O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti



Yüklə 199,56 Kb.
səhifə34/65
tarix28.11.2023
ölçüsü199,56 Kb.
#133387
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   65
majmua

Tasviriy vazifa na’munasi. Bezash. Ma’lum obyektlarni de-tallar bilan to‘ldirish.Gilford testlari kattalar va yuqori sinf o‘quvchilariga mo‘ljallanadi. Ularni standartlashtirish katta bo‘l-magan tanlovlarda, ishonchlilik ma’lumotlari bir testdan ikkinchisiga o‘tganda o‘zgarib turadi va to‘liq qoniqarli bo‘lmaydi. Psixologlar fikricha, ijodiy qobiliyatlarni baholashda Gilford testlari samaraliligi kam bo‘lishiga, bilimlar natijasini bilish shaxsiy xarakterlarga emas, balki bajarish tezligiga asoslangani sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, vazifalar ma’lum sondagi javoblarni belgilanmagan, bu natijani aniq hisoblash imkonini bermaydi. Shu sababli, ba’zi psixodiagnostlar kreativ testlar uchun va ularning natijalarini aniqlashda ishonchli mutaxassislarni jalb etishni taklif qiladilar. Hozirgi kunda talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda E.P.Gorrensning kreativlik testlaridan foydalanilmoqda. Gorrens test topshiriqlari ijodiy jarayon modeli sifatida ko‘rilib, unda talabalarning bilimi natijaga emas, balki ijod jarayoniga qaratilgan. 1966 yilda angliyalik olimlar tomonidan Verbal shakldagi test ishlab chiqilgan. Bu test 5 yoshli bolalardan boshlab kattalarga mo‘ljallangan. U 7 ta topshiriqdan iborat. Dastlabki uchta topshiriq bir rasmga bog‘liq savollardan iborat: rasmga ko‘proq savollar tuzish, tasvirlangan narsalarning nima uchun chizilganligi va oqi-batlari haqida iloji boricha ko‘proq sabablarni ko‘rsatish so‘raladi. 1-topshiriq – “Rasm chizib bering”. Vazifa bajaruvchi qog‘oz varag‘iga rangli qog‘ozlardan qirqib olingan noto‘g‘ri shakldagi qog‘ozni yopishtirish va uning asosida o‘ziga xos rasm chizish so‘raladi. 2-topshiriq – “Rasm chizishni tugallang” – test daftarlarida berilgan tugallanmagan shakllar rasmi asosida noodatiy sujet, rasm va predmetni chizib berish so‘raladi. 3-topshiriqda parallel chiziqlar va doiralar asosida iloji boricha ko‘proq predmetlarni chizib berish so‘raladi. Har bir subtestning 209
bajarilishi uchun 10 minut vaqt ajratiladi (javoblarning tahlili tezkorlik, ko‘p qirralik, egiluvchanlik, o‘ziga xoslik va mukam-mallik mezonlari bo‘yicha tahlil qilinadi). 4-topshiriqda berilgan rasmdagi o‘yinchoqlar o‘rnini iloji boricha ko‘proq va qiziqroq tarzda almashtirish so‘raladi. 5-topshiriqda turmushda ishlatiladigan predmet (masalan, bo‘sh quti) dan ko‘proq noodatiy va qiziq foydalanish usullarini o‘ylab topish so‘raladi. 6-topshiriqda shu predmet haqida noodatiy savollarni o‘ylab topish so‘raladi. 7-topshiriq noodatiy vaziyatning yechimlari haqida iloji boricha ko‘proq izlanishlar olib borish so‘raladi. 1980 yilda Torrens tomonidan maktabgacha yoshdagi bolalar uchun yangi kreativlik testlari tuzildi. Bu testning vazifalari shun-dan iborat ediki, go‘dak o‘zining ijodiy qobiliyatlarini biror bir xonada erkin harakatlanish asnosida namoyon qiladi. Ijodiy fikrlashni reproduktivga qarshi qo‘ygan psixologlarning intilish-lariga qaramasdan, amaliyotda kreativlik testlari intellekt testlari bilan bir xil prinsiplarda, ya’ni tezlik metodikasi va qat’iy mazmun asosida qurilgan. Tadqiqotchilarning fikricha, ularning asosiy kamchiligi motivlarni va individning boshqa ijodiy qobiliyatni tashkil etuvchi tavsiflarini hisobga olinmaganligidadir. Ko‘pgina psixologlar kreativlikni testlar yordamida aniqlash mumkin emas, deb hisoblaydilar. Fan, texnika, san’at va boshqa inson faoliyatidagi muvaffaqiyatlarga erishish, turli qobiliyatlarning va shaxsiy xususiyatlarining murakkab tuzilmasini (shu jumladan, intellektual va maxsus) talab qiladi. Hozirgi davrda mavjud bo‘lgan kreativ testlarda ijodiy qobiliyatning alohida elementlariga e’tibor qaratiladi, ijodiy muvaffaqiyatlarni bashoratlashda buning o‘zi yetarli emas. Ayrim psixologlar ijodning ayrim qismlarini tahlil qilish yo‘li bilan kreativlikni aniqlash mumkin deb hisoblaydilar.
Kreativlikni tashxislash yo‘nalishi deyarli o‘rganilmagan. Bu sohada professor D.B.Bogoyavlenskaya (1983 yil) ijodiy qobiliyat intellektual tashabbuskor birliklarini yaratdi. U muammoning yechimini topishda inson oldiga qo‘yilgan masalani fikrlash faoliyati deb ataydi. D.B.Bogoyavlenskaya gipotezasi (taxmini)ga210
muvofiq bajaruvchiga tashqi qo‘zg‘atuvchilar ta’sirisiz nazariy umumlashtirishlarga va vaziyatni baholashga o‘ta oladigan “kreativ doira metodi”ni taklif qiladi. Bu metod doirasida bir necha metodikalar ishlab chiqilgan. Tashqi mezonlarni belgilashda muallif sezilarli qiyinchiliklarga duch keldi. Ijodiy muvaffaqiyat bir qator kamchiliklarga ega bo‘lgan tajribalar asosida aniqlanadi. «Kreativ doira» ning tamoyillari: 1) Tashqi qo‘zg‘atuvchidan va baholashni belgilovchi stimulidan voz kechish. 2) Obyektni tadqiq etishda “chegara”ning bo‘lmasligi – chegaralanmagan faoliyat. 3) Eksperimentning davomiyligi. 3.Kreativ dars tuzilishiga doir metodik tavsiyalar Kreativ darsi ijodiy metodologik tuzilishiga ko‘ra an’anaviy darsdan farq qiladi va o‘zida dars maqsadini qamrab oluvchi bloklari bilan kreativ ta’limning maqsadlarini amalga oshiradi.
Ijodiy darsning tuzilishi mantiqan ta’limni haqiqatda rivojlantiruvchi jarayonga aylantirishni ko‘zda tutadi. Ta’limning birinchi navbatda insonparvarlik maqsadlarini ko‘zlagan holda ta’lim faoliyati tuzilishida ma’lum o‘zgarishlar olib boriladi.
Ta’lim faoliyatining yangi shakllarini konstruksiyalash boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ma’naviy shakllanishi asosini tashkil qiladi.
Dastur fikrlash shakllarini tubdan yangilash; maktab o‘quv-chilarini intellektning yangi bosqichida o‘tkazishni ko‘zda tutadi.
Chunonchi: ko‘rgazmali – aniqlikdan og‘zaki mantiqiylikka; emperikdan na’zariy-tadrijiy fikrlashga.
D.B.Elkoninning fikricha, ta’lim samaradorligi o‘qitish jarayo-nida egallangan bilimning miqdori va sifati; rivojlanish sama-radorligi o‘quvchilar qobiliyati o‘sishi darajasi bilan belgilanadi. Qobiliyatning rivojlanishi shaxs sifatlaridan biri bo‘lib, faoli-yat samarasini belgilaydi, mazkur dasturni amalga oshirishda qobi-liyatning funksional tizim samaradorligi oshishidagi ahamiyati katta. Rivojlanishga ta’sir etuvchi ta’lim tuzilishi boshlang‘ich sinf 211
o‘quvchilarini faol ta’limiy faoliyat turlariga safarbar etadi, faol faoliyat turining turli shakllarini turlicha vositalar yordamida egallash; hayratlanarli buyumlar haqida fikrlash; boshqotirmalar yechish; kompyuterda o‘lchamli masalalar yechish o‘quvchining rivojlanishiga xizmat qiladi.
Mazkur texnologiyaning psixologik asosi o‘quv jarayonining o‘quvchi tomonidan rejalashtirilishidir. Tizimli refleksiya tashkil etilishiga ehtiyoj hosil qiluvchi omil – ta’lim jarayoni natijasini vaqti-vaqti bilan testlar yordamida aniqlash va o‘quvchilarni o‘quv faoliyatini rejalashtirishga o‘rgatish.
Darsga motivatsion sayqal berish deganda, dars davomida ijobiy motivatsiyani qo‘llab-quvvatlovchi tuzilgan maxsus topshiriqlar tushuniladi.
Har bir o‘quv sikli so‘nggida o‘quvchilarning yutuqlar haqidagi ijobiy hissiyotlari rag‘batlantirilib, keyingi bosqichga o‘tish ishtiyoqi kuchaytiriladi.
Ikki fan umumlashgan darsning tuzilishi – namuna sifatida № Dars bloklari Qisqart-ma belgi-lanishi

Yüklə 199,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə