O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti



Yüklə 199,56 Kb.
səhifə3/65
tarix28.11.2023
ölçüsü199,56 Kb.
#133387
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
majmua

2. Pedagogika fanining vazifalari Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo‘shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishi, uning hayotida yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega. Pedagogika fanining vazifalari. Pedagogikaning fan sifatidagi vazifalari uning predmetlariga bog‘liq. Bular nazariy va texnologik vazifalar bo‘lib, ular uzviy ravishda amalga oshiriladi. Peda-gogikaning nazariy vazifalari uch xil darajada amalga oshiriladi:  Tavsiflash yoki tushuntirish ‒ ilg‘or va novatorlik pedagogik tajribalarni o‘rganish; Diagnostik ‒ pedagogik hodisalarning holatini, pedagog va o‘qituvchi faoliyatining muvaffaqiyati yoki samaradorligini aniqlash, ularni ta’minlovchi shart va sabablarini o‘rganish;  Prognostik ‒ pedagog faoliyatlarini ilmiy tadqiqotlar orqali o‘rganish va ular asosida bu faoliyatni o‘zgartirish modulini qurish.
Nazariy vazifalarni prognostik darajasi pedagogik hodisalarning mohiyatini ochish, pedagog jarayonlaridagi teran hodisalarni topish, taxmin qilingan o‘zgarishlarni ilmiy asoslash bilan bog‘liq.
Bu darajada ta’limiy amaliyotdan oldin turuvchi ta’lim tarbiya nazariyasi va pedagogik tizim modeli yaratiladi.
Pedagogikaning texnologik vazifalarini amalga oshirishning uchta darajasi mavjud: Proeksion, qayta qurish, refleksiv. 1. Proeksion ‒ bu o‘z ichiga nazariy konsepsiyalarni oluvchi va pedagogik faoliyatlar rejasini, uning mazmunini va 6
xarakterini aniqlovchi mos metodik materiallar (o‘quv rejasi, dasturlar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va pedagogik tavsiyalar) ni ishlash bilan bog‘liq; 2. Qayta ko‘rish ‒ bu fanlar yutuqlarini ta’limiy amaliyotga uni takomillashtirish va rekonstruksiya qilish maqsadida tadbiq etishga qaratilgan; 3. Refleksiv ‒ bu ilmiy izlanishlar natijalarining ta’lim va tarbiyaning amaliyotga ta’sirini baholash va ilmiy nazariy va amaliy faoliyatning bundan keyingi korreksiyasini ko‘zda tutadi. O‘zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, milliy istiqlol g‘oyasi asosida ta’lim va tarbiya nazariyasini ijodiy rivojlantirish vazifasini hal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e’tibor qaratiladi: 1. Ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori mala-kali kadrni tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini o‘rganish. 2. Shaxsni har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash. 3. Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda, rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimi tajribasini o‘rganish asosida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish. 4. Ta’lim muassasalari hamda, ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati mazmunini asoslash. 5. Ilg‘or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish. 6. Pedagoglarni pedagogika nazariyasiga oid bilimlar hamda ta’lim-tarbiya usullari bilan qurollantirish. 7. Ta’lim-tarbiya birligi hamda ijtimoiy tarbiya yo‘nalishlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni ta’minlashning pedagogik shart-sharoitlarini o‘rganish. 8. O‘qitish hamda tarbiyalash jarayonining samarali texnologiyalarini yaratish.7
Oila tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish. 10. Ta’limning sifatli ta’lim jarayoni bilan ta’minlash.

Yüklə 199,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə