O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti


Pedagogik muloqotni tashkil etish yo‘llari



Yüklə 199,56 Kb.
səhifə39/65
tarix28.11.2023
ölçüsü199,56 Kb.
#133387
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   65
majmua

4. Pedagogik muloqotni tashkil etish yo‘llari Ta’kidlash joizki, o‘qituvchining pedagogik faoliyatida o‘quv-chilar bilan olib boradigan muloqoti muhim ta’lim–tarbiyaviy aha-miyatga ega. Bu pedagogik muloqotning butun tizimida uning ma’naviy mazmundorligini oshirishni talab etadi, zero aynan pedagogik muloqot, ta’lim – tarbiyaning ma’naviy asoslarini shakllantirishga qaratilgan.
Ijtimoiy, psixologik, tarbiyaviy va ma’naviy vazifalarning murakkabligi o‘qituvchining kommunikativ faoliyatiga yuksak talablarni qo‘yadi. 451
O‘qituvchi kasbiy faoliyatida yuksak pedagogik va psixologik natijalarga erishishi uchun, ko‘p yillik nazariy va amaliy tajribalar asosida tadqiqotchi olimlar tomonidan taklif etilgan muloqotning quyidagi yo‘nalishlaridan foydalanish tavsiya etiladi: 1. Prognostik yo‘nalish. O‘qituvchining muloqotga bevosita tayyorgarlik jarayonida o‘quvchilar bilan bo‘lajak har qanday muloqot turini modellashtirish. 2. Muloqotning boshlang‘ich yo‘nalishi. O‘quvchilar bilan dastlabki muloqotni tashkil etish jarayonidayoq bevosita o‘zaro ta’sir metodlaridan foydalanib, tashabbuskorlikni qo‘lga olish. 3. Muloqotning uchinchi yo‘nalishi. Tobora takomillashib, rivojlanib borayotgan pedagogik faoliyatda muloqotning turli texnologik shakllaridan unumli foydalanish va uni boshqarish. 4. Muloqotning to‘rtinchi yo‘nalishi. Keyingi pedagogik faoliyat uchun olib boriladigan muloqot tizimini modellashtirish va muloqotning amalga oshirilgan tizimini doimiy tahlil qilib borish.
Pedagogik ta’sir ko‘rsatish vazifalari va vositalari hamda o‘qituvchining o‘quvchilar bilan pedagogik muloqoti quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi: – Kommunikativ muloqot – Interaktiv muloqot – Perseptiv muloqot. 1. Kommunikativ muloqotda bir tomonlama axborot uzatiladi.
Muomala o‘z ichiga hamkorlik faoliyatining qatnashchilari bilan o‘zaro axborot almashuvini qamrab olgan bo‘lib, kommunikativ muloqot sifatida tavsiflanishi mumkin. O‘qituvchi va o‘quvchi bir-birlari bilan muloqotga kirishishi jarayonida muloqotning muhim vositalari bo‘lmish til va nutq faoliyati bevosita muhim ahamiyat kasb etadi. 2. Interaktiv muloqotning muhim jihati ikki tomonlama bir– biriga ta’sir etishdir. Muloqotga kirishuvchi o‘qituvchi o‘zaro ta’sir etishda, ularning tarbiyaviy faoliyatiga nafaqat so‘z orqali, balki fikr almashinuv, xatti-harakat va xulq-atvori bilan o‘zaro ta’sir o‘tkazishi tushuniladi. 3. Perseptiv muloqotda o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasi o‘zaro bir-birlarini idrok qilishi, anglashi tushuniladi. 452
4. Bunda muloqotda kirishuvchilar o‘zaro bir-birlarini idrok qilish asosida ulardan biri ikkinchisining ishonchini qozonadi, aqlli, farosatli, tajribali, yuksak tayyorgarlikka ega barkamol shahs sifatida idrok qilinadi.
Muloqotning har uchala tomonini yaxlit olib qaraganda o‘zaro hamkorlik faoliyatini tashkil qilishning usullari va unda ishtirok etuvchilarning munosabatlari yaqqol namoyon bo‘ladi. Pedagogik muloqot muvaffaqiyatli tashkil etilishi uchun, o‘qituvchi o‘quv-chilar bilan xamkorlik faoliyatiga chuqur kirishib keta olishi, shaxs-ni har tomonlama shakllantirishning maqsad va vazifalarini chuqur anglab, faoliyat olib borishi lozim.
Jonli muloqot-o‘qituvchi tomonidan tashkil etiladigan, har qanday ta'lim-tarbiyaviy tadbir mohiyatini og‘zaki so‘z bilan o‘quvchilarga yetkazadigan, ziddiyatli jarayonlardan olib chiqish qudratiga ega bo‘lgan faoliyatdir. O‘qituvchi pedagogik maho-ratida mujassamlashgan nutqning jozibadorligi, bilim saviyasining va tafakkurining kengligi, o‘tkir dunyoqarashi, ma'naviy madaniyat darajasi, pedagogik qobiliyati, ta'lim–tarbiyaviy maqsadlarning mutanosibligi har qanday dars va darsdan tashqari ta'lim-tarbiyaviy tadbirning muvaffaqiyatini ta'minlovchi hamda o‘qituvchi jonli muloqotini tashkil etuvchi omillardir. O‘qituvchi kasbiy faoliyatidagi jonli muloqot qobiliyatini takomillashtirish uchun o‘z oldiga doimo quyidagi savollarni qo‘yib, unga mustaqil fikr-mulohazasi asosida javob bera olishi kerak.
O‘qituvchining muloqot usullari. Avtoritar usulda faoliyat olib boradigan o‘qituvchi ish faoliyati xarakterida quyidagi xususiyatlar mujassamlashgan bo‘ladi: - o‘zi yakka holda guruh faoliyatining yo‘nalishlarini belgilaydi; - ta'lim–tarbiyaviy jarayonga javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi; - o‘quvchilarning unga so‘zsiz bo‘ysunishini da'vo qiladi; - qattiq intizom asosida ish olib boradi; - topshiriqlarning to‘liq bajarilishini talab qiladi; - gap qaytargan, fikr bildirgan o‘quvchini yoqtirmaydi;453
- o‘quvchilarga biror muammoni to‘liq tushuntirmasdan talab qiladi. Demokratik usul asosida faoliyat olib boradigan o‘qituvchining bosh shiori o‘quvchilarda mustaqil va erkin fikr yuritish ko‘nikmalarini va ongli intizomni hosil qilishdan iborat.
O‘qituvchining muloqoti barcha demokratik talablar asosida quriladi. Liberal usul asosida faoliyat olib boruvchi o‘qituvchi xususiyatlariga sho‘rolar zamonidan qolgan talim–tarbiya tizimga xos mafkuraviy qarashlar mujassamlashgan. O‘qituvchining pedagogik faoliyati va xarakterida quyidagi xususiyatlar mavjud: tashabbussiz, eski qolipda pedagogik faoliyat olib boradi; ta’lim - tarbiyaga oid muammolarga yuzaki qarab chiqadi; o‘z mustaqil fikriga ega emas, javobgarlikdan o‘zini olib qochadi; o‘quvchilarga berilgan topshiriqlarning natijalari bilan qiziqmaydi; o‘quvchilar kelajagiga, taqdiriga e’tiborsiz, beg‘am qaraydi; o‘z pedagogik faoliyatiga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘ladi.

Yüklə 199,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə