O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti


Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarning o‘rni



Yüklə 199,56 Kb.
səhifə48/65
tarix28.11.2023
ölçüsü199,56 Kb.
#133387
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   65
majmua

6.Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarning o‘rni Mamlakatimizda ta’lim sohasida ro‘y berayotgan tub yangi-lanishlar har bir ta’lim muassasasida o‘quv jarayoni metodik ta’-minotini rivojlantirishni talab etadi. Zamonaviy axborot texnolo-giyalari yaqin yillar ichida pedagogik innovatsiyalarning asosiy manbai bo‘lib qoladi.
Ta’lim oluvchilar uchun mustaqil bilim olish imkoniyatlarini oshirish, ta’limning elektron axborot resurslarini shakllantirish va rivojlantirish uchun tegishli sharoitlarni yaratish ta’lim mazmunini takomillashtirishning zaruriy shartlaridan biri sanaladi. Zamonaviy ta’lim tizimining asosini sifatli va yuqori texnologiyali muhit tashkil etadi. Uning yaratilishi va rivojlanishi texnik jihatdan murakkab, ammo bunday muhit ta’lim tizimini takomillashtirishga, ta’lim jarayoniga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga xizmat qiladi. Bugungi kunda ilm-fan jadal taraqqiy etayotgan, zamonaviy axborot vositalari keng joriy etilgan jamiyatda barcha fan sohalarida bilimlarning tez yangilanib borishi, ta’lim oluvchilar oldiga ularni tez va sifatli egallash bilan bir qatorda, muntazam va mustaqil ravishda bilimlarni egallash vazifasini qo‘ymoqda. Bu vazifani amalga oshirishda o‘qitishning to‘rtta asosiy metodidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bular: tushuntirish illyustratsiyalash; reproduktiv; muammoli; tadqiqotchilik.
Birinchi metod tushuntirish illyustratsiyalash o‘quvchi bilan ta’lim tizimi o‘rtasida aks aloqaning mavjudligini ko‘zda tutmagani bois uni kasbiy kompyuter (axborot kommunikatsiya texnologiyalari) dan foydalaniladigan tizimlarda qo‘llash befoyda.
O‘qitishning hisoblash texnikasi vositalaridan foydalanila-digan, reproduktiv metodi o‘quvchiga o‘qituvchi va (yoki) axborot 190
kommunikatsiya texnologiyalari tomonidan xabar qilinadigan bilimlarni o‘zlashtirishni hamda ta’lim oluvchining o‘rganilgan materialni qayta yaratish, uni o‘xshash (analogik) vaziyatlarda qo‘llashga oid faoliyatini tashkil qilishni ko‘zda tutadi.
Mazkur metodni axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bilan qo‘llash ta’lim jarayonini tashkil qilish sifatini jiddiy yaxshilash imkonini bersada, biroq o‘quv jarayonini an’ana-viy qo‘llanadigan sxemadan (axborot kommunikatsiya texnolo-giyalarisiz) foydalanilganiga nisbatan tubdan o‘zgartirishga imkon bermaydi. Bu jihatdan muammoli hamda tadqiqotchilik metodla-ridan foydalanish ko‘proq o‘zini oqlaydi. O‘qitishning muammoli metodi axborot kommunikatsiya texnologiyalarining o‘quv jara-yonini qandaydir muammoni qo‘yish va uni hal qilish yechimlarini izlash sifatida tashkil qilishga oid imkoniyatlaridan foydalanadi.
Asosiy maqsad ta’lim oluvchilarning bilish faolligini oshirishga maksimal darajada ko‘maklashishdan iborat. Ta’lim jarayonida olinayotgan bilimlar asosida turli toifadagi masalalarning yechilishi, shuningdek, qo‘yilgan muammoni hal qilish uchun zarur bo‘ladigan qator qo‘shimcha bilimlarni olish va tahlil ko‘zda tutiladi. Bunda axborotni to‘plash, tartiblashtirish, tahlil va uzatish-ga oid ko‘nikmalarni egallashga alohida e’tibor qaratiladi.
O‘qitishning axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foy-dalanilgan tadqiqotchilik metodi ta’lim oluvchilarning ma’lum darajada ilmiy texnik tadqiqot olib borish jarayonidagi mustaqil ijodiy faoliyatini ko‘zda tutadi. Bu metoddan foydalanilganda ta’lim faol tadqiqot, kashfiyot va o‘yin natijasi sanaladi, buning natijasida, odatda, yuqorida sanab o‘tilgan metodlardan foyda-lanilganidan ko‘ra yoqimliroq va muvaffaqiyatliroq bo‘ladi. O‘qi-tishning muammoli metodi metod, obyekt va vaziyatlarni ularga ta’sir o‘tkazish jarayonida o‘rganishni ko‘zda tutadi. Muvaffaqiyat qozonish uchun ta’sirlarga ta’sir qiladigan muhitning bo‘lishi zarur. Bu ma’noda tengsiz vosita modellashtirish, ya’ni real ob’yekt, vaziyat yoki muhitning dinamikada imitatsion tasavvuri sanaladi. Eng so‘nggi texnik yutuqlar ko‘pincha ta’lim jarayonida o‘zining munosib o‘rnini egallagan, bu ma’noda axborot kommunikatsiya texnologiyalari ham istisno emas. 191
O‘quv jarayonida kompyuterlardan foydalanish bo‘yicha dastlabki tajribalar hisoblash texnikasidan foydalanish ta’lim jarayoni samaradorligini sezilarli darajada oshirishi, bilimlarni hisobga olish va baholashni yaxshilashi, qiyin vazifalarni hal qilishda o‘qituvchining har bir ta’lim oluvchiga yakka tartibda yordam berishini ta’minlashi, yangi kurslarni yaratish va qo‘yishni osonlashtirish kabi imkonyatlarni berishini ko‘rsatdi.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari so‘z, raqam, tasvir, tovush va boshqa ko‘rinishlarda beriladigan axborotni qayta ishlash uchun keng imkoniyatli vosita sanaladi. Ularning vosita sifatidagi asosiy xususiyati axborot olish va qayta ishlash bilan bog‘liq turli xil amallarni bajarish uchun sozlash (dasturlashtirish) imkoni mavjudligidir. O‘quv jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish foydalanuvchilarning tafakkur ko‘nikmalarini va murakkab vazifalarni hal qilish malakalarini rivojlantirishning yangi yo‘llarini ochib beradi, ta’limni faollash-tirish uchun prinsipial yangi imkoniyatlarni taqdim qiladi. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari auditoriya va mustaqil mash-g‘ulotlarni yanada qiziqarli, dinamik va ishonchli, o‘rganiladigan axborotning katta oqimini oson o‘zlashtiriladigan qilish imkonini beradi. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining ta’-limning boshqa texnik vositalariga qaraganda asosiy ustunliklari nozikligi, ta’limning turli modellari va algoritmlariga sozlash, shuningdek har bir ta’lim oluvchining xatti-harakatlariga yakka tartibda ta’sir qilish imkoniyati sanaladi. Bunday vositalardan foydalanish ta’lim jarayonini yanada faollashtirish, unga tadqi-qotchilik va izlanuvchanlik xarakterini bag‘ishlash imkonini yaratadi. Darsliklar, televideniye va kinofilmlardan farqli o‘laroq, axborot kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim oluvchining xatti-harakatiga zudlik bilan javob berish, turli toifadagi ta’lim oluvchilar uchun materialni takrorlash, tushuntirish, puxtaroq tayyorgarlikka ega bo‘lgan ta’lim oluvchilar uchun yanada murak-kab va o‘ta murakkab materialga o‘tish imkoniyatini ta’minlaydi.
Bunda individual sur’atlarda o‘qitish oson va tabiiy tarzda amalga 192
oshiriladi. Shubha yo‘qki, ko‘p hollarda kompyuterning afzallik-lari to‘g‘risida gapirib o‘tirishning o‘zi nojoiz. U nafaqat tala-balarni mashaqqatli mehnatdan ozod qiladi, balki ularga mehnat talab amaliy topshiriqlar bilan chiziqli dasturlashtirish hamda murakkab analitik tadqiqotlardan foydalanib shug‘ullanish imkonini beradi. Test muharrirlaridan foydalanish talabalarni mashinkada te-rishdek og‘ir ishdan xalos etib, o‘qituvchilarga berilgan mavzuni u qoniqarli darajaga yetmagunicha ko‘p marta qayta ishlashni talabadan talab qilish imkonini beradi. Uslubni bu kabi “takrorlash” kompyutersiz mumkin bo‘lmasdi.
Avvallari mashaqqatli, birin-ketin takrorlanadigan operatsi-yalarga sarflanadigan vaqt endilikda, fikr kuchlanishi va ijodiy yondashuvni talab etadigan yanada muhim. Bilimlar hajmining ortib borishi va tahlil metodlarining murakkablashishi bilan ta’lim-ni asosan ma’ruzalarni passiv tinglash hamda o‘quv matnlarini o‘qish tamoyili asosida tashkil etish tobora qiyinlashib bormoqda.
Tanqidiy fikrlash, murakkab muammolarni tushunish va hal qilish malakalari, juda katta hajmdagi dastlabki ma’lumotlarni foydali umumlashtirish, qila olish, qobiliyati bularning hammasi katta ahamiyat kasb etib, talabadan yanada faol bo‘lishni talab etadi.
Aynan, shu nuqtayi nazardan kompyuter ta’lim sohasi uchun nihoyatda keng imkoniyatlar taqdim qiladi. Axborot kommuni-katsiya texnologiya vositalari o‘quv jarayonida quyidagi eng muhim jihatlari bilan alohida ahamiyatga egadir:  differensial va individual o‘qitish jarayonini tashkil qilishi;  o‘qish jarayonini baholash, teskari aloqa bog‘lashi;  o‘zini-o‘zi nazorat qilish va tuzatib borishi;  o‘rganilayotgan fanlarni namoyish etishi va ularning dinamik jarayonini ko‘rsatishi;  fan mavzularida animatsiya, grafika, multiplikatsiya, ovoz kabi kompyuter va axborot texnologiyalardan foydalanishi;  o‘quvchi talabalarga fanni o‘zlashtirish uchun strategik ko‘nikmalar hosil qilishi va hokazo. Shuningdek, axborot kom-munikatsiya texnologiyalari vositalarining amaliy tomoni ulardan 193
o‘quv jarayonida foydalanish va kelgusida ta’lim tizimida o‘quv jarayoni uchun ma’lumotlar bazasini va virtual stendlar yaratishdek muhim vazifani amalga oshirishga zamin hozirlaydi. O‘quv tarbiya jarayonining axborot metodik ta’minotini amalga oshirishda axborot kommunikatsiya texnologiyalarning bajaradigan asosiy vazifasi ikki tomonlama muloqotni ta’minlashdir. Teskari aloqasiz, o‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi doimiy muloqotsiz o‘qitish mumkin emas. O‘qitish (mustaqil o‘qishdan farqli o‘laroq) ta’rifiga muvofiq muloqotli hisoblanadi. Ta’limning kunduzgi shaklida muloqot imkoniyati o‘quv jarayonini tashkil etish shakli, o‘qituvchi va o‘quvchining bir joyda va bir vaqtda bo‘lishini taqozo qiladi.

Yüklə 199,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə