Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi fargʻona davlat universiteti



Yüklə 17,32 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü17,32 Kb.
#148099
annatatsiya Valixanov


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARGʻONA DAVLAT UNIVERSITETI



Fakultet: matematika-informatika
Magistratura talabasi:
R.M.Valixanov




Ilmiy rahbar: fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. A.A.Mirzaqulov
Oʻquv yili 2021-2023

Kafedra: Amaliy matematika va informatika




Mutaxassisligi: amaliy matematika (sohalar boʻyicha)

MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI


Mavzusining dolzarbligi. Mashinali oʻqitishga kirish” fanida qoʻllaniladigan matematik modellar va ularni oʻqitish metodikasi boʻyicha bir nechta adabiyotlar, nazariy ishlanmalar, maqolalar, chop etilgan boʻlib, ularni amaliyotda qo`llash bo`yicha tadqiqlar mavjudligi sababli dissertatsiya mavzusi dolzarb hisoblanadi. Mashinali oʻqitishga kirish” fanida qoʻllaniladigan matematik modellar va ularni oʻqitish metodikasi hozirgi paytgacha oʻrganilib kelinmoqda. Mashinali oʻqitish boʻyicha matematik modellashtirish muhim rol o`ynaydi. Matematik modellar tajribalar o`tkazishga imkon beradi. Hozirgi kunda mashinali oʻqitish boʻyicha juda ko`p matematik modellar mavjud. O`zbekistonda ham keyingi yillarda ushbu yoʻnalish boʻyicha ishlar olib borilmoqda, ayniqsa fan sifatida kirib kelganligini inobatga oladigan boʻlsak oliy ta’lim muassasalarida Axborot ta’lim texnologiyalari sohasida kasb ta’limi mutaxassiliklari uchun mutaxassislik fani sifatida oʻqitilmoqda. Ushbu yoʻnalishda ilmiy ish olib borish katta amaliy ahamiyatga ega hamda dasturiy loyihalarni amalga oshirish talab etiladi.
Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Ushbu magistrlik dissertatsiyasining maqsad va vazifalari mashinali oʻqitish boʻyicha bir qator matematik modellarni o‘rganish va amaliyotda qoʻllashdan iborat.
Tadqiqot ob’ekti va predmetining belgilanishi: mashinali oʻqitish sistemasi lingvistik ma’lumotlarini qayta ishlashni oʻz ichiga olgan juda keng sohadir. Terminologiyaning noaniqligi AI (artificial intelligence-sun'iy intellekt) bilan bogʻliq koʻplab sohalarda mashinali oʻqitish tobora koʻproq qoʻllanilayotganligini koʻrsatadi. tatqiqotda mashinali oʻqitish boʻyicha modellarni amaliy axamiyatini koʻrsatish asosiy ish sifatida belgilanadi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Dissertatsiya ishida olingan natijalarning barchasi tajribalar asosida olingan dasturiy ilovalar yaratilgan.
Tadqiqotda qo`llanilgan usulning qisqacha tavsifi. Ushbu magistrlik ishida bir qator mashinali oʻqitish metodlaridan foydalangan holda natijalar olingan.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: olib borilgan izlanishda mashinali oʻqitish modellari oʻrganilib nazariy jihatdan boyitildi hamda python dasturlash tilida tuzilgan dasturiy ilovalar amaliyotda qoʻllashga tavsiya etildi.
Ishning tuzilishi va tarkibi: Magistrlik dissertatasiyasi kirish qismi, uchta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat boʻlib, 83 betni tashkil qiladi.
Bajarilgan ishning asosiy natijalari: Dissertatsiyada tajriba-sinov natijasida matematik modellar tuzildi va dasturiy ta’minot yordamida dasturlar tuzildi. Olingan natijalar tadqiq etildi.
Xulosa va takliflarning qisqacha umumlashtirilgan ifodasi: Insonlar ko‘pdan beri hisoblash mashinalarini inson kabi fikr yuritishga va o‘zini tutishga intilishadi hamda shu bilan ularni kompyuterlarga xos bo‘lmagan vazifalarni hal qilishga, masalan, shaxmat o‘ynashga, she’r yozishga, musiqa yozishga o‘rgatishadi. Mashinali o‘qitish va neyron to‘rli texnologiyalar ishlab chiqarishning turli sohalarida tobora keng foydalanilmoqda, shuni e’tiborga olib bu texnologiyalarning rivojlanishiga korxona va tashkilotlar tobora ko‘proq mablag‘ ajratmoqdalar. Ma’lumotlarning hajmi va murakkabligi ortib borishi bilan ularni sun’iy intellekt yordamida qayta ishlash va tahlil qilish zarurati ortib boradi. Chunki, sun’iy intellekt yordamida aniqligi yuqori bo‘lgan baholash va bashorat qilish ishlarini amalga oshirish mumkin. Shu bilan birga axborotlarni qayta ishlash samaradorligi sezilarli darajada oshadi va xarajatlarni kamayishiga olib keladi. Mashinali oʻqitish faniga kirish mavzusidagi ushbu magistrlik dissertatsiyasi matematik modellar yordamida oʻrganildi va natijalar olindi. Dissertatsiyada ishidagi natijalarni fan boʻyicha oʻtiladigan mavzularda qoʻllash maqsadga muvofiq.

Ilmiy rahbar: A.A.Mirzaqulov


Magistratura talabasi: R.M.Valixanov
Yüklə 17,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə