O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti


MAVZU: INNOVATSION PEDAGOGIKA. TA’LIM INNOVATSIYALARINING MOHIYATI, NAZARIY ASOSLARI VA TURLARI



Yüklə 199,56 Kb.
səhifə46/65
tarix28.11.2023
ölçüsü199,56 Kb.
#133387
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   65
majmua

MAVZU: INNOVATSION PEDAGOGIKA. TA’LIM INNOVATSIYALARINING MOHIYATI, NAZARIY ASOSLARI VA TURLARI.

Reja:
1. Pedagogik texnologiya tushunchasini izohlang .
2. Innovatsion jarayonning rivojlanishi haqida ma’lumot bering.
3. Muammo nima? Muammoli ta’lim deganda nimani tushunasiz.
4. Muammoli vaziyat bilan muammoli ta’limni izohlang.
5. Axborot texnologiyasi haqida fikringiz?
Innovatsion pedagogika – hozirgi davrda norasmiy fan sifatida ma’lum bo‘lgan, biroq kun sayin butun jahon soha mutaxas-sislarining e’tiboriga tushib, jadal rivojlanib borayotgan bilimlar tizimidir. Uning ta’limiy ahamiyatini tan olgan pedagoglar jamoasi, olimlar, shu boisdan ham mavjud an’anaviy pedagogikaga tanqidiy yondashmoqdalar.
Hozirgi kunlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan mazkur yangi fan haqida jiddiy fikrlar bildirilyapti, uning asosiy vazifasi hukmron bo‘lib turgan butun o‘quv tarbiya tizimi nazariyasini innovatsiya asosida qayta tashkil etib o‘zlashtirishdir.
Innovatsion pedagogika-hukmron nazariya, nazariy va amaliy muammolarni hal etishning asosi qilib olingan. Innovatorlar fikriga asosan odatiy mumtoz pedagogik nazariyalar eskirib qolgan, yangi sharoitda hozirgi avlodni bu yo‘l bilan tarbiyalash mumkin emas.
Hozirgi pedagogik fandagi vaziyat umumiy holda shundan iborat. Bu vaziyatda innovatsiya juda muhim. Pedagogika-bilimlar tizimidir. Obyektivlik, maqsadga muvofiqlik, mustahkamlik, bir-biriga zid bo‘lmaslik - uning asosiy xarakteristikalaridir. Pedago-gika tizimini har qanday ilmiy nazariya kabi tizimini tashkil etuvchi tamoyillari loyihalashtiradi, birlashtiradi va ushlab turadi ya’ni ushbu tizim asosiy bilimlarga asoslanishi asosiy holdir.
Obyektiv nazariyaning asosiy tamoyillari faqatgina ilmiy prinsip bo‘lishi shart ammo g‘oyaviy bo‘lmasligi lozim.175
Insonning aqliy rivojlanganligi va tarbiyasi haqidagi bilim darajasining talabga muvofiqligi - obyektivlikning yagona talabidir.
Ideologiya (g‘oyaviylik) - bu har doim ham u yoki bu ijtimoiy guruhlarning bir tomonlama ijtimoiy qiziqishlari bo‘lib, ular buni qimmatli yo‘l-yo‘riq va g‘oya sifatida boshqalarga majburlaydilar.
Jahon pedagogik nazariyasi tarbiyaviy jarayon sharoit bilan bog‘liq yuqorida turgan odamlarning g‘oyalari qanday bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lmasligini allaqachon e’tirof etganlar. O‘sib borayotgan avlodlar tarbiyasi juda jiddiy ish bo‘lib, uning o‘tkinchi narsalarga bog‘liq etib qo‘yish mumkin emas.
Mustabidlik davrida mamlakatimizda ko‘p vaqt insonni (sobiq) kommunistik g‘oyalar ruhida tarbiyalashga oid pedagogik ko‘rsatmalar ustun bo‘lib kelgan, uning juda ta’sirligi, turli chaqiriqlarni hayotga tatbiq etish kabi maqsadiga qaramay, uni ilmiy deb bo‘lmaydi, chunki bunday g‘oyalarni tashkil etuvchi qoidalar inson tabiati va uning rivojlanishi haqidagi tizimini faqatgina fan o‘rnatgan obyektiv asoslar va amaliyotda tasdiqlangan qoidalar yordamida rivojlantirish mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, amaliyotda yo‘l ko‘rsatuvchi pedagogik nazariyamizning asosiy kamchiliklaridan biri bilim va ta’limning ustunligini qattiq bo‘rttirib (kuchaytirib) yuborishdadir.
Insoniy, ma’naviy, mehnat tarbiyasi zarariga bilimda yodlab olish hajmi ko‘payib borishi maktab hayotida odatiy hol bo‘lib qoldi. Hozirgi tarbiya nazariyasi va u boshqarayotgan amaliyotning hamma belgilari bo‘yicha inqiroz holatda ekani ko‘rinib turibdi.
Bu holatdan chiqish uchun bo‘lgan har qanday harakat innovatsion deb hisoblanayapti va bu holda ular o‘z nomlariga mosdir. Innovatsion pedagogikani ko‘pincha an’anaviy, muqobil pedagogika deb ataydilar. Bu fikrga qo‘shilmaslik mumkin emas, hech bo‘lmaganda eng oddiy tushunchalar bo‘yicha; sinf ham, o‘qituvchi ham va dars mazmuni va darsliklar yo‘qolib ketmaydi-ku. Agarda, pedagogik tizim saqlanib qolsa, unda faqat uni mukammallashtirish haqida gapirish mumkin.
Faraz qilayotgan rivojlanish strategiyamiz “rivojlantiruvchi o‘qitish” yo‘naltirishlaridan eng avvalo o‘z intilishlarini maktabda 176
o‘qishga boshlashgacha yaxshi rivojlangan tuzilmalarni shakllantirish hamda bu harakatlarga endi paydo bo‘lib kelayotgan jarayonlarni uyg‘unlashtirib, olib borishga qaratilgan.
Strategik yo‘limiz "Butun taraqqiyotning o‘z avlodlari haqidagi g‘amxo‘rligi mantiqiga asoslangan didaktik va pedagogik tizim tuzishda amal qilishdir". Xuddi ana shuning uchun ham metodologik asos negizi sifatida, keng ma’noda tabiatni o‘rgatuvchi soha bo‘lib, xalq pedagogikasi hisoblanadi.
Bolalar qanday bo‘lib tug‘ilishi uning ota-onasidan bo‘lak hech kimga bog‘liq emas. Lekin har bir insonning yetarlicha rivojlanishi, barkamol shaxs darajasiga erishishi, o‘ziga yoqqan mashg‘ulot va hayotda o‘z o‘rnini topishi, o‘z umrini hayotiy me’yorlarga munosib o‘tkazishi-avvalo maktabga bog‘liq. Har bir bola shaxsini sevish, hurmat qilish va uning rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish lozim. Agarda tabiatni o‘rgatuvchi pedagogika moslashishni talab etmagan bo‘lsa, gumanistik pedagogika bu masalani munosabatlar markaziga qo‘yishni va bola me’yoriy darajada rivojlana olishi uchun: ... hamma ishni qilishni talab qiladi.
Gumanistik pedagogikani ko‘pincha innovatsion deb ataydilar.
Lekin uning innovatsionligi faqatgina ayrim ta’lim tizimlariga aloqador. Hozirgi zamon G‘arb mamlakatlari ta’lim tizimlari uchun esa allaqachon gumanistik yo‘nalishga o‘ta boshlagan. Ta’lim asta-sekin yangi munosabatlarga aylana boshlagan. Gumanistik pedagogikani innovatsion pedagogika deb atalganda so‘zning to‘la ma’nosida aytish mumkin: u tashqaridan "in’eksiya" talab qilmaydi, yuqori o‘quv tarbiyaviy ta’sir natijalari tizimining ichki qayta tashkil etilishi evaziga erishiladi.
Gumanizm (insonparvarlik)-insonning dunyodagi eng qimmat-li ma’naviy boyliklar yagona konsepsiyasi. Bu konsepsiyaning asosiy qoidasi shaxs qadr-qimmatini himoya qilish, uning erkinlik, baxt, rivojlanish va o‘z qobiliyatini namoyon etish huquqini tan olish, buning uchun zarur, qulay sharoitlarni yaratib berishdir.
Gumanizm - inson turmushi yagona va xususan alohida shaxs uchun ahamiyati umumiy ekanini tasdiqlovchi g‘oya va qadriyatlar yig‘indisidir. Qimmatli yo‘naltirish va ko‘rsatmalar tizimi sifatida gumanizm ijtimoiy g‘oya mazmunini oladi.177
Gumanistik pedagogika ‒ o‘quv-tarbiya jarayoni ishtirok-chisini, o‘z imkoniyati bo‘yicha rivojlantiruvchi teng huquqli, ongli, faol tarbiyalanuvchining yetishib chiqishida rol o‘ynovchi ilmiy-nazariy tizimdir.
Inson - qadr-qimmatini eng yuqori o‘ringa qo‘yilgan bizning davlatimizda insonparvarlik g‘oyalari uchun keng yo‘l ochib berdi.
Hozircha, unchalik insonparvar deb bo‘lmaydigan mamla-katimiz pedagogikasi asta-sekinlik bilan bo‘lsada, albatta bu innovatsion jarayon tomon intilib, harakatlana boshlagan.
Insonparvarlik nuqtayi nazaridan tarbiyaning asl maqsadi, har bir tarbiyalanuvchi munosabatlar, o‘zlashtirish faoliyati to‘la huquqli subyekti, mustaqil erkin shaxs bo‘lib yetishishidan iborat.
Tarbiya jarayonining insonparvarlik darajasi, ushbu jarayon shaxs o‘zini namoyon eta olishi, o‘zidagi hamma tabiiy imkoniyatlarini ochib bera olish, uning erkinlikka qobiliyati, ijodga ma’suliyatini ochib berish uchun shart-sharoit yaratib berishi bilan (belgilanadi) va baholanadi.
Insonparvarlik pedagogikasi shaxsga qaratilgandir, Uning belgilari: ma’lumotlar egallab olish va ma’lum doiradagi mahorat va ko‘nikmalar yuzaga keltirish o‘rniga texnik, jismoniy, intellektual (aqliy) rivojlanishiga diqqatning qaratilishi: erkin, mustaqil fikrlovchi va harakat qiluvchi shaxsni shakllantirishga qaratilgan kuchlarni jamlash, har qanday hayotiy va o‘quv vaziyatlarida asoslangan qarorini tanlay-qabul qila oladigan insonparvar fuqaro bo‘lib yetishishi: o‘quv-tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli qayta yo‘naltirishga erishish uchun kerakli tashkiliy shart-sharoitlar bilan ta’minlash.
O‘quv-tarbiya jarayonini insonparvarlashtirishni avtoritar pedagogikadan uning shaxsga pedagogik bosimdan voz kechib, o‘quvchi va pedagog o‘rtasida haqiqiy insoniy munosabatlar o‘rnatish o‘quvchi faoliyati va shaxsiy erkinligiga asosiy ahamiyat kasb etuvchi shaxsga qaratilgan pedagogikaga o‘tish deb tushunish kerak.
Bu jarayonni insonparvarlashtirish shunday sharoit yaratish deganiki, bunda o‘quvchi ilm olmasligi, imkoniyatlaridan past darajada olmasligi mumkin emas, tarbiyaviy ishlarga befarq yoki 178
muddatli o‘tib boruvchi hayotda kuzatuvchi bo‘lib qolishi mumkin emas. Gumanistik (insonparvar) pedagogika maktabni o‘quvchiga moslashuvi, qulay sharoit va «psixologik himoya» bilan ta’minlashni talab qiladi.
Insonparvarlik maktabi amaliyotini innovatsion faoliyatining aniq shakl va uslublarini ishlab chiqish.
Ulardan ba’zilari: 1. O‘quv-tarbiya faoliyatini defferentsiyalash. 2. O‘quv ta’lim jarayonlarini har bir shaxs xislatiga qarab muvofiqlashtirish. 3. Har bir tarbiyalanuvchini va qiziqishini rivojlantirish uchun kerakli sharoitlarni yaratib berish. 4. Gotogen sinflar va shunga o‘xshashlarni tashkil etish. 5. O‘quv - tarbiya faoliyatining qulayligi. 6. Psixologik xavfsizlik, o‘quvchilarni himoyalash. 7. O‘quvchiga, uning kuchi va imkoniyatlariga ishonish. 8. O‘quvchini qanday bo‘lsa shunday qabul qilish. 9. Ta’lim-tarbiya muvaffaqiyatini ta’minlash. 10. Maktab maqsad yo‘nalishini o‘zgartirish. 11. Har bir o‘quvchi rivojlanish darajasining asoslanishi. 12. Sirtqi ta’limni (ekstronat) «o‘quvchi bilan ma’naviy aloqasi yo‘q» ta’minlanmasligi sababli to‘xtatish, yo‘qotish. 13. O‘qituvchi shaxsiy ichki yo‘l-yo‘riq ko‘rsatmalarini qayta yo‘naltirish. 14. Insonparvarlik ta’limini kuchaytirish.
Insonparvarlik pedagogikasini statistik baholash juda qiyin.
Ammo shu narsa aniqlanganki, autentingligi, empatiya va so‘zsiz ma’qullash o‘quvchilar rivojlanishi bilan moslashib, bog‘lanib ketishi va intizom, maktabga salbiy munosabat kabi muammolar bilan yomon moslashuvi aniqlangan. 3.Innovatsion jarayonning rivojlanishida umumiy yo‘nalish Innovatika muammolariga murojaat etish va ularni muhim zamonaviy ilmiy fikrlash yo‘nalishlariga qo‘shish, jamiyatda 179
innovatsion jarayonlar dinamikasi o‘sib borayotganini tushunish natijasi bo‘ldi.
Bizning adabiyotlarimizda innovatsiya muammolari ko‘p vaqtgacha iqtisodiy tadqiqotlar tizimida o‘rganib kelindi.
Ammo vaqt o‘tishi bilan jamiyat hayoti faoliyatining hamma sohalarida innovatsion o‘zgarishlar sifat xarakteristikalarini baho-lash muammosi yuzaga keladi, ammo bu o‘zgarishlarni faqatgina iqtisodiy nazariyalar bilan aniqlab bo‘lmaydi. Innovatsion jarayon-larni o‘rganish uchun boshqa yo‘llar zarur, unda innovatsion tahlil faqatgina. Fan va texnika erishgan zamonaviy yutuqlaridan foydalanishnigina o‘z ichiga olmay, balki boshqarish, ta’lim, huquq va boshqa sohalarni ham qamrab oladi. Innovatsion pedagogik muammolarini yechilishini izlash ta’lim sohasida innovatsion jarayonlar borishi xususiyatlari, mazmuni, tarkibi va klassifi-katsiyasini tekshirish natijalarini tahlil (analiz) qilish bilan bogliq. “Innovatsiya” tushunchasi birinchi marta XIX asrda madani-yatshunoslar o‘rganishlarida paydo bo‘ldi va bir madaniyat elementlarini boshqasiga joriy qilish ma’nosini bildirgan. Uning bu ma’nosi hozirgacha etaografiyada saqlanib qolgan. XX asr boshlarida yangi bilim sohasi-yangiliklarni kiritish, qo‘llash yuzaga keldi. U mahsulot ishlab chiqarish sohasida texnik yangiliklarni kiritish qonuniyatlarini o‘rgana boshladi. Yangiliklarni kiritish haqidagi fan - innovatika -firmalarning yangi reja, xizmatlarni ishlab chiqish va tatbiq etish faoliyatiga talabalari keskin oshib borishi aks ettirilgan holda paydo bo‘ldi. 30 yillarda AQShda “firma innovatsion siyosati”, “innovatsion jarayon” atamalari paydo bo‘ldi. 60-70 yillarda g‘arbda firmalar va boshqa korxonalar amalga oshirilayotgan yangiliklarni empirik tekshirishlar keng quloch yoyadi. Shu bilan birga diqqat ikki asosiy tekshirishlar sohasiga qaratiladi, ularning har birida o‘z nazariy -metodologik madaniyati ustun turadi.
Firma yangiliklarni kiritish tashabbuskori va yaratuvchisi sifatida bo‘lib, uning yangiliklarni kiritishga “sezuvchanligini”, “ta’sirchanligini” va bu ta’sirchanlik bogliqligi boshqarishning tuzilishi va uslublari bilan bog‘liqdir. Tekshirishlar dasturi sifatida “qaror qabul qilish jarayoni” konsepsiyasi hisoblanib, bunda 180
alternativalarni tanlash va analiz qilish qabul qilingan qarorlarni ketma-ket bosqichlar bilan amalga oshirishga o‘tiladi.
Marketing yoki firmaning bozorga yangilik kiritishga, tavakkalchilik omillari, kiritilayotgan yangiliklar muvaffaqiyatini oldindan bilish metodlari, alohida bosqichlar samaradorligi iqtisodiy ko‘rsatkichlari va yangilik kiritish umumiyligiga: ustun turuvchi tekshirishlar paradigmasi bo‘lib, ochiq tizim va o‘yin sifat yondashuvi nazariyasi hisoblanadi, unda firmalar bozor bilan o‘z muhitlari sifatida o‘zaro munosabatda bo‘lib va u yerda innovatsion jarayonning yakunlovchi bosqich ko‘pgina subyektlar o‘zaro bog‘liqligi natijasi bo‘lib qoladi, bu subyetklarning har biri o‘z manfaatiga qarab ish olib boradi va o‘z sheriklari harakatlarini ehtimolini hisobga oladi.
Bu ikki sohada yangiliklarni kiritishni amaliy tekshirishlar bir qator fanlar nazariy yangiliklaridan foydalanadilar. Ular turmush va mehnat texnik vositalari rivojlanishi qonuniyatlariga murojaat etib, o‘rganilayotgan texnika tarixi, texnik va ijtimoiy o‘zgarishlar o‘zaro bog‘liqligini o‘rganadilar: yangiliklarni kiritishni boshqarish amaliyotiga yangi g‘oyalarni rag‘batlantiruvchi omillar va uslublar haqidagi sotsiolog va ijtimoiy psixologlar xulosalarini, innovatsion yangilik kirituvchilar va boshqa ishtirokchilar xislatlari haqidagi mulohazalarini faol tatbiq etadilar.
Olimlar yangiliklar kirtishni tekshirish uch bosqichga ajratadilar.
Birinchi bosqich yangiliklar muvaffaqiyatiga yordam beruvchi yoki to‘sqinlik qiluvchi omillarni o‘rganish va turli xil yangiliklar ko‘pgina empirik ma’lumotlarni analiz qilish bilan bog‘liq.
Ikkinchi bosqich yangilik kiritish jarayonining o‘zini, ularni bir soha muhitida ikkinchi sohaga olib o‘tish mexanizmini hisobga olish bilan birgalikda o‘rganish deb qaraydilar.
Uchinchi bosqichda tadqiqotchi diqqati turli xil innovatsion vaziyatlarni analiz qilish, tavakkalchilikni baholash metodlarini ishlab chiqish, yangiliklarni kiritish sohasida tavsiyanomalar yuzaga keltirishga qaratiladi. Bu bosqichda innovatsion siyosat davlat faoliyati bo‘lib qoladi.181
Pedagogik innovatsion jarayonlarni G‘arbda 50 yillar oxirla-ridan boshlab bizning mamlakatimizda keyingi 10 yillikdan boshlab olimlar maxsus o‘rgana boshladilar.
Jahon pedagogik jamoatchiligining qiziqishi maxsus innovatsion xizmat, nashriyot, jurnallar innovatsion maqolalar ko‘rinishida bo‘lyapti. Xususan YUNESKO qoshida ta’limni rivojlantirish Osiyo pedagogik innovatsiyalar markazi mavjud bo‘lib, dunyodagi turli mamlakatlardagi pedagogik yangiliklarni umumlashtirib, ta’lim masalalari bo‘yicha xalqaro byuro bilan birgalikda pedagogik jamoatchilikka maxsus nashrlarda ular haqida ma’lumotlar tarqatadi.
Bizning mamlakatimizda pedagogik innovatsiyaning rivojla-nishi keng jamoatchi-pedagoglar harakati maktabning tez rivojla-nishiga bo‘lgan talab va uni pedagoglar amalga oshira bilmasliklari o‘rtasidagi yuzaga kelgan qarama-qarshiliklar bilan bog‘liq.
Yangiliklarni qo‘llash umumiyligi kengaydi. Shu sababli yangi bilimlarga bo‘lgan talab, yangi “yangilik”, “yangi innovatsiya”, “innovatsion jarayon” tushunchalarini anglash talabi keskinlashdi. “Innovatsiya” so‘zi ingliz tilidan kelib chiqqan, uning tarji-masi “yangilanish”, “o‘zgartirish”, “yangilik kiritish” degan ma’noni bildiradi.
Innovatsion jarayonning mikrostrukturasini o‘rganib olishlar yangilik kiritishning “hayotiy sikli, (davri)” konsepsiyasini alohida ko‘rsatdilar, u yangilik kiritish vaqt davomida o‘tab boradigan jara-yon degan fikrdan kelib chiqadi. Bu jarayonda yangilikni yaratilishi va ijro etilishini ta’minlovchi faoliyatlarni turlarga ajratuvchi bos-qichlarga bo‘linadi. Shu davrga kelib ilmiy adabiyotlarda quyidagi innovatsion jarayonni bosqichlarga ajratish sxemasi mavjud: 1. Yangi g‘oya paydo bo‘lishi yoki yangilik konsepsiyasi yuzaga kelish bosqichi; uni shartli ravishda fundamental va amaliy-ilmiy tekshirishlar (yoki birdan paydo bo‘ladigan) natijalaridan kelib chiqadigan yangilik bosqichi deb ataydilar. 2. Kashf etish vaqti, ya’ni amalga oshgan obyekt, moddiy yoki ma’naviy mahsulot na’muna ko‘rinishidagi yangilik yaratish. 3. Yaratilgan yangilikka amaliy ko‘payish topilib uni qo‘shimcha ishlab mukammallashtirish amalga oshiriladi; bu bosqich yangilik kiritishdan mustahkam samaradorlikka erishish bilan yakunlanadi. 182
Shundan so‘ng yangilikning mustaqil mavjudligi boshlanib, yangilik kiritish jarayoni keyingi bosqichga o‘tadi, bu bosqich faqatgina yangilikni qabul qilish shartidagina amalga oshadi. Yangilikdan foydalanish davrida keyingi bosqichlar ko‘rinadi. 4. Yangilikning tarqalishi uning yangi sohalarga diffuziyalanib (qo‘shilib) keng tatbiq etilishidan iborat. 5. Yangilikning biror sohada hukmron bo‘lishi, bunda xususan yangilik o‘z yangiligini yo‘qotib, yangilik sifatida mavjud bo‘lmay qoladi.
Bu bosqich yangi samarali yangilik paydo bo‘lishi yoki uning yanada samarasi bilan almashishi bilan yakunlanadi. 6. Yangilik qo‘llanilishi doirasi qisqarib uning yangi mah-suldori bilan almashadi. Yuqorida keltirilgan innovatsion jara-yonning bir-birini vaqt bosqichida ketma-ket almashtirib, mun-tazam tizim uning real rivojlanib borishining soddalashtirilgan sxemasini ifodalaydi. Biror aniq innovatsion jarayon bu bos-qichlarni o‘z ichiga olib, ular ketma-ketligi va bog‘liqligiga so‘zsiz rioya qilishi shart emas. Yangilik kiritishni yangilikni yaratish va tarqatish kompleks va maqsadga muvofiq jarayoni sifatida qarab, uniig maqsadi inson talab va ehtiyojlarini yangi vositalar bilan qondirish bo‘lib, bu samaradorligi, muntazam va hayotiyligini ta’minlovchi uslub va tizimlarni ma’lum sifatli o‘zgarishiga olib keladi. Innovatsion jarayon boshqa sifatli holatga o‘tish, eskirib qolgan qoida, vaziyat va ahamiyatlarni qayta ko‘rib chiqish bilan bog‘liq bo‘ladi. Bir darajali qator yangiliklar (yig‘indisi) umumiyligi innovatsion yaxlitligini tashkil etadi. Yangilik kiritish ichki mantiq va yo‘nalishlarga ega bo‘lib, u yangilik g‘oyasi (fikrni) tug‘ilishidan to uning foydalanila boshlanishigacha bo‘lgan harakterlarni rivojlantirish ham innovatsion jarayon ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabat mantig‘ini ifodalaydi. Shu tariqa yangilik kiritish dinamik tizim bo‘lib, ichki mantiq kabi vaqt davomida qonuniy rivojlanishi, uning atrof muhit bilan o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi. Innovatsion jarayoni tuzilishi yangilikning bir bosqichidan ikkinchi bosqichiga o‘tib borishi bilan o‘zgarib boradi.
Shu bilan birga yangilikning dinamik xususiyatlaridan uning natija-yakuni va samarasi bog‘liq bo‘ladi. Yangilikning yakunlaganligi 183
yoki uning imkoniyatlari amalga oshirilganlik darajasi innovatsion jarayonning hamma bosqichlari qanchalik muvaffaqiyatli o‘tib borishiga bog‘liq bo‘ladi. Oddiy ishlab chiqarishdan kengay-tirilganiga o‘tish keskin vaziyat hisoblanadi, bu o‘tish amaliyotda ko‘p hollarda amalga oshirilmaydi, bu hol qaysi bir yangilikning yakunlanmasligiga sabab bo‘lib, ko‘pgina innovatsion muammolar mavjudligini yuzaga keltiradi.
Yangilikning yakunlanganligidan uning samaradorligini belgi-lash kerak, ya’ni innovatsion jarayon amalga oshirilayotgan tizim, turli ko‘rsatkichlarga yangilikning amalga oshirilgan imkoniyatlari ta’sirini aniqlash mumkin, shu bilan birga ularning o‘zaro bog‘liqligi yaqqol ko‘rinadi. “Innovatsion” terminiga yaqin bo‘lgan tushunchalar “o‘zga-rish”, “mukammallashtirish”, “isloh qilish” tushunchalari hisobla-nadi. Ammo ular o‘rtasida ma’lum fikrlar ham mavjud. Yangilik-pedagogik tekshirishlarni baholash asosiy o‘lchovlaridan biri bo‘lib, u iqtisodiy jarayonning asosiy natijasi, bu har qanday yangilik kiritishning mustaqil qimmati va xususiyatidir. “Yangi” tushuncha innovatsion pedagogikada markaziy tushunchalardan biri hisoblanadi. Agarda birinchi – “birinchi yaratilgan” - ta’rifi ilgari umuman ma’lum bo‘lmagan biror narsa haqida tasavvur bersa, keyingi yaqindan beri va ayniqsa “yangitdan ochilgan” -ta’riflar esa yangilikda qandaydir darajada “eskilik” elementi, nimadir, ilgari bo‘lgan biror narsa borligini ifodalaydi. Shu tariqa yangilikning ikki turi haqida gapirish mumkin. 1. Birinchi marta yaratilgan yangilik. Bu yangilik ixtiroga teng, ya’ni yana o‘rnatilgan yangi haqiqat demakdir. 2. Avvalgi mavjud bo‘lgan nazariyani yanada takomillashtirib, zamonaga moslashtirishdan iborat.

Yüklə 199,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə