Oliy ta’lim va inovatsialar ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti


Inklyuziv ta’limni joriy qilish davr talabi sifatida



Yüklə 113,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix22.03.2024
ölçüsü113,12 Kb.
#181119
1   2   3   4   5
Inkluziv ta’lim va texnalogiyalar

Inklyuziv ta’limni joriy qilish davr talabi sifatida.
Maxsus yordamga muhtoj bo’lgan bolalar ta’lim-tarbiyasi ularni o’qish va yozishga o’rgatish 
muammolarini ijtimoiy hayotga moslashtirishga ko’mak berish, bu ishlarni samarali amalga 
oshirish, maxsus soxa xodimlari hamda nogron bolalar ota-onalariga amaliy yordam berish kabi 
masuliyatli ishlar jumlasiga kiradi.
Maxsus yordamga muhtoj bolalar asosiy muamolarini ular o’zlari yashab turgan muxitdan, 
oiladan uzoqda ta’lim tarbiya berish bilan hal qilib bo’lmaydi. Jamiyat o’z a’zolariga 
javobgarlikni o’z bo’yniga olmas ekan, cheklab qo’yilgan huquq va imkoniyatlar qaytarib 
berilmas ekan ijtimoiy integrasiyaga erishish qiyin.
Maxsus ehtiyojli bolalarni ta’lim tarbiyasida tenghuquqlilik muammosini hal etish bugungi 
kunning dolzarb muammolaridan biridir. Ammo bugungi kunda ham juda ko’plab bolalar turli 
xildagi sabablarga ko’ra ta’limdan chetda qolib ketmoqdalar. Inklyuziv ta’limga jalb qilishning 
tashkiliy, ilmiy-uslubiy choralarini ko’rib chiqish ya’ni mutaxassislarini tayyorlash, malakasini 
oshirishga oid tadbirlarni ishlab chiqish lozim. Alohida yordamga muhtoj bolalarni umumta’lim 
muassasalariga jalb qilishning ikki asosiy omili bor: Birinchidan, alohida ehtiyojga ega bo’lgan 
bolalar ham sog’lom bolalar bilan birgalikda o’zaro faoliyat ko’rsatishlari mumkin. Inklyuziv 
ta’lim maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilsa, maxsus ehtiyojli bolalar ijtimoiy tomondan 
himoyalanadilar, sog’lom bolalar esa ijtimoiy adolat va tenglikning tan olinishi buyukligini 
nogiron bolalarga nisbatan yanada mehribon va e’tibor bilan munosabatda bo’lishni his etadilar.
Ikkinchidan, nogiron bolalar ham sog’lom tengdoshlari bilan yonma- yon o’qish, tarbiyalanish 


huquqiga ega ekanligi.
Bu ishlarni muvaffaqiyati xar bir davlatning qonunlarida aks etilishi zarur. Chunki, qonunlar, 
ularni kerakli moddiy va ma’naviy resurslar bilan ta’minlanishini amalga oshirishni kafolatlaydi. 
Imkoniyati cheklangan bolalar- o’quvchilarga ta’lim berishda, ota-onalar, mahallalar pedagoglar, 
mutaxassislar hamkorligida faoliyat ko’rsatishlarini talab qilinadi va majburiy shart hisoblanadi.
Alohida ehtiyojli bolalar ham sog’lom tengdoshlari bilan birgalikda o’z qobiliyat darajasida 
faoliyat ko’rsatish, ta’lim olishi, kasb-xunar o’rganishi va rivojlanishi mumkin. Inklyuziv ta’lim 
maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilsa maxsus yordamga muhtoj bolalar ijtimoiy tomondan 
himoyalandilar, ijtimoiy hayotda teng xuquqliligini, o’z tengdoshlari bilan birga bilim olishlari 
mumkinligini his etadilar.
Alohida ehtiyojli bolalar uchun tashkil etilgan segregasion-maxsus, yopiq turdagi muasasalarda 
bolalardagi mavjud nuqsonlar ancha-muncha yuqori darajada korreksiyalansada, ammo 
bolalarning maktab jamoasidagi tor doiraga tushib qolishlari natijasida ijtimoiy jamiyatga 
moslashishi, kelajakda normal rivojlanishdagi boalalar qatori faoliyat yuritishlarida juda katta 
qiyinchiliklarga duch keladilar. Maxsus maktablar mana shu jihatlari bilan juda katta 
kamchiliklarga ega. Bundan tashqari maxsus ehtiyojli bolalarni barcha qatori keng jamoatchilik 
davrasidan ajratgan holda yashashlari ham demokratiya nuqtai nazariga to’g’ri kelmaydi. Chunki 
maxsus ehtiyojli bolalar ham barcha qatori haq- huquqlarga ega. Shuning uchun ham 1990 yilda 
Djonpiyeyen (Tailand)da juda muhim koferensiya o’tkazildi. Bu konferensiya “Ta’lim hamma 
uchun” maqsadini shakllantirishga qaratilgan bo’lib, unga 155 ta davlat vakillari va 150dan ortiq 
nodavlvt tashkilotlari qo’shildilar. Tahlil shuni ko’rsatadiki, taxminan 10-15% bolalar maxsus 
ta’limga muhtoj ekanligi aniqlandi.
Djomtiyen (Tailan)da o’tkazilgan konferensiya asosida “Ta’lim hamma uchun” shiorini qo’llab-
quvvatlash va amaliyotga tadbiq qilishni tahlil etish maqsadida 1994 yilda YuNESKO tashkiloti 
va Ispaniya davlati bilan hamkorlikda Salamanka - Ispaniya umumjahon konferensiyasi 
o’tkazildi. Ushbu konferensiya ishtirokchilarining maqsadi va vazifasi butun dunyodagi 
imkoniyati cheklangan bolalarning umumta’lim muassasalarida ta’lim olishlari uchun qulayliklar 
yaratish, maktabda o’qitish vazifasini amalga oshirish uchun maktab isloxotlarini o’tkazish 
zarurligi to’g’risida fikr-muloxazalar yuritishga qaratilgan edi.
Maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim muassasalariga jalb etishga bo’lgan ehtiyoj bu shunda 
namoyon bo’ladiki, ta’lim tizimidan butunlay chetda qolib ketayotgan maxsus ehtiyojli bolalarni 
ta’limga jalb etish, maxsus muasasalarga borishga yashash joyi juda uzoqda bo’lganligi yoki 
moddiy mablag’ning yetishmasligi yoki ota-onalarning o’z farzandini maxsus muassasaga 
borishini hohlamasligi oqibatida qiynlalayotgan ota-onlalargan ko’mak berish, maxsus ehtiyojli 
bolalarni ijtimoiy jamiyatga erta va to’laqonli moslashtirish, teng huquqlilik masalasini hal etish, 


kamsitishlarni oldini olishdadir.
Inklyuziv ta’lim masalasi 90-yillarning diqqat markazija bo’lib qoldi. Janubiy Afrika va Janubiy 
Sharqiy Osiyodagi integrasiyalashgan ta’lim dasturlari asosida yakuniy ish hujjatlari o’rganilib 
chiqildi. Natijada barcha davlatlarning Ta’lim Vazirliklarida maxsus maktablar qoshidagi 
maxsus bo’limlarga muqobil sifatida inklyuziv ishlash uslublari qabul qilindi.
Inklyuziv ta’limga bo’lgan ehtiyoj uning jamiyatga va maxsus ehtiyojli bolalar uchun quyidagi 
nafli jihatlari mavjudligidan kelib chiqadi:
Inklyuziv ta’lim maxsus ehtiyojli bolalarga doimo o’z oilasi mahallasi va qarindosh-urug’lari 
davrasida bo’lishga imkon beradi.
Bolalarni oilasidan, uyidan uzoqda bo’lgan iternatlarga joylashtirish ularning uyi, oilasi 
hamjamiyat hayotiga ishtirok etish huquqiga to’sqinlik qiladi. Uyidan, oilasidan, ota-ona 
mehridan uzoqda bo’lgan bola diydasi qattiq bo’lib o’sadi. Chunki oila tarbiyaning bosh 
markazidir.
Inklyuziv ta’lim barcha uchun ta’lim sifatini yaxshilaydi.
Inklyuziv ta’lim ta’lim sifatini yaxshilashga olib keladigan katalizator bo’lib xizmat qilishi 
mumkin. Maxsus ehtiyojli bolalrni umumta’lim muassasalariga qabul qilinishi o’quvchilarni 
yanada bolaga qaratilgan faolroq va ko’proq o’quvchilarni qamraydigan yangi o’qitish 
uslublarini ishlab chiqishga undaydi. Buning nafi esa hamma bolaga tegadi.
Inklyuziv ta’lim kamsitishlarni oldini olishga yordam beradi.
Jamiyatda nogironlargan nisbatan yanglish fikr va munosabat juda yuqoridadir. Ular haqida 
ma’lumotlarning kamligi va ularni yoshligidan maxsus muassasalarda yopiq tarzda ta’lim tarbiya 
berilishi bunga sababa bo’lishi mumkin. Bunday munosabatni yo’qotish yoki kamaytirish ancha 
mushkul ishdir. Lekin tajribadan shu narsa ma’lumki, kattalarga nisbatan bolalar farqli va 
o’xshashlik jihatlarni tezroq anglar ekanlar. Agarda maxsus ehtiyojli bolalar normal 
rivojlanishdagi bolalar bilan birgalikda ta’lim tarbiya olsalar, bu barcha bolalarni nogironlarga 
nisbatan o’zlari singari bola ekanliklarni anglab, kasitmasliklarini ta’minlagan bo’lar edi.

Yüklə 113,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə