O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
9-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.06.2022
210
bo’ladi, lekin u uning yagona tarkibi emas. Oddiy emotsional jarayonlar organik,
harakatli va sekretor (tug’ma reaksiyalarda) o’zgarishlarda ham namoyon bo’ladi.
E.P. Ilyin emotsiyalarni aniqlashdagi kamchiliklarning sababi ularni faqatgina
ehtiyojlar bog’lash ekanligini ta’kidlaydi.
Misol uchun, V.Kvin (2000) emotsiyalarga
quyidagicha ta’rif beradi: «Emotsiya – insonning o’z ehtiyojlariga, ularning
qondirilishiga yoki qondirilmasligiga bo’lgan munosabat». Asosiy o’rinlardan
birini
P.V.Simonov egallaydi: ehtiyoj yo’q, emotsiya ham yo’q. E.P.Ilyin emotsiyalarni
«chegaralangan» ta’rifiga qarshi chiqqan holda, qo’rquvni misol tariqasida keltiradi – u
manfiy emotsiya hisoblanib, qo’rquvga bo’lgan ehtiyojda yoki o’z-o’zini himoya qilish,
yashash uchun kurash ehtiyojini qondirishga javoban paydo bo’lmaydi, - deydi. U
tezkor shartsiz reflektor genetik programmalashtirilgan emotsional reaksiya bo’lib,
«xavfli stimulning» kutilmagan tarzda paydo bo’lishida xulq-atvorning namoyon
bo’lishiga yo’naltiriladi.
«Bu yerda qo’zg’atuvchining ongli bahosi yo’q, unga nisbatan javob reaksiyasiga
bo’lgan ehtiyoj shakllanishga ulgurmaydi»
K.Izard birinchilar qatorida emotsiyalarning sezgir va funksional tomonlarini
aniqlaydi: «Emotsiya, hissiyot (feeling) kabi boshdan kechiriladi, u motivatsiya beradi,
tashkillashtitradi va idrokni, tafakkurni, harakatlarni yo’naltiradi»
E.L. Ilyin, emotsiyalarning ta’rifiga tegishli bo’lgan fikrlarga xulosa yasagan holda
o’z fikrini bildiradi: « men emotsiyani reflektor psixonegativ
reaksiya sifatida qabul
qilaman, u vaziyatlarga (his-kechinmalar ko’rinishida), uning natijasiga ( hodisa)
nisbatan munosabat bildirish va ushbu vaziyatda o’zini qanday tutish bilan bog’liq deb
bilaman». Ushbu ta’rifda e’tibor vaziyatda insonni qanday tutishiga qaratiladi – chunki
emotsiyalar hayvonlar evolyutsiyasi davrida ularni boshdan kechirish uchun emas,
balki xulq-atvorni tashkillashtirishga yordam berish uchun paydo bo’lgan. «His-
hayajon – reaksiya bildirishning maqsadi emas, shunchaki ongda ehtiyoj sezilgan
vaziyatni spetsifik tarzda aks ettirish usulidir»
Emotsional his-kechinmalarning xulq-atvorga nisbatan ikkilamchi ta’sirini
Dj.S.Mill o’rgangan, uning fikriga ko’ra, rohatlanish, baxt emotsiyasini his qilish uchun
ushbu his tuyg’ularni uyg’otadigan maqsadlarga erishishga harakat qilish kerak.
Emotsiyalarni tushunishning qiyin jihati quyidagilardan iborat: mualliflar ushbu
tushunchaga ta’rif berib, bir ularni emotsiya reaksiyalarning
barcha sinfiga
aloqadorligini aytishadi (emotsional tonga, kayfiyatga, affektga), bir faqatgina bitta
sinfga mansubligini ta’kidlab, emotsional hodisalar sinfidan ajratib alohida
“emotsiyalar” deb atashadi. Ya.Reykovskiy barcha emotsional
hodislarni alohida
emotsiyalarga ajratib chiqadi : hayajonlanish, affekt va his. A.L.Leontev (1971) – affekt
va ehtiros, emotsiya va hislarga ajratadi. Emotsiyalar haqida yana ko’plab fikrlar
bildirilib, ularning murakkabligi haqida ta’kidlar ham kam emas – ijobiy ((
xursandchilik, zavq va boshqalar) va salbiy (g’azab, qayg’u, qo’rquv va boshqalar), shu
bilan birga ularni oddiy emotsiyalarga – emotsional hislar toniga qarshi qilib qo’yadi.
Ko’plab mualliflarning fikriga ko’ra emotsiyalar uchun quyidagi xususiyatlar xos: