O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti


Pedagogik texnikani egallash yo‘llari



Yüklə 199,56 Kb.
səhifə42/65
tarix28.11.2023
ölçüsü199,56 Kb.
#133387
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   65
majmua

6. Pedagogik texnikani egallash yo‘llari Pedagogik texnikani egallash uchun avvalo, o‘qituvchi o‘z fanini, o‘qitadigan predmetini, pedagogika, psixologiya fanlarini davr taraqqiyoti darajasida bilishi, kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini tarbiyalay oladigan bo‘lishi zarur. Chunki pedagogik texnika individual kasbiy xususiyatga ega. Birinchidan har bir o‘qituvchi, har bir tarbiyachi o‘zining kasbiy yo‘nalishiga ega. Bu yo‘nalish o‘qituvchini mustaqil fikr yuritish, mustaqil ijod qila olish orqali qo‘lga kiritiladi va mohir o‘qituvchiga xos fazilatlarni tarbiyalaydi.
Ikkinchidan pedagogik texnikani tashkiliy– metodik mala-kalarni egallashga bog‘liq. Bu malakalar zarur bilimlar bo‘yicha ma’ruzalarni tinglash, maxsus adabiyotlarni o‘qish orqali qo‘lga kiritiladi. Tashkiliy-metodik malakalar aytilgan yo‘l – yo‘riqlar, 457
ko‘rsatmalarni o‘zining individual kasbiy tajribasida sinab ko‘nikma hosil qilinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tashkiliy-metodik malakalarning individual xususiyatlari, jamoa va guruh bo‘lib ishlash, o‘qish, faoliyat ko‘rsatish asosida qurilgani ma’qul.
Chunki guruh yoki jamoa bo‘lib o‘qish, ishlash har bir pedagogga o‘zini boshqalar ko‘zi bilan ko‘rishni, faoliyatidagi nuqsonlarni seza bilishni, muomala va hulq-atvorning yangi shakllarni izlab topish va sinash imkonini beradi. Bu esa o‘z-o‘zini bilish, o‘z-o‘zini tarbiyalash uchun asos bo‘ladi va pedagogik vazifalarning yangi usullarini tekshirib ko‘rish, nazariy masalalarini hal qilish uchun tajriba maydoni bo‘lib qoladi. Demak, tashkiliy-metodik malakalarni egallashda guruh, jamoa faoliyati, mashg‘ulotlari pedagogik texnika asoslarini egallash imkonini beradi.
Uchunchidan pedagogik texnikani egallagan-har bir pedagog individual dasturini ishlab chiqmog‘i lozim. Bunday dasturni tuzishdan oldin pedagogik texnika malakalarini shakllangan-ligining boshlang‘ich darajasini aniqlab olish zarur. Ya’ni pedagog-ning dastlabki o‘quv-tarbiya ishlaridagi natija, nutq madaniyatining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri qo‘yilishi, mimik va pantomimik aniqliklar va hokazo. Bunda natija yaxshi bo‘lsa, kelajakda pedagogik texnikani egallash ancha oson bo‘ladi. Chunki ushbu ko‘nikma va malakalarni rivojlantiradi. Individual dastur pedagogik texnika malakalarining yetishmaydiganini to‘ldirish uchun xizmat qiladi.
Bu dastur ma’lum mashqlar yoki mashqlar majmuini o‘z ichiga oladi. Shuni ham unutmaslik lozimki, pedagogik jarayonda pedagogning umumiy madaniyati, ma’naviy va estetik dunyo-qarashi muhim o‘rin tutadi. Agar o‘qituvchining nutqi qashshoq, so‘zlarni talaffuz qilish qobiliyatli past, estetik jihatdan omil, bo‘lar-bo‘lmasga hissiyotiga erk beradigan bo‘lsa tarbiyalanuv-chilarning e’tiqodiga, aql-idrokiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Demak, o‘qituvchi o‘zidagi ana shu nuqsonlarni qayta tarbiyalashi lozim ekan. Bu pedagogik texnikani egallashning to‘rtinchi yo‘lidir.
Shunday qilib, pedagogik texnika, uning malakalari, egallash yo‘llari to‘g‘risida bildirgan fikrlarga e’tibor bermaslik, pedagogik faoliyat jarayonida ularning roliga yetarli baho bermaslik, shuningdek pedagogik texnika malakalarini tanqidiy, har bir 458
pedagogning individual xususiyatlarini hisobga olmay ish yuritish pedagogik mahoratni egallashga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va o‘quv-tarbiya ishidagi nuqsonlarning ko‘payishiga olib keladi. Pedagogik texnikani egallashning asosiy yo‘llari o‘qituvchi rahbarligidagi mashg‘ulotlar (pedagogik texnikani o‘rganish) va mustaqil ishlash (kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini tarbiyalash) dir. Pedagogik texnika malakalarining individual – kasbiy tusda ekanligini hisobga olib, pedagogik texnikani egallashda va uni takomillashtirishda kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini tarbiyalash, ya’ni mohir o‘qituvchi kasbiy fazilatlarini va kasbiy malakalarini shakllantirishga qaratilgan faoliyat yetakchi ro‘l o‘ynaydi, deb aytish mumkin. Tashkiliy – metodik jihatdan pedagogik texnika mashg‘ulotlari individual, guruhiy yoki ketma-ketlikda o‘tkazilishi mumkin. Pedagogik texnika malakalarini shakllantirishda guruhiy ish olib borish alohida rol o‘ynaydi. Pedagogik texnika mashg‘ulotlarining bu shaklini ancha batafsilroq ochib berish maqsadga muvofiqdir, chunki u hozirga qadar o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan o‘quv va metodik adabiyotlarda lozim darajada ko‘rsatib berilmagan. Xuddi shunday ishda pedagog oldida o‘zini boshqa kishilar ko‘zi bilan ko‘rish, hulq-atvor va muomalaning yangi shakllarini izlash va sinab ko‘rish, o‘zining odamlar bilan birga qiladigan ishi xususiyatlarini anglash va kasbiy faoliyatining individual uslubini ongli ravishda shakllantirish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Psixologlarning pedagogik texnikani guruh bo‘lib o‘rgatish rahbarlarining tajriba ishida bunday guruhlarning eng qulay miqdori 10–14 kishidan iborat bo‘lishi belgilab berilgan.
Qatnashchilarning xuddi shunday miqdori ulardan har biriga boshqa kishilar bilan birga ishlashning individual psixologik muammolarini juda to‘liq ravishda aniqlab, hal etish, refleksiya va empatiya darajasini jiddiy oshirish, pedagogik fahm – farosatni rivojlantirish, boshqalarga ta’sir etish vositalarini kengaytirish imkonini beradi. Shu narsa muhimki, guruh qatnashchilari, bo‘lajak pedagoglar kasbiy jihatdan birga ishlash malakalarini egallashga faol intilishlari, o‘z-o‘zini bilish va kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini tarbiyalash bo‘yicha chuqur ish olib borishga, psixologik jihatdan tayyor bo‘lishlari kerak. Barcha hollarda ham individual, ham 459
guruhiy mashg‘ulotlar boshlanishidan oldin pedagogik texnikani egallashning individual dasturi tuzib chiqilishi lozim. Biroq, tajribaning ko‘rsatishicha, odatda, mazkur bosqichda faqat malakalar haqidagina emas, shu bilan birga dastlab avtomat-lashtirilgan (ta’limni boshlash vaqtiga kelib) ko‘nikmalar haqida ham borishi mumkin ekan. Bular, masalan, nafas olish va ovozning tabiiy yo‘lga qo‘yilishi, to‘g‘ri talaffuz, bundan oldingi tarbiyaning natijasi bo‘lgan savodli, ifodali nutq, mimik va pantomimik aniqlik va boshqalar bo‘lishi mumkin. Bunday ko‘nikmalarning mavjudligi pedagogik texnika malakalarini shakllantirishni ancha osonlashtiradi. Shunga qaramasdan barcha hollarda ana shu ko‘nikmalarni tegishli malakalar tarkibiga kiritish yuzasidan muayyan ish olib borilishi zarur. Pedagogik texnika malakalarini shakllantirishning boshlang‘ich darajasiga qarab uni egallashning individual dasturi yetishmaydigan malakalarni shakllantirishga qaratilgan ayrim mashqlarni yoki mashqlarning to‘liq majmuini o‘z ichiga oladi.

Yüklə 199,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə