O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti


Pedagogik munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish uchun o‘qituvchi



Yüklə 199,56 Kb.
səhifə38/65
tarix28.11.2023
ölçüsü199,56 Kb.
#133387
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   65
majmua

Pedagogik munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish uchun o‘qituvchi:  o‘quvchilar bilan bo‘lajak munosabatni modellashtira olishi;  munosabatda bo‘ladigan sinf jamoasi xususiyatlarini oldindan bilishi;  bevosita samimiy va hamjihatlikka asoslangan munosabat o‘rnatish;  munosabatda ustunlikka ega bo‘lib, uni demokratik talablar asosida oqilona boshqarish;  munosabatning ijobiy va salbiy jihatlarini uzluksiz tahlil etib borishi lozim.
Ijtimoiy – psixologik tekshiruvchilar pedagogik muloqot malakasida ikkita asosiy kommunikativ ta’sir etish turlarini ajrata-dilar: ishonch hosil qilish va ishontirish. Pedagogning har bir hara-kati tarbiyalanuvchining munosabatlari, fikrlari, hissiyotlari, faoli-yatlarini shakllantirishga, ya'ni ularning psixikasi va xulqiga har tomonlama ta’sir etishga qaratiladi. Lekin ishonch hosil qilish va ishontirishning psixologik jarayoni turlichadir. Ta’sir etishning har bir yo‘li o‘z spetsifik xarakteriga ega. Ishonch hosil qilish yangi qa-rashlar, munosabatlarni shakllantiradi, noto‘g‘ri qarashlar va muno-sabatlarni o‘zgartiradi. Ishonch hosil qilish shakllariga: disputlar, diskussiya, suhbat, o‘qituvchi himoyasi, shaxsiy namuna kiradi.
Ishonch hosil qilishda o‘zaro ta’sir qilish metodi sifatida maksimal ta’sirli bo‘lishi uchun, u bir qancha shartlarga rioya qilish kerak: ishonchning mazmuni va shakli bolalarning yosh xususi-yatlariga mosligi; ishonch hosil qilish tarbiyalanuvchining shaxsiy dunyoqa-rashiga mosligi; tarbiyachi bolalarda ishonch hosil qilishda avvalo o‘zi shu narsaga nisbatan ishonch hosil qilishi.
Ishonch hosil qilishning natijasi o‘qituvchining so‘zlari va harakatlariga ham bog‘liq. Tarbiyachining so‘zi va harakatlari 450
bir-biriga mos tushishi kerak. Masalan, tarbiyachi jahl ustida bolaga qattiq jazo berishini aytadi, lekin esidan chiqib ketadi. Yoki biror nima va’da qilib, o‘z so‘zining ustida turmaydi. Bolalar bunday pedagogning so‘zlariga ahamiyat bermay qo‘yadilar.
Yanayam yomoni, agar o‘qituvchi balandparvoz, to‘g‘ri so‘zlarni gapirsa – yu, lekin kundalik hayotida bunga amal qilmasa bunday o‘qituvchilar jamiyatga zarar yetkazadilar. Ishontirishning yuqori effekti o‘quvchilarning olgan bilimlarining mustahkamlaydigan mashqlari (ruhini tetiklash, to‘g‘ri xulq hosil qilish) orqali hosil bo‘ladi. Ishontirishning usulini boshqatdan tarbiyalash, ya'ni qarash va muomalarni hosil qilish maqsadida qo‘llash mumkin. Isbotlash shaxs dunyoqrashining yetakchi struktura elementi bo‘lib, ishontirishning o‘zagi bo‘lgan bilimlar hisoblanadi. Isbot orqali bilim egallayotgan o‘quvchida unga to‘g‘ri kelmaydigan hamma ishontirishni qattiqqo‘llik, isbotlash yo‘li bilan qaytara olish qobiliyati rivojlanadi. Pedagogik ta’sir qilish usuli bo‘lgan ishontirish bilan birga pedagogik jarayonda ta’sir etish ham o‘ziga xos o‘rniga ega. Ta’sir etish – odamlarning ish va muomala jarayonida bog‘liqlikni belgilaydigan vositalarning biri. Uning asosiy o‘ziga xosligi shundaki, u odamning psixikasiga va xarakteriga o‘zi bilmagan holda ta’sir qiladi, shaxsning psixika strukturasiga nazoratsiz holatda kirib, kundalik ishi, xarakterida ko‘rinadi.

Yüklə 199,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə