O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti



Yüklə 199,56 Kb.
səhifə29/65
tarix28.11.2023
ölçüsü199,56 Kb.
#133387
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   65
majmua

O‘quv rejasi. Maktabning o‘quv rejasi maktabda o‘rgatish uchun tanlangan o‘quv predmetlarini, ularning ta’lim olish yo‘llari bo‘yicha taqsimlanishini, har bir predmetga ajratilgan soatlar miqdorini va shu soatlarning haftalarga bo‘linishini belgilaydi.
O‘quv rejalari Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi hamda respublikadagi barcha maktablar uchun majburiy hisoblanadi. O‘quv rejalarini tuzishga predmetli o‘qitish prinsipi asos bo‘ladi. O‘quv rejasi ta’limning mazmunini belgilaydigan eng muhim hujjat bo‘lib, unda mazkur o‘quv yurtida o‘rganiladigan o‘quv predmetlarining tarkibi, ularning o‘quv yillari va haftalari bo‘yicha taqsimlanishi hamda har bir o‘quv predmeti uchun ajratilgan vaqtlar miqdori ana shularga muvofiq ifodalanadi.
O‘quv rejasi aslida ta’lim mazmunining qabul qilingan u yoki bu nazariy konsepsiyasini normativ yo‘sinda va yaxlit holda aks 111
ettiradigan asosiy hujjatdir. Ta’limning mazmunini ifodalovchi hujjat sifatidagi o‘quv rejasi ijtimoiy buyurtmaning pedagogik talqini natijasida tarkib topgan ta’lim mazmunining ifodasiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.Jahon pedagogikasida o‘quv rejasini ayrim o‘quv predmetlaridan tuzish kerakmi yoki turli fanlarga doir bilimlar qandaydir amaliy ish yoki tadqiqot doirasi guruhlanadigan komplekslar va loyihalardan tuzish kerakmi, degan masala xususidagi munozara bormoqda. „Amerika Qo‘shma Shtatlarida kompleks o‘qitish uzoq muddatli elementar maktabdagina emas, balki o‘rta maktabda ham davom etadi. Komplekslik g‘oyasining o‘zi nihoyatda keng tus olgan. Amerika pedagogikasida o‘quv dasturlarini predmetlar bo‘yicha tuzishga qarshi kurash boshlanganiga yarim asrdan oshdi”.Ish tajribalari va anchagina pedagogik tadqiqotlardan ko‘rinishicha, maktabda o‘rgatish uchun tanlangan o‘quv predmetlarini bir yo‘la o‘rganish mumkin emas.
Chunki, birinchidan, bunga jiddiy chegaralangan o‘quv vaqti imkon bermaydi, ikkinchidan, ayrim o‘quv predmetlarini o‘zlashtirish uchun oldin boshqa o‘quv predmetini o‘rganish shart.
O‘tmishda ana shunday fikr yuritish ma’lum predmetlarni o‘rganishda jiddiy izchillik prinsipini mustahkamlashga urinish imkonini berdi. O‘quv rejalari o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga muvofiq tuziladi. O‘quv rejasiga mazkur yoshdagi o‘quvchilarga mos predmetlar tegishli hajmda kiritiladi va ular o‘quvchilarning har tomonlama muvaffaqiyatli kamol topishiga yordam berishi ko‘zlanadi. Har bir predmet uchun o‘quv soatlarining miqdorini belgilashda, birinchidan, predmetning ta’lim tizimidagi roli va ahamiyati, ikkinchidan, mazkur predmet bo‘yicha o‘rganilishi lozim bo‘lgan o‘quv materialining hajmi, uchinchidan, u yoki bu predmetni o‘rganishning didaktik xususiyatlari e’tiborga olinadi. Bulardan tashqari o‘quv rejasida o‘quvchilarning ayrim fanlarga qiziqishi, xohishlarini qoniqtirish va qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida o‘tkaziladigan fakultativ mashg‘ulotlariga soatlar miqdori ajratiladi.
O‘quv rejasi tuzishda quyidagi omillarga asoslaniladi: 1. Ta’limning uzluksizligi va izchilligiga;112
2. O‘quv fanlarining hajmi, o‘quvchilarning yoshi, bilim saviyasiga qarab belgilanadi; 3. O‘quv rejasiga kiritilgan fanlar dunyoviy va ilmiy xarakterga ega bo‘lib, umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratiladi.
O‘quv rejasida tabiiy fanlar – matematika, fizika, kimyo, biologiya, geografiya, informatika kabi fanlar asosiy o‘rinni egallab, o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakl-lantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu bilan birga ijtimoiy fanlar – ona tili, tarix, chet tili kabi fanlar bilan bir qatorda o‘quvchining ma’naviy dunyosini boyitadigan va ijtimoiy hayotga tayyorlashda ahamiyatga ega bo‘lgan tasviriy san’at, musiqa, jismoniy tarbiya, mehnat ta’limi va iqtisod asoslari singari fanlarni o‘qitish uchun soatlar ajratiladi.
O‘quv rejasining tushuntirish xatida ikkita qoida yoritiladi: o‘quv rejasining tuzilish prinsiplari ta’lim mazmunining tarkibi va strukturasiga ta’sir etadigan, uni to‘g‘rilaydigan omillardan biri sifatida ifodalanadi; ta’lim mazmunining, ta’lim konsepsiyasini aks ettiradigan hujjat sifatidagi o‘quv rejasining vazifalarini kengaytirmay turib, rejada va o‘quv dasturlarida ta’lim mazmunining tarkibi va tuzilishini to‘liq yoritib bo‘lmaydi.O‘quv rejasida o‘quv predmetlarining yaxlit kontegratsiyalangan tizimi ikki marta: maktabdagi ta’limning dastlabki va oxirgi pog‘o-nalarida, o‘qitishning boshlang‘ich va yakunlovchi bosqichlarida ifodalanadi. Maktabning o‘rta zvenosida predmetlarni tabaqali o‘rganish asosiy o‘rin oladi.
Ta’limning boshlang‘ich bosqichida integratsiyalangan kurslar kiritilishining sababi bolalarda yaqqol tabaqalangan kurslarga qiziqish bo‘lmasligi, ya’ni ana shu davrda ular dunyoni yaxlit bilishi va idrok etishidir. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchini bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining o‘zi qiziqtiradi. Predmetni bilishga qiziqish aqliy faoliyatning murakkab shakllari rivojla-nishiga va keyinchalik predmetlarning tavsiflanishiga bog‘liq holda vujudga keladi. Amaliyotdan ko‘rinadiki, yangi tipdagi maktablarni yaratish, ta’lim mazmunidan ortiqcha mafkuraviylashtirish va cheklashlarni chiqarib tashlash orqali ta’limdagi qoliplarning 113
barham topishi ancha tezlashmoqda. Lekin ta’lim jarayonining o‘zini qayta qurish, o‘qituvchi bilan o‘quvchilar munosabatining uslublarini o‘zgartirish natijalari yaxshi sezilmayotir.
Maktablarda ta’limning mazmunini yangilash borasidagi tadbirlar va echimlar orasidagi o‘rta maktab o‘quv materiallarini quyi sinflarga oddiygina ko‘chirish bilan o‘quvchilarning qobiliyatini tezroq rivojlantirishga, ta’limning sifatini oshirishga intilishlar ham uchramoqda. Bunday materiallar esa bolalar o‘zlashtirishining psixologik xususiyatlariga ham, quyi sinfdagi o‘qitish metodlariga ham to‘g‘ri kelmaydi. Shunga ko‘ra, mazkur tadbir ortiqcha so‘zlarni kiritish, axborotlarni ko‘paytirish bilan ta’limning mazmunini murakkablashtiradi va hajmini oshiradi, bolaning xotirasi cheksiz bo‘lsa-da, uning uchun o‘quv mashg‘ulotini qiyinlashtiradi, xolos. Insonparvar munosabatni barpo etish qadriyatlarning o‘zgarishini talab qiladi. Endilikda boshlang‘ich ta’limda bilimlarning tayyor shakllarini o‘zlashtirish va, asosan, faoliyatning qayta tiklash turlaridan foydalanish emas, balki bola faoliyatining bilim olish jarayoniga bog‘liq izlanish turlarini faollashtirish kerak. Psixologlarning tadqiqotlaridan ma’lum bo‘lishicha, ta’lim ana shu yo‘sinda qayta qurilsa, bola to‘liq kamol topish subektiga aylanadi. Shunda u faqat qayta tiklash va to‘ldirish lozim bo‘lgan bilimlar bilan ta’minlanadigan pedagogik ta’sir ko‘rsatish obyekti hisoblanmaydi. Bola faoliya-tining jamoaga taqsimlangan shakllarida yoki o‘qituvchi bilan birga ishlashda mustaqil bilim olish jarayoniga faol kirishadi va o‘zining ijodiy qobiliyatlarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Xususan, mustaqil bilim olish jarayonidagi faol izlanish ishlarida, hatto qiyinchiliklarga duch kelinsa ham, bolaning sog‘ligiga ijobiy ta’sir etadi. Shifokorlar va psixologlarning tasdiqlashicha, bolalar faolligining ro‘yobga chiqmasligi ularga yomon ta’sir ko‘rsatishi, intizomsizlikni, huquq buzish hollarini vujudga keltirishi, bolalarni „yuqoriga“ emas, balki „pastga“ yetaklashi mumkin. Ta’lim mazmunini qayta qurishning butun murakkabligi shundaki, bolalarni kamol toptirish talabi ularning ijodiy ishlashini kuchaytiradigan metodlarni faol qo‘llashga olib boradi, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish zarurligi esa tafakkurning reproduktiv 114
komponentlaridan voz kechishga yo‘l qo‘ymaydi. Bunda ularni oqilona birlashtirish, tafakkurning samarali va reproduktiv komponentlari shakllanishining dialektik birligiga erishish, ayrim tadqiqotchilar taklif qilayotganidek, reproduktiv komponentlarni inkor qilmaslik kerak.
Jamiyat uchun nihoyatda zarur alternativ maktablarga bola-larning yaxshi o‘sgan va tayyorlangan sara qismi yig‘ilayotgan, qolgan barcha bolalarni o‘qitish odatdagi maktablarga yuklanayot-gani sababli insonparvar pedagogika g‘oyalarini amalga oshirish yo‘liga kirgan ommaviy maktabning vazifasi juda murakkab-lashmoqda. Tabiiyki, bunday maktablarda ham bolalarga ma’lum bilimlar doirasida axborotlar berish va dastlabki ko‘nikmalarni singdirish bilan cheklanish mumkin emas: ularni imkoni boricha yuqori darajada kamol toptirish kerak.1 Dastur. O‘quv dasturlari DTSga asoslanib tuziladigan davlat hujjati bo‘lib, unda ma’lum bir o‘quv fani bo‘yicha o‘qitiladigan bilim hajmi va ta’lim mazmuni ifodalanadi.O‘quv dasturi odatda 3 qismdan iborat bo‘lib: Birinchi bo‘lim uqtirish xatidir. Bu qismda fanni o‘qitishning maqsad va vazifalari, yo‘nalishlari, dasturdan foydalanish tartibiga oid metodik maslahatlar beriladi.
Ikkinchi bo‘limda o‘quv fanining asosiy mazmuni o‘rga-niladigan nazariy va amaliy materiallar, ular o‘rtasidagi aloqador-lik, mavzular bo‘yicha o‘rganiladigan bilimlar ko‘lami va o‘quv-chida hosil qilinadigan ko‘nikma va malakalar majmui ko‘rsatiladi.
Dasturdagi mavzular ta’lim standarti bo‘yicha o‘quvchilar bilimining zaruriy va yetarli bilim darajasini o‘z ichiga olmog‘i lozim.
Uchinchi bo‘limda o‘quvchilar qo‘shimcha ravishda o‘rga-nishlari lozim bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati beriladi.
O‘quv dasturi quyidagi prinsiplar asosida tuziladi:

Yüklə 199,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə