O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti



Yüklə 199,56 Kb.
səhifə40/65
tarix28.11.2023
ölçüsü199,56 Kb.
#133387
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   65
majmua

5. Pedagogik texnika Hozirgi zamon pedagogika fani o‘qituvchining pedagogik mahorat tizimida pedagogik texnikaning ro‘li beqiyos deb biladi.
Chunki u o‘qituvchiga o‘z gavdasini tuta bilish (mimika, pontamimika) his-tuyg‘ularini (emotsiyasini) boshqara olish, ishtiyoq, qobiliyatlar, nutq texnikasini egallash va ularni o‘quv faoliyatida, o‘qishdan tashqari ishlar jarayonida qo‘llash yo‘llarini tushuntiradi.
O‘qituvchining pedagogik texnikasi tizimida mimik, panto-mimik ifodalar ham muhim o‘rin tutadi. Pedagogning mimik va pantomimik ifodasi, o‘qituvchining imo-ishorasida, ma’noli qarashlarida, rag‘batlantiruvchi yoki istehzoli tabassumida namoyon bo‘ladi va ular o‘qituvchi, tarbiyachining pedagogik ta’sir 454
ko‘rsatishida, o‘quvchi mashg‘ulotlarini samarali va mazmunli o‘tishi uchun puxta zamin yaratib beradi.
Mimika bu - o‘z fikrlari, kayfiyati,holati, hissiyotini yuz muskullarining harakati bilan bayon qilish san’atidir. Ba’zan yuzning va nigohning ifodasi o‘quvchilarga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Mimik harakatlar, ifodalar ma’lumotlarning hissiy ahamiyatini kuchaytirib, ularni chuqur o‘zlashtirish imkonini beradi.
O‘quvchilar o‘qituvchiga qarab uning kayfiyatini, munosabatini “ o‘qib” oladilar. Shuning uchun uydagi ba’zi noxushliklar o‘quvchi mashg‘ulotlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatmasligi kerak. Yuz ifodasida, mimik belgilarida faqat dars mashg‘ulotlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatmasligi kerak. Yuz ifodasida, mimik belgilarga faqat dars mashg‘ulotlariga xos bo‘lgan, o‘quvchi tarbiya topshiriqlarini yechishga yordam bera oladigan ko‘rinishlarni ifodalashi lozim.
Yuz ifodasi, nutq, munosabat xarakteriga mos bo‘lishi kerak.U ishonch, ma’qullash, ta’qiqlash, norozilik, quvonch, faxrlanish, qiziquvchanlik, befarqlik, ikkilanish kabi xususiyatlarni ifodalashi mumkin. Mimik ifodaning asosiy detali sifatida qosh, ko‘z, yuz ko‘rinishi ishtirok etadi. Ko‘z, qosh, yuz o‘quvchilar javobidan qoniqish, xursand bo‘lish, faxrlanish yoki e’tirof, norozilik, qoniqmaslik, hafa bo‘lish va boshqa belgilarni ifodalasa o‘qituv-chilar diqqatini bo‘lmasdan, boshqalarga halaqit bermasdan o‘quvchi-tarbiya ishlarini olib borishga yordam beradi. Shuni ham alohida qayd qilib o‘tish joizki, mimik ifodalar namoyish qilinayotgan paytda o‘qituvchining nigohi o‘quvchilarga, yoki ayrim o‘quvchiga qaratilgan bo‘lishi zarur. Doskaga, eshikka, derazaga, ko‘rgazma qurollarga yoki devorga nigoh tashlab mimik ifodalarni namoyish qilishdan qochish lozim.

Yüklə 199,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə