O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti



Yüklə 199,56 Kb.
səhifə7/65
tarix28.11.2023
ölçüsü199,56 Kb.
#133387
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   65
majmua

Pedagogik tahlil metodi. Tadqiqotni olib borish jarayonida ushbu metodni qo‘llashdan ko‘zlangan maqsad tanlangan muam-moning falsafiy, psixologik hamda pedagogik yo‘nalishlarda o‘rganilganlik darajasini aniqlashdan iborat bo‘lib, tadqiqotchi ilgari surayotgan g‘oyaning nazariy jihatdan haqqoniyligini asoslashga xizmat qiladi.19
Bolalar ijodini o‘rganish metodi. Mazkur metod o‘quv-chilarning muayyan yo‘nalishlardagi layoqati, qobiliyati, shuning-dek, ma’lum fan sohalari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi. Uni qo‘llashda o‘quvchilarning ijodiy ishlari – kundaliklari, insholari, yozma ishlari, referatlari, hisobotlari muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Metodning afzalligi shundaki, u ma’lum o‘quvchiga xos bo‘lgan individual imkoniyatni ko‘ra olish, baholash va uni rivojlantirish uchun zamin yaratadi.
Bolalar ijodini o‘rganishning quyidagi shakllari mavjud: 1) fan olimpiadalari; 2) turli mavzulardagi tanlovlar; 3) maktab ko‘rgazmalari; 4) festivallar; 5) musobaqalar.
Pedagogik tajriba (eksperiment – lotincha “sinab ko‘rish”, “tajriba qilib ko‘rish") metodi. Pedagogik tajriba metodidan muammo yechimini topish imkoniyatlarini o‘rganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishning kafolatlay olishi, ilgari surilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o‘z in’ikosiga ega bo‘la olishi hamda samaradorligini aniqlash maqsadida foyda-laniladi. Muayyan muammo yechimini topishga yo‘naltirilgan pedagogik tajriba ma’lum doirada, soni aniq belgilangan respondentlar ishtirokida amalga oshiriladi. Mazkur metoddan foydalanish tadqiqotchi tomonidan ilgari surilayotgan maxsus metodikaning samaradorligini aniqlay hamda unga baho bera olishi zarur. Pedagogik tajriba tashkil etilish sharoitiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Pedagogik tajriba
Tabiiy tajriba Laboratoriya tajribasi
Tajriba ishi
Pedagogik tajriba turlari20
Pedagogik tajriba ham bir qator shartlarga amal qilgan holda tashkil etiladi. Xususan: 1) tajribaning maqbul loyiha (dastur) asosida uyushtirilishi; 2) tadqiqot ilmiy farazining puxta asoslanishi; 3) tadqiqot obyektlari va usullarining to‘g‘ri tanlanishi; 4) tajriba o‘tkazilish vaqti hamda davomiyligini aniqlanishi; 5) zarur pedagogik shart-sharoitlar (asbob-uskuna, jihozlar, vositalar)ning yaratilganligi; 6) tajriba ma’lumotlarini umumlashtirish, tahlil qilish va natijalarni qayta ishlash.
Pedagogik tajriba yakunida olingan natijalarga asoslanib umumiy xulosaga kelinadi va ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Yüklə 199,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə