O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti «biologiyа»



Yüklə 365,73 Kb.
səhifə9/29
tarix23.12.2023
ölçüsü365,73 Kb.
#155851
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
Labaratoriya

4-laboratoriya mashg`uloti
Mavzu: Hujayra mitoz boshqichlari va ularni taqqoslash


Dаrsning mаqsаdi. Mitoz boshqichlarini talabalarda ko’nikma hosil qilish
Umumiy tushunchа: F.Engels o’tgаn аsrdа (Tаbiаt diаlektikаsi, Аnti-Dyuring аsаridа) berаdi: «Hаyot – оqsil jismlаrning yashаsh usulidir, bu yashаsh usuli esа o’z mоhiyati bilаn mаzkur jismlаrning хimiyaviy tаrkibiy qismlаrining dоimо o’zini – o’zi yangilаb turishidаn ibоrаt». Bu tа’rifdа: а) hаyot оqsil jismlаr bilаn bоg’liqligi; b) hаyotdа dоimiy mоddаlаr аlmаshinuvi, o’zini-o’zi yangilаnishi jаrаyoni bоrishini; v) hаyotdа jismlаr tаshqi muhit bilаn o’zаrо dоimо аlоqаdа ekаnligini ko’rsаtilgаn.
Mitoz (qadimgi yunoncha: μίτος - mitos — ip), kariokinez — eukariot hujayralarning boʻlinib koʻpayish usuli. M.dan oldin hujayra boʻlinishga tayyorgarlik davri interfazani oʻtadi. Interfazada DNK, oqsil, ATF sintez boʻladi. Natijada xromosomalardagi DNK miqdori ikki hissa ortadi. Bu jarayon replikatsiya deyiladi. M. 4 ta faza: profaza, metafaza, anafaza, telofazadan iborat. Profazada xromosomalar spirallashib, yiriklasha boshlaydi; yadro membranasi va yadrocha yemirilib, xromosomalar sitoplazmaga tarkalib ketadi. Profaza oxirida sentrosomalar hujayra qutblariga joylashib oladi; ular oʻrtasida mikronaychalardan iborat axromatin ipchalar paydo boʻlib, boʻlinish duki hosil boʻladi. Metafazada xromosomalarning spirallashib yoʻgʻonlashuvi davom etadi. Metafaza oxirida xromosomalar hujayra markazida boʻlinish oʻqi ekvatorida joylashib oladi. Bu fazada har bir xromosoma 2 ta xromatildan iborat boʻlib, ular sentromerasi orqali oʻzaro birikkan, xromatidlar esa boʻlinish duki iplariga ilashgan boʻladi. Anafazada xromatidlar oʻrtasidagi bogʻlanish uzilib, har bir xromosoma 2 ta mustaqil xromatidga ajraladi. Axromatin ipchalarning qisqarishi tufayli xromosomalar qarama-qarshi qutblarga tarqala boshlaydi. Telofazada xromosomalar kugblarga joylashadi; spirali yoyilib ular yana uzun ipchalar — xromatidlar shakliga kiradi va yorugʻlik mikroskopda koʻrinmaydigan boʻlib qoladi; yadrocha qayta tiklanadi; yadro membranasi hosil boʻladi. Sitoplazma oʻrtasida botiqlik paydo boʻlib, chuqurlasha borishi va hujayraning teng ikkiga boʻlinishi bilan telofaza tugallanib, yana qaytadan interfaza boshlanadi.

Mitoz sxemasi
Mitozda sodir boʻladigan jarayonlar nerv sistemasi hamda buyrak usti bezi, gipofiz, qalqonsimon bez, jinsiy bezlar va boshqa sekretsiya bezlari ishlab chiqaradigan gormonlar orqali neyrogumoral sistema tomonidan boshqariladi. M.ning kecha-kunduzlik maromi muhitdagi kechakuiduz davomida sodir boʻlib turadigan oʻzgarishlar va organizmlar aktivligi bilan bogʻliq. M.ning davomiyligiga hujayraning oʻlchami, yadroning ploidligi, atrof muhit sharoiti (xususan, harorat) taʼsir qiladi. M hayvon hujayralarida 30—60 min., oʻsimlik hujayralarida 2—3 soat davom etadi. M.ning biologik ahamiyati boʻlinishga kirishgan dastlabki ona hujayra xromosomalarining boʻlinishdan keyin xrsil boʻladigan ikkita yangi qiz hujayralar oʻrtasida teng taqsimlanishidan va bitta hujayra boʻlinib, unga aynan oʻxshash ikkita hujayraning vujudga kelishidan iborat. M.daorganizmning oʻsishi va rivojlanishi, shikastlangan hujayralarning tiklanishi, oʻlgan hujayralar oʻrniga yangi hujayralar hosil boʻlishi taʼminlanadi.

Yüklə 365,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə