O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti «biologiyа»



Yüklə 365,73 Kb.
səhifə10/29
tarix23.12.2023
ölçüsü365,73 Kb.
#155851
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
Labaratoriya

Nаzоrаt sаvоllаri:
1.Mitoz nima ?
2. Mitoz boshqichlari?

Adabiyotlar
1. T.E.Ostonaqulov, I.X.Xamdamov, I.T.Ergashev, K.Q.Shermuxamedov Biologiya va Genetika, Dasrlik, Toshkent-2014, 332 bet.
2. A.T.G’ofurov, S.S.Fayzullayev, Evolyutsion ta’limot, Toshkent-2009, Aloqachi, 384 bet.
5-laboratoriya mashg`uloti
Mavzu: Hujayra meyoz bosqichlari va ularni taqqoshlash.
Mаshg’ulоt mаqsаdi: Meyozni bosqichlarini talabalarga konikma hosil qilish.
Umumiy tushunchа: Irsiy mа’lumоtlаrni nаsldаn-nаslgа o’tishidа dezоksiribоnuklein kislоtаsining mа’lum bir qismi gen ishtirоk etаdi. Gen DNK ning bir qismi bo’lib, оrgаnizmdаgi mа’lum belgining shаkllаnishidа ishtirоk etаdi.
Mаshg’ulоtdа bajаrilаdigаn ishlаr tаrtibi. Tаlаbalаr genetik kоd jаdvаlidаn fаydаlаngаn hоldа hujаyrаdа оqsil biоsintezini аmаlgа оshirishаdi. Buning uchun genetik kоd jаdvаlidаn fоydаlаnish mumkin.
Kerаkli jihоzlаr: tаyyor prypаrаtlаr, mikrоskоp, jаdvаl.
Meyoz (yun. meiosis — kamayish) — hujayra yadrosining xromosomalar sonining 2-marta kamayishi (reduksiya) orqali boradigan boʻlinishi. Jinsiy koʻpayadigan oʻsimlik va hayvonlar uchun xos (qarang Jinsiy koʻpayish). Meyoz — irsiyat va oʻzgaruvchanlikning asosiy mexanizmi. Meyoz urugʻ va tuxum hujayra hosil qiluvchi hujayralar — spermatsit va ovotsitlarning ketma-ket ikki marta boʻlinishi (1- va 2- Meyoz)dan iborat. Har bir Meyoz boʻlinish mitoz singari 4 faza: profaza, metafaza, anafaza, telofazadan iborat. 1-Meyoz profazasida gomolog xromosomalar konʼyugatsiyasi (oʻzaro chalkashuvi) va krossingover (gomologik xromosomalar oʻxshash qismlari oʻrtasida genlar almashinuvi) sodir boʻladi. Shundan soʻng mitoz profazasidagi singari xromosomalar spirallashuvi boshlanadi; yadro membranasi va yadrocha yemirilib, boʻlinish duki hosil boʻladi. 1-Meyoz metafazasida gomologik xromosomalar bir-biridan ajraladi va axromatin ipchalarga ilashib qarama-qarshi qutblarga tarqaladi. 1-Meyoz telofazasida xromosomalar spirali yoyiladi; yadro membranasi va yadrocha shakllanadi; hujayra boʻlinib, xromosomalarning gaploid toʻplamiga ega boʻlgan hujayralar hosil boʻladi. 1-Meyoz boʻlinishdan soʻng hosil boʻlgan hujayralardagi xromosomalarning har qaysisi 2 tadan xromatidga ega boʻladi. Hujayralar 2-Meyoz ga kirishishidan oldin interfaza boʻlmaganligi tufayli xromosomalar soni oshmaydi. Qisqa interfazadan soʻng hujayralarning 2-Meyoz boʻlinishi boshlanadi. 2-Meyoz ham 4 ta fazadan iborat. 2-Meyoz telofazasida DNK yangi hosil boʻlgan hujayralar oʻrtasida teng taqsimlanganidan xromosomalar soni 2 hissa kamayadi. Xromosomalar sonining 2 hissa kamayishi bilan poyoniga yetadigan bu jarayon reduksion boʻlinish deyiladi. Organizmlar hayot siklida (qarang Hayot sikli) 3 xil Meyoz kuzatiladi. Odam, barcha koʻp hujayrali hayvonlar va ayrim tuban oʻsimliklar jinsiy organlarida (qarang Urugʻdon, Tuxumdon) boradigan gametali, yaʼni terminal (uchki) Meyozda gametalar hosil boʻladi (qarang Gametogenez). Urugʻ hujayralarning hosil boʻlishi spermatogenez, tuxum hujayralarning hosil boʻlishi ovogenez deyiladi. Koʻpchilik zamburugʻlar va suvoʻtlarda urugʻlangan tuxum hujayralanib boʻlinib, gaploid zoosporalar hosil qilishi zigota Meyoz deyiladi. Yuksak oʻsimliklarning jinsiy organlarida gaploid sporalarning hosil boʻlishi (sporogenez)dan iborat jarayon spora Meyoz, yaʼni oraliq Meyoz deyiladi. Meyoz ota yoki ona organizm xromosomalari hosil boʻlgan jinsiy hujayralar (qarang Gametalar) oʻrtasida teng taqsimlanadi. Gametalar ota-ona organizmlari irsiy belgilarini tashuvchilar hisoblanadi. Jinsiy hujayralarning qoʻshilishi natijasida hosil boʻladigan zigotada xromosomalarning diplo-id toʻplami tiklanadi. Zigotada erkak va urgʻochi organizm irsiy belgilari mujassamlashgan boʻladi.



Yüklə 365,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə