O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi


Mustamlakachilikning tarixiy shakllari



Yüklə 261,5 Kb.
səhifə4/6
tarix17.06.2023
ölçüsü261,5 Kb.
#117564
1   2   3   4   5   6
XVII- XIX asrlarda Yaponiyaning iqtisodiy rivojlanishi. Mustamlakachilik davrida Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti. Jahon agrar ingrozi va ikkinchi ilmiy- texnik inqilobi ( XIX asr oxiri- XX asr boshi)

2.1. Mustamlakachilikning tarixiy shakllari


Mustamlakachilik tizimini shakllanishi xususiyatlari.
Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida mustamlakachilik tizimi shakllana boshlandi. Mustamlakachilik rivojlanishining bu bosqichi kapitalistik munosabatlarning shakllanishi bilan bog‘liqdir. Shu davrdan boshlab “kapitalizm” va “mustamlakachilik” kategoriyalari uzviy bog‘liq bo‘lib qoldi.
Mustamlaka - bu siyosiy va iqtisodiy mustaqillikdan mahrum bo‘lgan, metropoliyaga qaram hududdir. Bosib olingan hududlarda metropoliyalar kapitalistik munosabatlarni shakllantiradi. Bu hol Angliyaning Shimoliy Amerikadagi, Avstraliyadagi, Yangi Zellandiyadagi va Janubiy Afrikadagi mustamlakalarida yuz berdi. Mahalliy aholi mustamlakachilarga qarshi chiqa olishmadi, ular yo‘q qilindi yoki rezervatsiyalarga haydab yuborildi. Mustaqillikka erishilgandan so‘ng ushbu mamlakatlar aholisi Yevropadan ko‘chib kelgan ko‘chmanchilardan iborat edi.
Sanoat kapitalizmi davri
Mustamlaka tizimini rivojlanishining keyingi bosqichi XVIII asrning oxirgi choragida boshlangan va rivojlangan Yevropa mamlakatlarida XIX asrning o‘rtalarigacha davom etgan sanoat inqilobi bilan bog‘liq.
Tovar ayirboshlash davri boshlanib mustamlaka mamlakatlarni jahon savdo ayirboshlash tizimiga jalb etdi. Bu ikkiyoqlama oqibatga olib keladi: bir tomondan, mustamlaka mamlakatlar metropoliyalarning agrar-xom ashyo ta’minotchisiga aylanib qoldi, ikkinchi tomondan – metropoliyalar mustamlakalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini amalga oshirdi (xom ashyoni qayta ishlash bo‘yicha mahalliy sanoat, transport, aloqa, telegraf rivojlantirildi).
Birinchi jahon urushi boshiga kelib monopolistik kapitalizm bosqichida uchta yirik Yevropa mamlakatlarning mustamlaka yerlari shakllandi:
2.1-jadval. Yevropaning yirik mamlakatlarni mustamlakalari to’g’risida ma’lumot


Yüklə 261,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə