O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
9-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.06.2022
208
SHAXS EMOTSIONAL SOHASINING XUSUSIYATLARI
Yulchiboyeva Dilfuza Ergashevna –
Qo’qon davlat pedagogika instituti
Amaliy psixologiya kafedrasi o’qituvchisi
Annotatsiya:
Mazkur tezisda emotsiya, shaxs emotsional sohasining
xususiyatlarini
psixolog
olimlar
tomonidan
o’rganilganligi
yoritildi.
Kalit so’zlar:
emotsiya, his-kechinma
,
xulq-atvor, g’azab, qayg’u, qo’rquv, E.P.Ilyina,
K.Izard, U.Djems.
Inson xulq-atvorini boshqarishda emotsiyaning rolini baholash qiyin. Emotsiyani
o’rgangan
barcha olimlar, ularning motivatsiyaga undovchi kuch ekanligini, ularni
ehtiyojlar va ularning qondirilishi bilan bejizga bog’lashmaydi (Z. Freyd, V.K. Vilyupas,
B.I. Dodonov, K. Izard va boshqalar). Emotsiya
borasida tadqiqotlar olib
borilayotganligiga 100 yildan oshdi, emotsiyalar haqida tomlar yozilgan, juda ko’plab
murakkab eksperimentlar o’tkazilgan, lekin shunga qaramay XXI asrda
«emotsiyalarga aniq ilmiy tushuncha berib bo’lmaydi» kabi fikrlarni uchratish
mumkin.
«Emotsiya» termini lotin tilidan olingan bo’lib, emoveo - hayajonlantiraman,
xavotirga solaman, degan ma’noni anglatadi. Evolyutsiya jarayonida emotsiyalar tirik
jonzotlarga organizm holatining biologik va tashqi ta’sirning
ahamiyatini belgilashga
imkon yaratadigan vosita sifatida paydo bo’lgan.
Olimlar emotsiyaga turli xil tushunchalar berishgan, fiziolog P.V.Simonovning
fikriga ko’ra,ularning ko’pchiligi abstraktdir. Buni boshqa psixologlar ham
ta’kidlaydilar, B.I.Dodonov, « odatda
emotsiyalar deb ataladigan, psixik hodisalarni
anglatadigan terminlar, qat’iy bitta ma’noni anglatmaydi, va psixologlar orasida «nima
nima degani »» mavzusida diskussiyalar davom etyapti,-deydi. Muallifning o’zi
«emotsiya» tushunchasini keng ma’noda, hissiyotlarni ham qo’shib ishlatgan.
U.
Djemsning fikricha, «emotsiya his etishga bo’lgan intilish» bilan bir vaqtning
o’zida, «qalbning ichki holati bo’lib, emotsiyalarni ta’riflashga til ojiz… Biz faqatgina
ularning ob’yektlarga bo’lgan munosabati va reaksiyalarini ta’riflay olamiz ».
P.K. Anoxin, emotsiyalarni belgilab, shunday deb yozadi: « Emotsiyalar – yorqin
namoyon bo’ladigan sub’yektiv ko’rinishga ega bo’lgan
va inson his qilishning,
xavotirlanishining barcha turini egallab olgan – chuqur jarohat qoldiradigan
azoblardan xursandchilikning yuqori shakllarini va ijtimoiy talqinda hayotni his
qilishni o’z ichiga oladi».
S.L. Rubinshteyn
emotsiyaning mohiyatini, ob’yektning tarkibini aks ettiradigan
idrokdan farqli o’laroq, emotsiyalar sub’yektning holati va uning ob’yektga bo’lgan
munosabatini aks ettirishi bilan tushuntiradi.