|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagiMamlakat
Mustamlaka hududi, mln. km
|
səhifə | 5/6 | tarix | 17.06.2023 | ölçüsü | 261,5 Kb. | | #117564 |
| XVII- XIX asrlarda Yaponiyaning iqtisodiy rivojlanishi. Mustamlakachilik davrida Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti. Jahon agrar ingrozi va ikkinchi ilmiy- texnik inqilobi ( XIX asr oxiri- XX asr boshi)Mamlakat
|
Mustamlaka hududi, mln. km2
|
aholi, mln. kishi
|
Angliya
|
33,5
|
400
|
Fransiya
|
10,6
|
55
|
Germaniya
|
3
|
13,3
|
Bu bosqichda jahonning hududiy taqsimlanishi yakunlandi. Yetakchi mustamlakachilik mamlakatlari mustamlakalarga kapitalni olib chiqishni kuchaytirdi.
◄ Mustamlakalardan foydalanishda savdo kompaniyalarning o‘rni.
XVII asr boshi va o‘rtalarida barcha mustamlakalarda ostind kompaniyalari tashkil etildi (ingliz – 1600-1858 yy., golland – 1602-1798 yy., fransuz – 1664-1770 yy. va 1785-1793 yy.). Metropoliyalarning yirik savdogarlari va sanoatchilarini birlashtirgan kompaniyalar o‘z hukumatidan yangi yerlarni qo‘shib olish, mustamlakalarda savdo olib borish maqsadida urush qilish monopol huquqini oladilar.
Mustamlakachilar daromadining asosiy manbasi Sharqda sanoat mahsulotlarini sotish emas, balki mustamlakachilik tovarlarini qayta sotish, yuqori soliqlar va badallarni undirish, mahalliy aholini talash, harbiy o‘ljaga ega bo‘lish hisoblanadi.
Misol uchun, XVIII asr o‘rtalarida Osiyo mamlakatlaridan ingliz importining 80% oltin va kumushni olib kelish evaziga, 20% esa sanoat mahsulotlari evaziga qoplanardi. Ost-ind kompaniyalari tuz va boshqa zarur tovarlarga yuqori to‘lovlar o‘rnatib aholini talardi.
Shunday usullardan golland ost-ind kompaniyasi ham foydalanib sharqning boy mamlakatlaridan biri – Indoneziyani o‘z nazoratiga oldi.
◄ Afrika qit’asida mustamlakachilik
XVI-XVII asrlarda Yevropa mamlakatlarining mustamlakachilik siyosatida Afrika qit’asi alohida o‘rin tutadi. Yevropa mamlakatlarining markazlarini Afrika qit’asida qurilishi mahalliy aholiga avvaliga hech ham ta’sir etmadi. Vest-Indiya (Amerika)da shakar qamish, kofe, tamaki, paxta plantatsiyalarini paydo bo‘lishi, oltin va kumush konlarini ochilishi Afrikadan qullarni olib kelib foydalanishni rivojlantirdi.
Qul savdosini XV asrda birinchi bo‘lib portugallar boshlashdi, undan keyin bu jarayonga inglizlar, gollandlar, fransuzlar, daniyaliklar, shvedlar qo‘shilishdi. Qul savdosi markazlari asosan Afrikaning g‘arbiy qirg‘oqlarida (Yashil burundan Angolaga qadar) joylashgan edi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|