O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti



Yüklə 199,56 Kb.
səhifə47/65
tarix28.11.2023
ölçüsü199,56 Kb.
#133387
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   65
majmua

Muammoli ta’lim metodlari Juda ko‘p didaktlar, o‘qituvchilar va metodistlar (Babanskiy, Lerner, Matyushkin, Maxmutov, Pishkalo, Okon, Fleminch, Mar-kov, Sani va boshqalar) muammoli ta’lim masalalarini quyidagi beshta asosiy metodlar sifatida farqlaydilar: 1.Tadqiqot metodi.
Bu metod, birinchidan, bilimlarni ijodiy qo‘llanishini ta’min-lashga, ikkinchidan, ilmiy bilish metodlarini izlash jarayonida maz-kur metodlarni va ularning qo‘llanishini o‘zlashtirishga qaratiladi.
Uchinchidan, ijodkorlik faoliyati xislatlarini shakllantiradi, 188
to‘rtinchidan, ana shunday faoliyatga qiziqish hamda ehtiyojni tarkib toptirishning sharti hisoblanadi. 2.Qisman izlanish yoki evristika metodi O‘quvchilarni asta-sekin muammolarni mustaqil hal qilishga yaqinlashtirish uchun ularga, avvalo, yechimning ayrim sodda qismlari, tadqiqotning ayrim bosqichlarini bajarishni o‘rgatish, ularda asta-sekin ko‘nikma hosil qilish zarur. Tadqiqot metodining birinchi variantida o‘quvchilarga ko‘rsatilgan rasmga va so‘zlab berilgan mazmunga mos savollar tuzishni tavsiya etish orqali muammolarni ko‘ra olish, aytilgan faktlardan xulosa chiqarish o‘rgatiladi. 3.Tushuntirish, namoyish etish metodi Bu metodning asosiy vazifasi o‘quvchilarning axborotni o‘zlashtirishini tashkil etishdir. Uni axborot-reseptiv metod deb ham ataladi (retsepsiya-idrok) va unda o‘qituvchi bilan o‘quvchi faoliyati davom etadi. Bu faoliyat shundan iboratki, o‘qituvchi tayyor axborotni turli vositalar bilan beradi, o‘quvchilar esa ana shu faoliyatni idrok etadilar va eslab qoladilar. O‘qituvchi axborot berishni og‘zaki so‘z (hikoya), matbuot (darsliklar, qo‘shimcha qo‘llanmalar)dagi iboralar, ko‘rsatmali qurollar va hokazolar yordamida amalga oshiradi. 4.Muammoli bayon qilish metodi.
Ushbu metodning mohiyati o‘qituvchi muammoni qo‘yib, uni o‘zi hal qilishi va yechimning ahamiyatini o‘quvchilarga tushunarli ziddiyatlar orqali ko‘rsatishdan iboratdir. 5.Reproduktiv metod O‘quvchilar ko‘nikma va malakalarni egallashi, shu bilan bir-ga, bilimlarni o‘zlashtirishning ikkinchi darajasiga erishishi uchun o‘qituvchi topshiriqlar tizimi orqali ularning o‘zlariga berilgan bilimlarni bir necha marta eslatadi. U topshiriqlar beradi, o‘quvchilar esa topshiriqlarni bajaradilar o‘xshash masalalarni yechadilar, namunaga qarab turlaydilar va tuslaydilar.
O‘qituvchining necha marta va qanday oraliqlarda takrorlashi uning qobiliyatiga, topshiriqning qiyin yoki osonligiga bog‘liq. 6.Muammoli boshlash bilan bayon qilish.189
O‘qituvchi yangi bilimlarni bayon qilishni boshlashda muammoli vaziyatni yaratsa, keyin o‘quv materialini an’anaviy, axborot usulida tushuntiradi.

Yüklə 199,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə