O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti



Yüklə 199,56 Kb.
səhifə11/65
tarix28.11.2023
ölçüsü199,56 Kb.
#133387
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   65
majmua

O‘ZBEKISTONDA XALQ TA’LIMI
TASHKILOTLARINING TURLARI
O'zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g ‘risida»gi qonuni (1997-y., 29- avgust)ning «Ta’lim turlari» xususidagi 10-moddasida shunday deyiladi: «(□‘zbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi: - maktabgacha ta’lim; -um um iy o'rta ta’lim; - o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; -o liy ta’lim; - oliy o'quv yurtlaridan keyingi ta’lim; - kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash; - maktabdan tashqari ta’lim».
Maktabgacha tarbiya. Xalq ta’limi tizimida birinchi bosqich - maktabgacha tarbiya. Uning asosiy vazifasi bolalami sog‘lom va yetuk qilib tarbiyalash, ularni maktabga ham pedagogik, ham psixologik tayyorlashdan, ulaming shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat.
Bu ta’lim 6-7 yoshgacha oilada, bolalar bog‘chasida va mulk shaklidan qat’iy nazar boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi.
43BoshlaDg‘ich ta’lim (I-IV sinflar). Umummaktab ta’limida boshlang* ich maktabning ahamiyati muhimdir. Chunki boshlang* ich maktab umumiy o'rta ta’lim olish uchun zarur bo'lgan bilim, o‘quv ko‘nikmalari bilan qurollantiradi. Boshlang*ich maktablar alohida maktab turi sifatida, ayniqsa qishloq joylarida ko‘p tarqalgan.
Umumiy o‘rta ta’lim (V-IX sinflar). Umumiy o‘rta ta’lim o‘rta ma’lumot olishni ta’minlaydi, zamonaviy bilimlar beradi. Bolalaming fikrlash qobiliyatini o‘stirib, olgan nazariy bilimlarini amalda qo'llashga o‘rgatadi. Bu esa, o‘z navbatida, kasb tanlashga yo'naltiradi, biror-bir kasbni egallash imkoniyatini beradi.
Xalq xo’jaligining turli sohalarida mehnat qilayotgan va umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lmagan yigit va qizlar uchun kechki (navbatli) maktablar va kattalar uchun ta’lim markazlari tashkil etilgan.
Kusb-hunar kollejlari ta’limi. O‘zbckiston Respublikasida kasb- hunar ta’limining asosiy maqsadi yoshlami mehnat va kasb-kor ko‘nikmalariga o‘rgatish, ishchi xodimlar tayyorlash, ulaming malakasini oshirish va qayta tayyorgarlikdan o‘tkazishdir. Hunar- texnika ta’limi, malakali ishchilar tayyorlash respublikaning kasb-hunar kollejlari ta’limi o‘quv yurtlari, o‘quv-ishlab chiqarish, o‘quv-kurs korxonalari, markazlari va boshqa ishlab chiqarish bilan bog*liq bo'lgan o‘quv muassasalarida amalga oshiriladi. CVzbekistonda xalq xo‘jaligi uchun malakali mutaxassislar tayyorlab berishda hunar-texnika bilim yurtlari katta ahamiyatga ega. Respublikada bunday o‘quv muassa- salarining bir necha turlari mavjud.
Oliy ta’lim. Xalq ta’limi tizimida muhim o‘rin egallab, ijtimoiy va ilmiy taraqqiyotni belgilab beradi. Xalq xo‘jaligi va madaniyatning turli sohalarini yetuk oliy ma’lumotli mutaxassislar bilan ta’minlaydi. Respublikada oliy ta’lim o‘z ichiga universitetlami, pedagogika, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, iqtisod, yuridik, politexnika va boshqa institutlami qamrab oladi.
Universitetlar yetakchi bilim yurtlaridan bo‘lib, ular tabiiy-matematik va ijtimoiy sohalar uchun yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlaydi. Respub- likamizning ko‘pgina viloyatlaridagi pedagogika institutlarining univer- sitetlarga aylantirilishi ham hukumatimizning yetuk o‘qituvchi kadrlar tayyorlash borasidagi g‘amxo‘rligidan dalolatdir.

Yüklə 199,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə