O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti



Yüklə 199,56 Kb.
səhifə52/65
tarix28.11.2023
ölçüsü199,56 Kb.
#133387
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   65
majmua

Muammo ilmiy bilishni rivojlantirish zarurligini ifodalash-ning subyektiv shaklidir. U muammoli vaziyatda, ya’ni jamiyat rivojlanishi jarayonida bilish va bilmaslik o‘rtasida obyektiv ravishda vujudga keladigan ziddiyat. Muammoli ta’lim deganda o‘quv materialini o‘quvchilar ongida ilmiy izlanishga o‘xshash bilish vazifalari va muammolarini vujudga keltiradigan yo‘sinda o‘rgatish tushuniladi. O‘quvchining fikrlash faoliyatida muammoli vaziyatlar vujudga keladi va ular bolani obyektiv ravishda izla-nishga va mantiqan to‘g‘ri ilmiy xulosalar chiqarishni o‘rganishga da’vat etadi.
Muammoli ta’lim an’anaviy ta’limning salbiy jihatlarini bartaraf etish maqsadida yuzaga kelgan insonni fikrlash, xotirasini mustahkamlash ekspluatatsiya qilish asnosida yuzaga kelgan.
Fanda muammoli o‘qitish bilan aloqador ikkita tushuncha ishlatiladi: “muammo” va “muammoli vaziyat” tushunchalari.
Ayrim hollarda ular sinonimdek tushunilsa-da, lekin bu atamalar bilan belgilangan obyektlar o‘z hajmi bilan farqlanadi. Muammo 185
muammoli masalalar ketma-ketligiga ajraladi. Muammoli ta'lim shunday shaklki, u ta’lim jarayoni subyektlarini muammoli izlanish asosida bilim olishiga asoslanadi. Bu jarayonda ular ilmning obyektiv qarama-qarshiliklariga, ijtimoiy va kasbiy amaliyot hamda ularni hal etishda, fikrlashda, samarali muloqotga kirishish va bilimlarni ijodiy o‘zlashtiradilar. O‘qitishni bunday shakl-lanishining asosi muammoli vaziyatlar hisoblanadi.
Ko‘plab olimlar (T.V.Kudryavsev, A.M.Matyushkin, S.L.Ru-binshteyn, I.Y.Lerner, M.N.Skatkin M.Maxmutov, R.A.Mavlo-nova va boshqalar) muammoli ta'limning afzal jihatlari haqida fikr yuritib, u shaxsda bilimlarni o‘zlashtirish, ijodkorlik, izlanuv-chanlik, tanqidiy fikrlash kabi xususiyatlarni shakllantirishni, fikrlash va ta’limdagi muammoli vaziyatning chuqur psixologik xarakteristikasini ifodalaganlar.
Psixologlarning ta’kidlashicha, fikrlash doimo muammo yoki savoldan, ajablanish yoki tushuna olmaslikdan va ziddiyatdan boshlanadi (S.O.Rubinshteyn). Ana shularga ko‘ra, pedagogika nazariyasi va amaliyoti asosini o‘quv muammosi tashkil etadigan ta’limga muammoli yondashish tushunchasi faol kirib kela boshladi. Bu muammoning mohiyati o‘quvchiga ma’lum ko‘nikma va malakalar bilan tushunish hamda tushuntirish uchun ilgarigi bilimlar kamlik qiladigan voqealar o‘rtasidagi didaktik ziddiyatlar-dan iboratdir. Bunday ziddiyat ijodiy o‘zgartirishga turtki bo‘ladi (M.Maxmutov).
M.N. Skatkin muammoli ta’limning quyidagi uchta asosiy turini alohida ifodalagan: 1.Bilimlarni muammoli bayon qilish. Bunday bayon qilishda o‘qituvchi o‘quvchilarga u yoki bu qoidalarni faqat gapirib bermaydi, balki og‘zaki fikr yuritib, muammoni ham aytadi va uni hal qilish jarayonini ko‘rsatadi. 2.Bayonning ayrim bosqichlarida o‘quvchilarni izlanishga jalb etish. Bunda o‘qituvchi muammoni qo‘yadi, o‘quv materialini tushuntiradi, lekin ana shu jarayonda o‘quvchilarga ulardan izlanish jarayoniga qo‘shilishni va u yoki bu bilish vazifasini mustaqil holda hal etishni talab qiladigan savollarni beradi.186
3.Ta’limning tadqiqiy metodi. O‘quvchilar bilish muammosini anglab, o‘zlari izlanish rejasini belgilaydilar, taxmin (gipoteza)ni tuzadilar, uni tekshirish yo‘lini muhokama qiladilar, tajribalarni va dalillarni taqqoslaydilar, umumlashtiradilar.
Muammoli bayon qilish jarayonida izlanishni o‘qituvchi olib boradi, o‘quvchilarga ilmiy isbotlash bo‘yicha fikrlash namunasini ko‘rsatadi, o‘quvchilar faqat uning mulohazasini kuzatadilar, muammoni hal qilishga qaratilgan qiziqishni o‘rganadilar. Shu-ningdek, ularning shaxsida qiziquvchanlik, o‘tkir zehnlilik, musta-qillik, o‘qishga qiziqish va ijodga intilish kabi fazilatlarni tarbiyalaydi. Boshlang‘ich ta’limda muammoli vaziyatning har xil turlari bo‘lishi mumkin. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari bolalarda qiziqish va qiziquvchanlikni tarkib toptiradigan topishmoqlarni, zehnni o‘tkirlashtiradigan masala va tegishli jumboqlarni ko‘p vaqtlardan buyon qo‘llaydilar. Bunday hollarda muammoli vaziyat topishmoqlar mazmunining o‘zida, shuningdek, bolalarda savolni va shu savolga javob topish istagini vujudga keltiradigan yo‘sinda tuzilgan masalalarda beriladi. Bunda bola to‘g‘ri javob uchun o‘zidagi bilimlar yetarli ekanini tushunadi. U masalani hal qila olishni, buning uchun nima haqida gap borayotganini tasavvur qilish va fikrlashning to‘g‘ri yo‘nalishini topish kerakligini his etadi. Zehn va topqirlikni o‘stiradigan topishmoqlar hamda masalalar bolalarni mantiqan to‘g‘ri fikrlashga, o‘zlari uchun tushunarli daliliy material yuzasidan fikr yuritishning qiziqarli tizimini topishga o‘rgatadi.
Ilmiy muammo shaxsdan mazkur sohadagi noma’lum narsa-larni yoritishni talab qiladi. Shuningdek, o‘zining hal qilinishi uchun fanda ma’lum bo‘lmagan anchagina yangi bilimlarning o‘zlashtirilishini taqozo etadi. Amaliy muammoni hal qilish uchun amalda kuch sarflanishi, oldingi bilimlar, ko‘nikma va malakalar yangitdan tashkil etilishi zarur. O‘quv muammosida obyektiv yangilik bo‘lmaydi. O‘qituvchi o‘quvchilar oldiga har qanday o‘quv muammosini emas, balki faqat ular tushuna oladigan va subyektiv muammo sifatida qabul qilishi mumkin bo‘lgan muammolarni qo‘yishi kerak.187

Yüklə 199,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə