O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 9- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 71,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix24.12.2023
ölçüsü71,5 Kb.
#160600
1   2   3   4   5   6   7
Yulchiboyeva Dilfuza Ergashevna –

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
9-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.06.2022
211 
1) intensivlik (jadallikning) yorqin namoyon bo’lishi; 
2) chegaralangan davomiylik (emotsiyaning davomiyligi bevosita harakatning 
sababi yoki u haqida eslash vaqti bilan chegaralanadi); 
3) uning paydo bo’lish sababini yaxshi anglash; 
4) aniq ob’yekt, vaziyat bilan bog’liqligi; emotsiya kayfiyatga xos bo’lgan diffuzlik 
xususiyatiga; 
5) qarama-qarshilik. 
E.L.Ilyinning fikriga ko’ra, yuqorida keltirilgan barcha belgilar hissiyotlar 
emotsional toni uchun ham xos bo’lishi mumkin. U faqatgina emotsiyalar uchun xos 
bo’lgan belgilarni ajratib chiqishni taklif qiladi: 
1) emotsiyalar – alohida qo’zg’atuvchiga emas, vaziyatga nisbatan javob 
reaksiyasidir; inson qo’zg’atuvchining o’ziga emas, ushbu qo’zg’atuvchi orqali yaralgan 
vaziyatni baholaydi, va ushbu vaziyatga nisbatan paydo bo’ladigan emotsiyalarga 
nisbatan reaksiya bildiradi; 
2) emotsiyalar – odatda vaziyatga nisbatan vaqtinchalik reaksiya va unga bo’lgan 
bahodir, shunday tarzda emotsiyalar u yoki bu vaziyatning ahamiyatlilik darajasini 
aniqlaydigan mexanizm sifatida keladi; 
3) emotsiyalar – turli xildagi vaziyatlarning differensiyalashgan bahosi ( 
umumlashgan tipdagi baho beradigan «yoqyapti - yoqmayapti» emotsional topdan 
farq qiladi); 
4) emotsiyalar – bu nafaqat kutilayotgan vaziyatni baholash usuli, balki unga 
vaqtidan oldin va psixik-fizik energiyani mobilizatsiyash hisobiga adekvat tayyorgarlik 
ko’rishdir; 
5) emotsiyalar - emotsional ton kabi – ijobiy va salbiy tajribani mustahkamlash 
mexanizmidir. 
Emotsional hodisalarning funksiyalari ilmiy psixologiyaga asos solingan davrning 
boshidanoq tadqiqot predmetiga aylangan. Djon Dyui emotsiyaning ma’nosini 
adaptatsiya doirasida o’rgangan. Uning fikriga ko’ra, emotsiyaning spetsifik funksiyasi 
ichki signalizatsiyadir, u organizmni o’zini-o’zi boshqarishi bilan bir qatorda unga 
ta’sir ko’rsatayotgan ob’yektning ahamiyatlilik darajasini aniqlaydi. Dyui ketidan 
emotsiyalar borasida E.Klaiared, U.Pilzbari, D.Rapaport, R.Shefer va boshqalar o’z 
fikrlarini bildirishgan. V.Vilyunasning fikriga ko’ra, emotsional hodisalarning umumiy 
qabul qilingan funksiyalaridan biri baholash funksiyasidir, G.Breslav « psixologik 
adabiyotlarda keltirilgan emotsiyalarning barcha funksiyalar ( va disfunksiyalari ) o’z-
o’zini boshqarish va boshqa insonlarning xulq-atvorini boshqarishning turli-xil 
jihatlari bilan bog’liqligini » ta’kidlaydi. Shunda o’z-o’zini boshqarish o’z ichiga 
quyidagi jarayonlarni oladi: 
1)
individning tafakkur tarkibi uchun aktual reprezentatsiya va shu tarkibga 
mos keladigan organizmning ma’lum bir harakatlari mobilizatsiyasi;
2)
hayot faoliyatining qabul qilingan yoki sub’yektiv foydali jihatlarining 
internalizatsiyasi.



Yüklə 71,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə