O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent amaliy fanlar universiteti


II BOB. O‘ZBEK TILIDA YANGI LUG‘AVIY QATLAMNING SHAKLLANISHI………………………………………………………



Yüklə 140,53 Kb.
səhifə2/11
tarix27.12.2023
ölçüsü140,53 Kb.
#163042
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Nutqda o`zlashma so`zlarning ma`noviy siljishlari

II BOB. O‘ZBEK TILIDA YANGI LUG‘AVIY QATLAMNING SHAKLLANISHI………………………………………………………..

15


2.1. O‘zbek tilida o‘zlashgan so‘zlarning paydo bo‘lishi ………………..

15



2.2. O‘zlashma neologizmlarning ekstralingvistik va lisoniy omillar asosida vujudga kelishi ……………………………………………………

19


2.3. O‘zlashma neologizmlarning mavzuiy guruhlari……………………
XULOSA……………………………………………………………………………

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………


22
25
27
















KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli “Harakatlar strategiyasi“ haqidagi farmonining 4-ustuvor yo‘nalishi “Ijtimoiy sohani rivojlantirish”ga yo‘naltirilgan. Dasturning 4.4-bo‘limi “Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish” deb nomlangan bo‘lib, unda uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish, ta’lim va ona tilini o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish kabi masalalari belgilangan1.
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekistonda ilm-fan sohasida olib borilayotgan tub islohotlar, ayniqsa, o‘zbek tilining Davlat tili sifatidagi maqomini mustahkamlash, uning mavqeini yanada ko‘tarish, jamiyat hayotining barcha sohalarida faol qo‘llanilishini taʼminlash bo‘yicha qabul qilingan qator qonun va qarorlar o‘zbek tilini ilmiy o‘rganishni yangi bosqichga ko‘tarish zaruratini yuzaga keltirdi. “O‘zbekiston ilm-fan, intellektual salohiyat sohasida dunyo miqyosida raqobatbardosh bo‘lishi shart”ligi2 o‘zbek tilshunoslari hal qilishi lozim bo‘lgan qator vazifalarni belgilab berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi “Аlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”, 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”, 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-son “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2020-yil 29-oktabrdagi PF-6097-son “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonlari; 2019-yil 4-oktabrdagi PQ-4479-son “O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinganligining o‘ttiz yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-dekabrdagi 984-son “Davlat tilini rivojlantirish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu tadqiqot muayyan darajada xizmat qiladi.
Hozirgi o‘zbek tilshunosligida uning barcha sohalari bo‘yicha, ayniqsa, leksikologiya yuzasidan yirik va jiddiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Shunga qaramasdan, bu sohaning barcha muammolari tugal hal etilgan deb bo‘lmaydi. O‘zbek tili lug‘at tarkibidagi o‘zlashma neologizmlar shu vaqtga qadar to‘liq o‘rganilgan emas.
Kurs ishining o‘rganilish darajasi. Tilshunoslikda leksikologiya bo‘limi bo‘yicha dastlabki tadqiqotlar I.Rasulov, A.Shomahsudov, R.Qo‘nurovlar tomonidan olib borilgan bo‘lsa, keyinchalik M.Yo‘ldoshevning “Badiiy matnning lisoniy tahlili” va S.Karimovning ilmiy tadqiqotlarida o‘z aksini topgan. Ko‘rinadiki, leksikologiya sohasida talaygina ishlar amalga oshirilgan. Bu borada ishlarning bevosita davomi sifatida biz o‘z ishimizda o‘zlashma neologizmlarning leksik-semantik xususiyatlariga e’tibor qaratdik.

Yüklə 140,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə