O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti



Yüklə 199,56 Kb.
səhifə41/65
tarix28.11.2023
ölçüsü199,56 Kb.
#133387
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   65
majmua

Pantomimikabu gavda, qo‘l, oyoq harakatidir. O‘qituvchi darsda o‘quvchi ma’lumotlarini bayon qilar ekan, gavda holati orqali ma’lumotlarning obrazini chiza olsa, o‘quvchilar bundan zavqlanadilar, ichki his-tuyg‘ulari, tashqi hissiyotlari bilan qo‘shilib butun borliq materiallar mazmunini o‘zlashtirishga qaratiladi. Gavdani rost tutib yura bilish, fikrlarini aniq va to‘liq bayon qila turib qo‘l, boshni turli harakatlarda ifodalash o‘qituvchining o‘z bilimiga, kuchiga ishonchini bildiradi. Shuning 455
uchun o‘qituvchi o‘quvchilar oldida o‘zini tuta bilish holatini tarbiyalash lozim (oyoqlari 12-15 sm. kenglikda, bir oyoq sal oldinga surilgan holda turish). O‘qituvchining harakatlari ma’noli, ortiqcha harakatlardan holi bo‘lmog‘i darkor.
Masalan: keraksiz hollarda qo‘llari bilan imo – ishoralar qilish, boshini uyoq – buyoqqa tashlash va h.k. Bunday holatlar o‘quvchilarning g‘ashini keltiradi va o‘quvchi predmetiga, o‘qituvchiga nisbatan hurmatsizlik his-tuyg‘ularini uyg‘otadi.
O‘qituvchi sinfda yurgan paytida faqat oldin va orqaga yurishi tav-siya qilinadi. U yondan, bu yonga yurish o‘quvchilar fikrini bo‘ladi.
Old tomonga yurayotganida o‘qituvchi muhim voqealarni bayon qilishi lozim, chunki bunda o‘quvchilar o‘qituvchini butun diq-qatlari bilan eshitayotgan bo‘ladilar. Orqa tomonga qarab yurayot-ganda uncha ahamiyatga molik bo‘lmagan fikrlar aytilsa ham bo‘-ladi.Chunki bu vaqtda o‘quvchilar bir oz erkin holatda bo‘ladilar.
O‘qituvchining o‘z xatti-harakatini idora qilishi tizimida o‘z hissiy (psixik) holatini boshqara olishi muhim ahamiyatga ega.O‘qituvchi ta’sir ko‘rsatish vaqtida (darsda, darsdan tashqari mashg‘ulotlar paytida, tarbiyaviy ishlar jarayonida) o‘z hissiyotini boshqara olishi, jiddiy bo‘lishi, umidbaxshlik, xayrxohlik kayfiyatda bo‘la olish qobiliyatlarga ega bo‘lishi zarur. Bir adib aytganidek, “Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq, jahldor bo‘lishni bilishi lozim, u o‘zini shunday tutishi kerakki, uning har bir harakati tarbiyalasin” va o‘qitsin. Bunday malakaga ega bo‘lgan pedagog o‘z-o‘zini nazorat qila oladi, ko‘p yillik faoliyati davomida sog‘lom asab tizimini o‘zida tarbiyalab asabiylashishdan, hissiy va aqliy zo‘riqishlardan o‘zini saqlay oladi. O‘z xatti-harakatini, hissiy holatini nazorat qilishda pedagog o‘zida quyidagilarni shakllantirishi lozim:  o‘z xulqini nazorat qilish, (muskul zo‘riqishini, harakati, nutq tempi, nafas olishini tartibga solish):  faoliyatni dam oldirish, ya’ni lirik, musiqaviy, yumoristik, jismoniy pauzalarni yaratish:  o‘z-o‘ziga salbiy ta’sir ko‘rsatish va hokazo.
O‘qitish samaradorligini oshirish va ijobiy tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish uchun o‘qituvchi aktyorlik va rejissyorlik malakalariga 456
ham ega bo‘lishi lozim. Ma’lum mavzular, obrazlar, tarixiy qahramonlarni xarakterlayotganda aktyorlik, o‘quvchilarda ushbu xususiyatlarni tarbiyalashda esa rejissyorlik malakalari zarur.
Yuqorida qayd qilib o‘tilgan kasbkorlik malakalari o‘qituvchining o‘quv va maxsus fanlar bo‘yicha bilimlari, pedagogik mahoratni egallashga intilish, o‘z kasbiga qiziqish va burch, hamda ma’suliyatni his qilish asosida egallanadi. Va ular yoshlarni o‘qitish, tarbiyalash, tashkil qilish, targ‘ibot qilish, mustaqil bilim olish ishlariga yordam beradi. Masalan, nutq texnikasini, his – tuyg‘u, mimik, pantomimik malakalari bilan qo‘shib olganda amalga oshirish bunda so‘z, gap ohangi, qarash, imo – ishora bilan, kutilmagan pedagogik vaziyatda osoyishtalik bilan aniq fikr yuritish, tahlil qilish qobiliyatiga asoslansa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu xususiyatlar pedagogning individual psixik fiziologik fazilatlari asosida tarkib topadi. Individual pedagogik texnika o‘qituvchining yoshi, jinsi, mijozi, fe’l – atvori, sihat – salomatligi va anatomik – fiziologik xususiyatiga bog‘liqdir. Shunday qilib, o‘qituvchi – tarbiyachi o‘zida yuqoridagi malakalarni tarbiyalasa, ularning mazmunini chuqur o‘zlashtirsa pedagogik texnikani egallashning imkoni bo‘ladi va u o‘qituvchini pedagogik mahorat sari yetaklaydi.

Yüklə 199,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə