O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti


Kreativlik va uning tashxislanishi



Yüklə 199,56 Kb.
səhifə33/65
tarix28.11.2023
ölçüsü199,56 Kb.
#133387
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   65
majmua

2. Kreativlik va uning tashxislanishi XX asrning 50 yillarida ingliz-amerika psixologlarining izlanishlarida kreativlik deb nomlanadigan (creatio – lotincha “yaratish”) alohida qobiliyatlarni o‘rganish katta ko‘lamda qiziqish uyg‘otmoqda. Kreativlikni alohida o‘rganishga an’anaviy intellekt testlari bilan muammoli vaziyatni muvaffaqiyatli yechimi orasida aloqaning mavjud emasligi haqidagi ma’lumotlarning aniqlanishi turtki bo‘ldi. E’tirof etilishicha, kreativlik ma’lum masalaning yechimini topishdagi axborotlarni tez sur’atda foydalanish qobiliyatiga bog‘liq. Bu qobiliyatni kreativlik deb atadilar va uni intellektga bog‘liq bo‘lmagan holatda – individning yangi tushunchalar yaratuvchi va shakllantiruvchi yangi malakalari sifatida o‘rgandilar. Kreativlik shaxsning ijodiy ko‘rsatkichlari bilan belgilanadi. Kreativlikni o‘rganish asosan ikki yo‘nalishda olib boriladi: 1-yo‘nalish. Kreativlikni intellekt bilan bog‘liqligi masala-larini va kreativlik bilan bog‘liq ta’limiy jarayonlarni belgilashni o‘rganadi. 2-yo‘nalish. Shaxs va uning psixologik o‘ziga xosligi kreativ-likning asosiy aspekti ekanligi, shaxsga va uning motivatsion chizgilariga urg‘u berilishi bilan tasniflanadi.
Intellektual faktorlarni ta’limiy yo‘nalishlarda qo‘llanilishida, kreativlikni o‘rganish, baholashda 1950 yillarda J.Gilford va uning izdoshlari 16 ta gipotetik intellektual qobiliyatni ajratib ko‘rsatadilar. Ular orasida: fikrning turliligi (ma’lum vaqt orali-g‘idagi g‘oyalarning miqdori), fikrning (bir g‘oyadan ikkinchisiga ko‘cha olishi) originalligi (o‘ziga xoslik – umume’tirof etilgan 206
qarashlardan farq qiluvchi g‘oyani yaratish qobiliyati), qiziquv-chanlik (o‘zini o‘rab turgan olamdagi muammolarga ta’sirchanlik), gipoteza qilish qobiliyati (reaksiyaning stimuldan mantiqiy mustaqilligi), fantastikali (stimul va reaksiya orasidagi mantiqiy bog‘liqlikning borliq hayotdan butunlay uzilganligi). Gilford bu faktorlarni tafakkurning divergentligi degan umumiy nom bilan ataydi, u muammo endigina aniqlanayotgan, uning yechimini avvaldan belgilangan, aniq yechimi bo‘lmagan vaqtda yuzaga keladi, deydi (ma’lumotga tayanuvchi yoki muammoning «mos» yechimi, konvergent tafakkurdan farqli ravishda).
Tafakkurni ifodalovchi qobiliyatlarni o‘rganish, an’anaviy intellektual testlar vositasida kreativlikni maxsus testlar vositasida aniqlash jarayonida olimlar qarama-qarshi natijalarga erishdilar. Bu natijalar asosida intellekt va kreativlik o‘zaro aloqadorligi haqida xulosa chiqarish mumkin emas. Agarda testlar o‘rniga kreativlikni baholovchi boshqa mezon – bajaruvchi faoliyat yuritgan ish turi bo‘yicha erishilgan ijodiy muvaffaqiyatlar bo‘yicha baholanganda, intellekt va kreativlikni belgilovchi bir xil mazmunga ega natijaga erishish mumkin. Ba’zi olimlar kreativlikka intellektning an’anaviy testlar yordamida o‘lchab bo‘lmaydigan bir qirrasi sifatida yondashadilar. Ular kreativlikni orttirilgan tajribaga, o‘zlashtirilgan bilim va malakalar tasnifiga, qurshab turgan muhitning o‘ziga xosligiga bog‘liqligini ko‘rsatadigan tajribalar natijasiga tayanadilar. Barcha mamlakatlarda tabaqalashtirib o‘qitiladigan sinf o‘quvchilari kreativlik testlari bo‘yicha o‘zlarining oddiy sinflarda o‘qiydigan tengdoshlariga nisbatan yaxshiroq natijaga ega bo‘lganlar.
Kreativlikni baholashda atrof-muhitning bog‘liqligi uning shakllanishi va rivojlanishida namoyon bo‘ladi. Avvalo qanday muhitdan rivojlantiruvchi ta’sirni kutish mumkin? Tadqiqotlarning natijasiga ko‘ra, muhit, axborotning ko‘pligi va erkinlikni ta’minlanganligi bilan ajralib turishi kerak.Tadqiqotlar kreativ-likning rivojlanishida shaxsiy qobiliyatning katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Kreativlikni o‘rganishda yakka yondashuvda asosiy e’tibor hissiy va motivatsion omillarga qaratiladi. Kreativlik bilan bog‘liq 207
shaxsiy qobiliyatlar munosabatida turli tadqiqotlar natijasida o‘zaro moslik mavjud. Kreativ individlarni kreativmaslardan ajratib ko‘rsatadi. Ba’zilarda shaxsiy o‘ziga ishonch, tajovuzkorlik, o‘z-o‘zidan qoniqish, ijtimoiy cheklovlarga va o‘zgalar fikriga toqatsizlik aniqlangan. Ba’zi psixologlarning fikricha, kreativ bo‘lmagan tipdan farqli ravishda, kreativlikka ega bo‘lgan kishilar tipi mavjudligini bildiradi. Shunisi qiziqki, bolalar va yoshlar orasida o‘tkazilgan tadqiqotlar yosh va balog‘atga yetgan individlarda kreativlik belgilari bir xil bo‘ladi. Shunday xulosa chiqarish mumkinki, kreativlik shaxsiy qobiliyatlarga asoslangan holda bolalarning juda kichikligidan bashoratlash mumkin. Ijodiy muvaffaqiyatlar asabbuzarliklar bilan bog‘liq degan nuqtayi nazar ham mavjud. Shu bilan birga bu fikrga qarama-qarshi ravishda yuksak kreativ individlarda katta ruhiy kuchga egalik, tashqi muhitga, turli nizolarga nisbatan muvozanat mavjudligini ta’kidlovchi tadqiqotchilar ham mavjud. Kreativlikni motivatsion tasniflashga aloqador yagona qarashlar mavjud emas. Bir nuqtayi nazarga asosan kreativ individ o‘z imkoniyatlaridan iloji boricha samarali foydalanishga, yangi, o‘zlashtirilmagan yangi faoliyat turlarini bajarishda o‘z qobiliyatlarini ishga soladi. Boshqa nuqtayi nazarga ko‘ra kreativ bolalar motivatsiyasi tavakkalchilik, o‘z imkoniyatlari chegaralarini aniqlashga asoslanadi.Yuqorida aytilganlarni xulosalab aytish mumkinki, intellektual qobiliyat-larning kreativlik deb nomlanadigan alohida tipi bugungi kun psixologlari tomonidan keng ko‘lamda o‘rganilmoqda.
Kreativlik va shaxsning ijodiy muvaffaqiyatlari orasida bog‘-liqlik mavjud, ammo uning xususiyatlari oxirigacha o‘rganilmagan.
Kreativlikni intellektning an’anaviy tushunchalaridan ajratib olish mumkin emas.Kreativlikning birinchi testlari J.Gilford tomonidan XX asrning 50 yillarida yaratilgan.
Bu metodika Janubiy Kaliforniya testlari nomi bilan mashhur bo‘lib, Gilford tomonidan divergent deb nomlangan fikrlashning o‘ziga xos tipini belgilashda foydalanilgan 14 ta testdan iborat bo‘lgan. Ularning dastlabki 10 tasiga og‘zaki javob, 4 tasiga tasvir orqali javob talab etilgan.Verbal vazifalardan namunalar:208
1. So‘zdan foydalanishda yengillik. Berilgan tovush ishtirokida so‘z yozing (“o” – oy, ro‘mol, oddiy, muddao va b.); 2. Assotsiatsiyalardan foydalanishdagi yengillik. Berilgan so‘zga mazmunan o‘xshash so‘zlarni yozing (“og‘ir”, “zilday”, “vazmin” va boshqalar).

Yüklə 199,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə