Oliy ta’lim va inovatsialar ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti



Yüklə 113,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix22.03.2024
ölçüsü113,12 Kb.
#181119
  1   2   3   4   5
Inkluziv ta’lim va texnalogiyalar



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY TA’LIM VA INOVATSIALAR TA’LIM
VAZIRLIGI 
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI 
 
 
 
 
 
 
Maktabgacha ta'lim yo‘nalishi 
Inkluziv ta’lim fanidan 
22.52-guruh talabasi
Inkluziv ta’lim va texnalogiyalar 
mavzusida 
 
MUSTAQIL ISHI 
 
 
 
 
Farg‘ona 2023 


Inkluziv ta’lim va texnalogiyalar
 
Reja:
 
1.
 
Inklyuziv ta’lim va uning moxiyati
2.
 
Inklyuziv ta’limni joriy qilish davr talabi sifatida
3.
Inkluziv ta’lim va texnalogiyalar


Kirish
Respublikamizda olib borilayotgan barcha islohotlarning maqsadi davlatimz kelajagiga 
mustahkam poydevar qurishdan iborat. Bu poydevor sog’lom, yetuk va barkamol shaxslarni 
tarbiyalab voyaga yetkazish natijasida yaratiladi. Shuning uchun ham «Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi» va «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun qabul qilindi. Ta’lim sohasidagi bu islohotlar bugungi 
kunda o’z samarasini bermoqda. Mazkur huquqiy me’yoriy hujjatlar doirasi maxsus ehtiyojli 
bolar ta’lim-tarbiyasini ham qamrab olgan.
Maxsus ehtiyojli bolalar ta’lim tarbiyasi masalasi bugungi kunda eng dolzarb masalalar sirasiga 
aylanib bormokda.
Maxsus ta’lim imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’lim tizimi sifatida rivojlangan. Ushbu 
ta’lim imkoniyati cheklangan bolalarning ehtiyojlarini umumta’lim muasasalarida qondirib 
bo’lmaydi degan taxminlar asosida qurilgan. Maxsus ta’lim butun dunyoda maktab yoki internat 
shaklida, shuningdek umumta’lim maktablarining katta bo’lmagan qismlari sifatida faoliyat 
yuritadi.
Maxsus ehtiyojli bolalarning maxsus ta’lim tizimda o’qitilishi ularning maktabni tugatgach 
ijtimoiy jamiyatga moslashib ketishlarini qiyinlashtiradi. Shuningdek ularning o’z oilasidan 
uzokda bo’lishlariga majbur qiladi. Bu toifa bolalar boqimandalikka o’rganib qoladilar, o’z-
o’ziga xizmat qilishlarida qiyinchiliklarga duch keladilar. Bundan tashqari juda ko’plab maxsus 
ehtiyojli bolalar ta’limdan chetda qolib ketmokdalar. Hozirgi kunda Respublikamizda alohida 
yordamga muhtoj bolalarni rivojlanish darajasi, imkoniyati nuqson xususiyatlari va 
qobiliyatlariga ko’ra maxsus yoki umumta’lim tizimida ta’lim olishini amalga oshirish 
maqsadida inklyuziv ta’lim siyosati amalga oshirilmokda.
Biroq inklyuziv ta’limning mazmun mohiyati to’g’risidagi bilim va ma’lumotlar hali jamiyatda 
yetarli emas. «Inklyuziv» va «integrasiyalashgan» atamalari ko’pincha bir xil ma’noda 
ishlatiladi. Shunga qaramasdan falsafada ushbu tushunchalar orasida juda katta farq bor.
Nogiron bolani oddiy sharoitga joylashtirish integrasiyaga qarab qo’yilgan birinchi qadamdir.
Integrasiyalashgan ta’lim bu-diqqat markazida bolaning aynan maktabga kelib ketish muammosi 
turgan, maxsus ehtiyojli bolaning maktabga qatnash jarayonidir.
Integrasiyalashgan ta’limda bolaga muammo sifatida qaraladi. Bu ta’lim tizimining quyidagicha 
shakllari mavjud: 
a.
Jismoniy integrasiya. Integrasiyaning bu shakli nogiron va nogiron bo’lmagan bolalar 
o’rtasidagi jismoniy farqni kamaytirishga qaratilgan. Oddiy maktab bilan yonma-yon 
joyda nogiron bolalar uchun maxsus bo’lim yoki sinf tashkil qilish mumkin.


b.
Funksional integrasiya. Bu shakl nogiron va nogiron bo’lmagan bolalar o’rtasidagi 
funksional muammolarni kamaytirishga qaratilgan.
V) Ijtimoiy integrasiya. Itegrasiyaning bu shakli ijtimoiy muammolarni kamaytirishga qaratilgan 
va u nogiron hamda nogiron bo’lmagan bolalar o’rtasidagi o’zaro aloqani qo’llab - quvvatlaydi.
G) Jamiyatga integrasiya qilish kabilar.
Integrasilashgan talim tizimining bir qator quyidagicha chegaralangan tomonlari mavjud:
Umumta’lim muassasalarda kompleks tibbiy-pedagogik yordam olish imkoniyati bo’lmaydi.
Umumta’lim maktab pedagogi maxsus mayetodikani bilmaganligi sababli imkoniyati 
cheklangan bolalarning maxsus ehtiyojlarini qondirmaydi.
Umumta’lim maktablarida tiflo, surdotexnik vositalar, maxsus tibbiyot uskunalar bo’lmaydi.
Sinfda o’quvchilar soni 25 tadan-35 gacha yetadi va oqibatda ularning barchasiga ko’p vaqt 
ajrata olmaydi.
Umumta’lim maktablarda o’quvchilarda maxsus malaka va ko’nikmalarni shakllantirish uchun 
mutaxassislar bo’lmaganligi sababli, imkoniyat topish qiyin.

Yüklə 113,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə