O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti


MAVZU: TARBIYA NAZARIYASI VA TARBIYA TURLARI. OILA PEDAGOGIKASI VA UNING MILLIY O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI



Yüklə 199,56 Kb.
səhifə14/65
tarix28.11.2023
ölçüsü199,56 Kb.
#133387
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   65
majmua

4. MAVZU: TARBIYA NAZARIYASI VA TARBIYA TURLARI. OILA PEDAGOGIKASI VA UNING MILLIY O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
Reja:
1.Tarbiya jarayonining mohiyati va uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni.
2. Tarbiya jarayoni
3. Tarbiyaning maqsadga qaratilganligi qoidasi
4. Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya qoidasi
1.Tarbiya jarayonining mohiyati va uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni Pedagogika fanining muhim bo‘limlaridan biri tarbiya nazariyasidir. Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, tarbiyaviy jarayon mazmuni, tamoyillari, qonuniyatlari, uni tashkil etish masalalari, metodikasi, shakllari, metodlari, vositalari, usullari va muammolarini o‘rganadi. Mazkur bo‘limda tarbiya jarayonining mazmuni, shakli, me-todlari, vosita va usullari o‘rganiladi. Tarbiya pedagogikaning asosiy kategoriyalaridan biri bo‘lib – insonni ijtimoiy tajribalar bilan, uning barcha shakllarida - bilim, xis-hayajon, estetika, odob-axloq qoidalari bilan tanishtirish va individning ichki o‘ziga xos jihatlarini, imkoniyatlari va layoqatlarini rivojlantirish bo‘yicha faoliyat hisoblanadi. Tarbiya nazariyasi Sharq mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga taya-nadi. Tarbiya nazariyasi o‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya kabi fanlar-ning ma’lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogi-kaning boshqa bo‘limlari: ya’ni pedagogikaning umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi hamda xalq ta’limi tizimini boshqarish bilan uzviy bog‘liq. Tarbiya bu muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo‘lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonidir. Turli zamon va makonda tarbiya mohiyati turlicha bo‘lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlaridan kelib chiqib asoslangan. Tarbiya g‘oyasi turlicha 223
ifodalangan bo‘lsada, ammo yo‘naltiruvchanlik xususiyati hamda ob’yektiga ko‘ra yakdillikni ifoda etadi.

Yüklə 199,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə