O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti



Yüklə 199,56 Kb.
səhifə9/65
tarix28.11.2023
ölçüsü199,56 Kb.
#133387
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   65
majmua

Maktabgacha ta’lim. Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o'qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi.
40Bu ta’lim olti-yetti yoshgacha oilada, bolalar bog’chasida va mulk shaklidan qat’iy nazar boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi.
Maktabgacha ta’lim maqsadi va vazifalarini ro’yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya tashki lot lari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi. (O’zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning 11- moddasi),
Umumiy o‘rta ta’lim. Umumiy o’rta ta’lim bosqichlari quyidagicha: Boshlang‘ich ta’lim (I-IV sinflar); Umumiy o‘rta ta’lim (1-IX sinflar) Boshlang’ich ta’lim umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim va ko'nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir.
Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-yetti yoshdan qabul qilinadi.
Umumiy o’rta ta’lim bilimlarining zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko’nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo‘naltirishga va ta’limning navbatdagi bosqichini ta’minlashga yordam beradi.
Bolalarning qobiliyati, iste’dodini rivojlantirish uchun ixtisoslash- tirilgan maktablar tashkil etilishi mumkin.
Umumiy o‘rta ta’lim tugallanganidan keyin ta’lim fanlari bo’yicha olingan baholar ko‘rsatilgan holda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat beriladi. (O’zbekiston Respublikasi «Ta’lim to’g’risidawgi qonunning 12- moddasi).
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olish maqsadida har kim umumiy o’rta ta’lim asosida akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida o’qishning yo’nalishini ixtiyoriy ravishda' tanlash huquqiga ega.
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari egallangan kasb-hunar bo’yicha ishlash huquqini beradigan hamda bunday ish yoki ta’limni navbatdagi bosqichda davom ettirish uchun asos boTadigan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi.
Akademik litsey o’quvchilaming intellektual qobiliyatlarini jadal o’stirishni, ulaming chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo’naltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydigan uch yillik o’rta maxsus o’quv yurtidir.
Akademik litseylarda o ‘quvchilar o’zlari tanlab olgan ta’lim yo‘nalishi bo’yicha bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur o’rganishga qaratilgan maxsus imkoniyatga ega boTadilar. Bu
41ko‘nikmalami, o‘qishni muayyan oliy ta’lim muassasalarida davom ettirish yoki mehnat faoliyatida ro‘yobga chiqarishlari mumkin.
Kasb-hunar kolleji o1quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlagan kasblar bo'yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta’minlaydigan uch yillik o‘rta maxsus kasb- hunar o‘quv yurtidir.
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olish o‘quvchilarga o‘z bilimlarini chuqurlashtirish va tanlagan ixtisos- liklariga ega bo'lishni ta’minlaydi. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. Bu diplomlar ta*limning keyigi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish yoki egallagan ixtisosligi bo’yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradi. (O^zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning 13- moddasi).

Yüklə 199,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə