|
O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 9- son ilmiy tadqiqotlar jurnaliYulchiboyeva Dilfuza Ergashevna –O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
9-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.06.2022
209
Emotsiya mualliflarining ko’pchili aynan his-kechinmalar bilan bog’lanadilar.
M.S.Lebedinskiy va V.N.Myasshev emotsiyalar haqida quyidagicha fikr bildirishadi:
«Emotsiyalar – psixik jarayonlarning muhim tomonlaridan biri, u inson hayotidagi real
his-kechinmalari bilan xarakterlanadi. Emotsiyalar inson organizmi va psixikaning
barcha tomonlarini aks ettiradigan, nerv-psixik faoliyatini tonusining o’zgarishini
integral ravishda namoyon qiladi». G.A.Fortunatov (1976) emotsiyaga his-
kechinmalarning faqat aniq ( konkret) shakllari(formasi) kiradi deydi. P.А. Rudik
(1976), emotsiyalarga ta’rif berayotganida,his kechinmalar va munosabatlarni bir-
biriga bog’laydi: «Emotsiya deb, his-kechinmalarni, insonlarni atrof-muhitning u yoki
bu hodisalariga nisbatan munosabatini o’z ichiga oladigan psixik jarayonlarga aytiladi,
- deydi». R.S. Nemov bo’ycha, emotsiyalar - bu « inson organizmining umumiy holati
ta’sirida va aktual ehtiyojlarning qondirish oqibatida kelib chiqadigan elementar his-
kechinmalardir» (1994). Psixologlar tomonidan emotsiyalarni aniqlaydigan turli
xildagi so’zlarning ishlatilishiga qaramasdan, ularning mohiyati bir so’zda – his-
kechinma, yoki munosabatlardan borasida qayg’urish bilan ifodalanadi.
Shunday tarzda, odatda barcha emotsiyalar insonning ayni vaqtda nimadirga yoki
kimdirga nisbtan munosabatida his-kechinmalarni boshdan kechirishi bilan
belgilanadi(ayni vaqtdagi yoki kelajakdagi vaziyatda, boshqa insonlarga, o’ziga va
boshqalarga nisbatan.). Biroq L.М. Vekker (2000) ning fikriga ko’ra, emotsiyalar - bu
ekspressiv vositalar orqali namoyon bo’ladigan, sub’yektiv munosabatlardir. Shunda
sub’yektiv munosabatlar, emotsiyalar va ekspressiyalar o’rtasidagi munosabatlar
quyidagicha ko’rinishga ega bo’ladi:
Dostları ilə paylaş: |
|
|