Oliy ta’lim va inovatsialar ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti


Inklyuziv ta’lim va uning mohiyati



Yüklə 113,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix22.03.2024
ölçüsü113,12 Kb.
#181119
1   2   3   4   5
Inkluziv ta’lim va texnalogiyalar

Inklyuziv ta’lim va uning mohiyati
Har qanday jamiyatda kelajak vorislari bo’lmish farzandlarni mas’ulayatni his etadigan, ularni 
davlat taraqqiyoti va gullab-yashnashiga salmoqli ulush qo’shadigan munosib fuqarolar bo’lib 
etishishlariga katta umid bilan qaraladi. Dunyoga “O’zbek modeli” deb nom olgan rivojlanish 
yo’li bilan tobora ko’proq tanilayotgan O’zbekistonda ham bolalar huquqlarini himoya qilishga 
juda katta e’tibor berilmoqda. Mamlakatimizda maktab, litsey, gimnaziya, kollej kabi bilim 
dargohlari bilan birgalikda turli maxsus maktab internatlar, mehribonlik uylari faoliyat 
ko’rsatayotganligi ham fikrimizning isbotidir. Ko’plab davlatlarda bo’lgani kabi O’zbekistonda 
ham imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus tashkillangan maktablar bor. Ularning vazifasi 
bolalarni maxsus o’quv yurtlariga tayyorlashdir.
Bolalarni himoya qilish xalqaro tashkiloti Konvensiya tizimiga o’zining asosiy maqsadi etib bola 
huquqlarini asos etib oladi. Bola huquqlari xalqaro Konvensiya hamma bolalarning ehtiyojini 
hisobga olgan, huquq va qobiliyatlarini hurmat qiladigan ta’lim tizimini yaratish g’oyasini ilgari 
surdi. Chunki har bir bolada

u sog’lommi yoki nogironmi - takrorlanmaydigan xarakter, qiziqish, imkoniyat va 
bilimga ehtiyoj bor.


Hamma bolalarning ehtiyojlarini hisobga olgan, huquq va qobiliyatlarini hurmat qiladigan, 
ijtimoiy adolat hamda tenglikka erishishni maqsad qilib olgan ta'limtizimi inklyuziv ta'lim 
deyiladi.
Inklyuziv ta’lim nogiron bolalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish hamda umumta’lim 
maktablarini nogiron bolalarga moslashtirishni ko’zda tutadigan, ijtimoiy adolat va tenglikni 
bosh maqsad qilib olgan jarayondir.
Inklyuziv ta’lim ijtimoiy modelga asoslanadi va u muammoni bolada emas, balki dastur va 
metodologiyada deb hisoblaydi. Bunday ta’lim tizimiga ba’zi bir o’zgartirishlar kiritishni taqazo 
etadi. Bunda har bir bolaning ehtiyojini hisobga olgan holda o’quv rejalari tayyorlanadi, 
uslubiyotning psixologik muammolari bilan bog’liq tomonlari to’g’ri yo’lga qo’yiladi. Inklyuziv 
ta’lim hamma bolalarni, shu jumladan, nogiron bolalarni ham o’zlari xohlagan maktabda o’qishi 
mumkin, deb xulosa chiqaradi.
Bolaning nogiron bo’lib qolishiga jamiyat, undagi muhit, tushunmovchiliklar, yo’l qo’yilgan 
xatolar sababchi bo’lgan. Demak, uning o’qishi uchun ham shu jamiyatning o’zi jon kuydirishi 
shart.
Bola huquqlari xalqaro Konvensiyadan kelib chiqib, yaxshi maktab ta’limini uch xil ibora bilan 
ta’riflash mumkin, ya’ni:

mos keluvchi;

rivojlantiruvchi;

inklyuziv;
Konvensiyaning 6-moddasida shunday satrlar bor: “Tirik qolish va rivojlanish”. Bu modda mos 
keluvchi ta’limga taalluqli. Rivojlantiruvchi ta’lim 29-moddada ko’rsatilgan: “Ta’lim shaxsning 
yuqori darajada rivojlanishiga, iqtidorli, aqliy va jismoniy qobiliyatlarini o’stirishga yo’naltirlgan 
bo’lishi, bolani erkin jamiyatda faol yashashga tayyorlash kerak”.
2.
va 28-moddalar inklyuziv ta’limga tegishli bo’lib, ularda kamsitishning olsini olish, 
ta’lim hamma uchun qobiliyatiga yarasha ekanligi belgilab qo’yilgan.


Maxsus ehtiyojli bolalar, boshqa bolalar, o’qituvchi va tarbiyachilar faoliyati inklyuziv ta’limda 
o’ziga xos o’rin tutadi. Bunday ta’lim tufayli maxsus ehtiyojli bolalar:

jismoniy va ruhiy ehtiyojlarini qondiradilar;

ijtimoiy xulq va o’ziga-o’zi xizmat ko’rsatish malakalarini yaratadilar;

ularning imkoniyatlarini hisobga olgan o’quv materiallarini o’zlashtiradilar;

tengqurlari bilan turli o’yinlarda ishtirok etib rivojlanadilar;

jismoniy tarbiya darslarida shaxmat-shashka o’yinlari, turli sport musobaqalarida vaqtni 
kuzatuvchi hakam yoki darvozabon bo’lishlari mumkin;

do’stona muhitda do’st orttiradilar;

turli ko’ngilochar va bayramona dasturlarda ishtirok etadilar. Boshqa bolalar
esa;

do’stona muhitni yaratadilar;

maxsus ehtiyojli bolalarga g’amho’rlik qiladilar,ularni turli o’yinlarga jalb qiladilar;

sinf tadbirlarida ishtirok etadilar;

tozalik va ozodalikni ta’minlaydilar;

jamoa oldida ma’suliyat hissini rivojlantiradilar;

didaktik va o’yin vositalarini tayyorlashda birgalikda ishtirok etadilar;



o’qituvchi va tarbiyachilar bolalarni bir-birlarining ichki dunyolarini tushunishga 
o’rgatadilar;

har bir bolaning qobiliyati va imkoniyatini hisobga oladilar;

har bir bolada hayotiy malaka va mustaqillikni shakllantiradilar;

ishlarni tahlil qiladilar va baholaydilar;

ota-onalarga amaliy yordam ko’rsatadilar;

barcha bolalarga birdek bilim berib, tarbiyalaydilar;
Demak; 
inklyuziv ta’lim maxsus ehtiyojli, nogiron bolalar ham faqat maxsus maktablarda emas, 
balki sog’lom bolalar o’qiydigan umumta’lim maktablarida ham ta’lim-tarbiya olishlari mumkin 
ekanligini e’tirof etadi.
Buning uchun esa maktab ham, o’qituvchi-tarbiyachilar ham inklyuziv 
ta’lim tizimiga tayyor bo’lishi, maktab darajasi, jismoniy sharoit va o’qishga imkon omillari shu 
ta’lim talablariga to’la javob berishi kerak.
Maktab darajasida integratsiyani muvaffaqiyatli kiritishga bir necha o’zaro bog’liq omillar ta’sir 
ko’rsatadi. Markaziy omil o’quv dasturiga kiritish imkoniyatidir. Shuningdek, binolarning 
jismoniy joylashuvi, o’qish uchun imkoniyat va moliyalashgan imkon ham asosiy omilllardandir.
Inklyuziv ta’limda maktabdagi jismoniy sharoit ham katta o’rin tutadi. Oddiy qilib aytadigan 
bo’lsak, barcha maktablar eshigiga o’quvchilar zinapoyalar orqali kirib boradilar. Lekin bu 
zinapoyalardan maxsus aravachalarda yuradigan nogiron bolalar ko’tarila olmaydilar, hatto 
qo’ltiqtayoqda yuradigan bolalar ham, qiynalishlari mumkin. Demak, zinapoyalardan ham , 
eshiklardan ham sog’lom bolalar bilan birga nogiron bolalar ham bemalol o’tishlari uchun qulay 
sharoit
yaratilishi shart. Bundan tashqari, sinf xonalari va laboratoriyalardagi maxsus o’rindiq hamda 
moslamalar ham nogiron bolalarga mos bo’lishi kerak.
O’qishga imkon yaratish ham juda muhimdir. Yozish qobiliyatlarida buzilish mavjud bo’lgan 
bolalarga tovush va tasvirni kattalashtirish etarli bo’lmaydi. Bunda o’quvchilar imo-ishora yoki 


Brayl xatini puxta o’rganishlari kerak.
Aqliy nuqsoni bor bolalar soddalashtirilgan yozma yoki og’zaki informatsiyani olishlari kerak. 
O’quv rejasini bunday differensiyalash o’qituvchilarda o’z ishlariga ijodiy yondashishni taqozo 
etadi. Maktab ma’muriyati buning uchun o’qituvchilarga imkon yaratib berishi kerak. Bunday 
ijodiy yondashuv o’quv rejasiga qattiq talab qo’yilgan joylarda birmuncha qiyinchilik tug’dirishi 
mumkin.
“Bolalarni qutqaring” (Buyuk Britaniya) tashkiloti, uning boshqa mamlakatlardagi tashkilotlari 
inklyuziv ta’limdagi asosiy to’siqlarni xalq ta’limi tizimi va maktablarga qo’yadi. Bizning 
fuqarolik jamiyatiga qadam qo’yayotgan davlatimizda bunday to’siqlarni o’z-o’zini 
boshqarishning milliy modeli bo’lgan mahallalarda hal etish mumkin. E’tiborsizlik (1), yashirish 
(2), mablag’ masalasi (3), sharoitga moslashmaslik (4), kambag’allik (5), sinfda o’quvchilar 
sonining ko’pligi (6), kamsitish (7), qaramlilik (8), kutilmagan holatlar (9) kabi to’siqlarni 
mahallalarda bemalol bartaraf etsa bo’ladi, yoki bu muammolarni hal etishni quyidagi jadval 
asosida shunday taqsimlash mumkin (sxemaga qarang).

Yüklə 113,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə