Reja: Fanning maqsadi va uning vazifalari



Yüklə 48,5 Kb.
səhifə1/3
tarix19.12.2023
ölçüsü48,5 Kb.
#150354
  1   2   3
Atrof-muxitni muxofaza qilishning umumiy muammolari. Chiqindilarning atrof muhitga va inson organizmiga ta`siri


Atrof-muxitni muxofaza qilishning umumiy muammolari. Chiqindilarning atrof muhitga va inson organizmiga ta`siri

Reja:
1. Fanning maqsadi va uning vazifalari


2.Atrof-muxit muxofazasi bo`yicha O`zbekiston Respublikasi qonunlari va qarorlari
3. Sanoatning turli tarmoqlarini zararli chiqindilar o`chog`i sifatida taxlili
4. Inson hayotida mashinalarning yaratilishi.
5. Atrof-muhitni zararlash vositalari.
6. Havoni zararlanish muammolari.
7. Ekologik vaziyatni muammolari.

Bizni o`rab turgan muxit deganda, inson tomonidan yaratilgan «toza» tabiat va muxit yig`indisi - qayta ishlangan maydonlar, sunoiy bog`lar va xiyobonlar, suv bilan ta`minlangan cho`llar, alohida issiqlik rejimiga, mikroklimatga, turli organik va noorganik moddalarning yuqori darajada aylanishiga va boshqalarga ega bo`lgan yirik shaharlar tushuniladi.


Ilmiy-texnika taraqqiyoti va ular bilan bog`liq bo`lgan insonning sanoatdagi ulkan ishlari dunyoda katta o`zgarishlar bo`lishiga, ya`ni yuqori darajadagi sanoat va qishloq ho`jaligi potentsiali, barcha ko`rinishdagi transportlarning keng rivojlanishi, katta er maydonlarini o`zlashtirishga, sunoiy klimat sistemasini yaratishga va boshqa muvaffaqiyatlarga olib keldi. Shuning bilan bir qatorda atrof-muhit holati birdaniga yomonlashadi. Atmosfera, suv xavzalari va er qatlamlarini qattiq, suyuq va gaz ko`rinishidagi chiqindilar bilan ifloslanishi qo`rqinchli darajaga etib kelmoqda, qayta ishlanmaydigan tabiiy resurslar – birinchi o`rinda foydali qazilmalar va tiniq suv miqdori kamayib bormoqda. Atrof-muxitni yanada yomonlashishi odamzod uchun O`ta yomon natijalarga olib kelishi mumkin. Shunga ko`ra, atrof-muxit muxofazasi xozirgi kundagi eng asosiy muammolardan biri bO`lib kelmoqda.
Bu muammo sO`nggi yillarda yanada keskinlashdi. Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachon milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning muammosiga aylangan.
Xozir, XXI-asr bO`sag`asida, fan-texnika taraqqiyoti jadal suroatlar bilan rivojlanib bormoqda. Bunday sharoitda inson tomonidan biosferaga ko`rsatilayotgan ta`sirni tartibga solish, ijtimoyi taraqqiyot bilan tabiiy muxitni saqlab qolishning o`zaro munosabatlarida muvozanatga erishish muammolari borgan sari dolzarb bo`lmoqda.
Havo bo`shlig`ining ifloslanishi ham Respublikada ekologik xavfsizlikka solinayotgan taxdiddir.
Mutaxassislarning ma`lumotlariga qaraganda, har yili respublikaning atmosfera havosiga 4 mln. tonnaga yakin zararli moddalar qo`shilmoqda.
Shularning yarmi uglerod oksidiga to`g`ri keladi, 15% ni uglevodorod chiqindilari, 4% ini oltingugurt qO`sh oksidi, 9% ini azot oksidi, 8% ini qattiq moddalar tashkil etadi va 4% ga yaqini uziga xos O`tkir zaxarli moddalarga tO`g`ri keladi.
Yuqorida sanab o`tilgan muammolarni echish, atrof-muxitni zararlanishini oldini olish va shu kabi masalalarni taxlil qilish ushbu fan oqimning asosiy vazifasidir. «Atrof-muxitni muxofazalovchi texnikalar» fani zararli chiqindilar, ularning ko`rinishlari, ximiyaviy tarkibi, fizik-ximiyaviy xossalari va zararli chiqindilarni ushlab qolish jarayonlari, kerakli qurilma va jihozlar qatori, ularning taxlili kabi masalalarni o`z ichiga oladi.

Yüklə 48,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə