O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
9-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.06.2022
213
harakatlar moslashish mexanizmlaridan biri sifatida paydo bo’lgan, bu o’z navbatida
inson va hayvonlarning emotsiyalarini namoyon qilishining
filoginetik umumiyligi
bilan isbotlanadi. Insonning barcha ekspressiv xulq-atvori ma’lum bir darajada
o’rganish jarayoniga bog’liq, u o’z navbatida ijtimoiy normalarga qaratilgan bo’ladi.
Shunda ham ekspressiyaning u yoki bu emotsiyaga aloqasi bo’lmagan shakllari paydo
bo’lishi mumkin. Bir madaniyatga tegishli bo’lgan insonlarning ekspressiv xulq-atvor
shakllari deyarli bir xil. Ekspressiyaning universal shakllari ham mavjud, ular turli xil
madaniyat insonlari
tomonidan ham tushuniladi, shu bilan bir qatorda faqatgina bir
madaniyat miqyosida tushuniladigan ekspressiya turlari ham bo’ladi. Misol uchun, ko’z
yoshi qayg’u yoki g’amning
universal belgisi hisoblanadi, biroq ushbu reaksiyaning
shaklini ( qachon, qay tarzda va qancha muddat davomida yig’lash kerak bo’lsa)
madaniyat normasi belgilaydi. Ekspressiya shaxslararo
munosabatlar xarakteriga
katta ta’sir ko’rsatadi. Ekspressiyaning haddan ziyod ortiqligi yoki yetishmasligi,
ma’lum vaziyatlarda noadekvatligi insonlar bilan o’zaro
munosabatlarda konfliktli
vaziyatlarning manbai sifatida xizmat qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: