qayta tayyorlash masalalarining zarurligi alohida qayd etildi.
Maslahatlashuvlar davomida ikki mamlakat o‘rtasida Sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risida bitim loyihasi muhokama qilindi hamda muhim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.
Maslahatlashuvlarning keyingi raundini O‘zbekistonda o‘tkazish rejalashtirildi.

Yüklə 200 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə