O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti



Yüklə 199,56 Kb.
səhifə30/65
tarix28.11.2023
ölçüsü199,56 Kb.
#133387
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   65
majmua

1.Dasturning ilmiylik prinsipi. Dasturga obyektiv reallikni (voqelikni) aniq, to‘g‘ri va haqqoniy aks ettirgan, ilmiy jihatdan tekshirilgan ishonchli materiallar kiritiladi. Ma’lumki, hozirgi kunimizda fan va texnika tobora rivojlanib bormoqda. Fanga oid
1 Curriculum, cultural traditions and pedagogy: understanding the work of teachers in England, France and Germany (2012).115
yangi ma’lumotlar va masalalar kirishi bilan o‘quv dasturidagi ayrim eskirgan masalalar o‘quv fanlaridan chiqarib tashlanadi.
2.Dasturning qat’iylik prinsipi.O‘quv dasturlari jamiyatimiz taraqqiyotining har bir bosqichida fan, texnika, ishlab chiqarish hamda ijtimoiy munosabatlar sohasida erishilgan darajasini aks ettirishi lozim. Hamma o‘quv fanlariga oid dasturlarning bir necha yillar mobaynida qat’iy bo‘lishiga erishish shu fan bo‘yicha qat’iy darsliklar ishlab chiqish uchun katta ahamiyatga ega.
3.Nazariyaning amaliyot bilan birligi prinsipi. Ilmiy bilim-larni puxta egallash va o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish uchun o‘quvchilarga beriladigan nazariy tushunchalar ijtimoiy qurilish amaliyotiga bog‘lab, aniq hayotiy misollar bilan: mashqlar, tajribalar ko‘rsatib, xulosalar chiqarish kabilar bilan bog‘lanishi lozim. Bu o‘quvchining ijtimoiy faolligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Dasturning asosiy vazifasi - o‘quv predmetining mazmunini ifodalashdir. Unda kursning sinflarga, qismlarga, mavzularga bo‘linishi, ularni o‘rganish tartibi, soatlar turi ko‘rsatiladi. Hatto, dasturdagi masalalar ro‘yxati ham undagi boshqa bo‘limlarning mazmunidan tashqari, prosessual yo‘nalishi ham mavjudligidan dalolat beradi. Shunday qilib, dastur ikkita vazifani bajaradi: ta’limning mazmunini o‘quv predmeti doirasida aks ettiradi va predmet uchun muayyan normativ sifatida xizmat qiladi. Bundan tashqari, u darslikka o‘tishni tayyorlaydi va uning mualliflari faoliyati uchun yo‘llanma hisoblanadi.
Masalalar ro‘yxati - dasturning markaziy bo‘limidir, ammo unda boshqa bo‘limlar ham bo‘lib, ular darslikning tuzuvchilari fikrini va o‘qituvchilarning faoliyatini ma’lum yo‘nalishga solishi kerak. Har bir o‘quv predmeti bo‘yicha haqiqiy dastur umuman to‘rt qismdan: tushuntirish xati (har xil dasturda mazmuni turlicha); ro‘yxat ko‘rinishidagi mazmunning o‘zi (mavzular, masalalar, laboratoriyalar va amaliy ishlar, namoyishlar, ekskursiyalar); predmetlararo aloqalar ko‘rsatilgan bo‘lim hamda o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar ifodalangan bo‘limlardan iborat bo‘ladi.116
Kursning maqsadlari va vazifalarini ifodalash - dasturning eng muhim elementidir. Xususan, ana shu maqsad va vazifalar darslik muallifining dasturni amalga oshirishdagi ma’lum nuqtayi nazarini va o‘qituvchining darslikni to‘g‘rilashi hamda o‘qitish jarayonini tashkil etishi uchun tegishli yo‘nalishni belgilaydi.
O‘qituvchi, ayniqsa, yosh o‘qituvchilar o‘z izlanishlarining yo‘nalishini belgilab olish uchun kursning maqsadini chuqur anglashlari kerak.
Dasturlarda shunday vazifalar ham beriladiki, o‘qituvchi ularni hal qilish uchun institutda tayyorlanmagan bo‘ladi. Buning misoli sifatida ta’lim mazmuniga metodologik bilimlarning kiritilishini aytish mumkin. Kursga mana shunday talablar qo‘yilishining o‘zi o‘qituvchilarni chuqur o‘ylashga majbur etadi. Tajribali pedagog o‘tgan yillardagi dasturlarda bunday vazifalar bo‘lmaganini sezadi.
Bu hol uning mustaqil bilim olishi, ijodiy izlanishi, shuningdek, metodik birlashmada ishlashi uchun turtki bo‘ladi.
Darslik.Dasturda ta’limning mazmuni masalalar ro‘yxati orqali ifodalanadi. O‘quv materiali o‘quvchilarga mo‘ljallangan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, kitoblar va didaktik materiallarda, o‘qituvchiga mo‘ljallangan metodik tavsiyalarda yoritiladi. Darslik asosiy normativ hujjat hisoblanadi.
Darslik ma’lum bir fanning mazmunini dastur asosida didaktik talablarga rioya qilgan xolda bayon etuvchi o‘quv kitobidir. Darslik bilan bir qatorda o‘quvchilarni o‘quv materiallari ustida tizimli ish olib borishlari ilmiy bilim-ko‘nikma va malakalarni shakllantiradigan quyidagi kitob va qo‘llanmalardan ham foydalanadilar: 1.Badiiy adabiyot. 2.Ilmiy adabiyot. 3.Ilmiy ommabop adabiyot. 4.Masala va mashqlar to‘plami.
Darslik – o‘quvchilarning kitobi va uning eng muhim qurolidir.
U faqat darsda tahlil qilinadigan o‘quv materialini o‘zlashtirishda o‘quvchiga yordam beribgina qolmay, unda mazkur predmetga qiziqish uyg‘otishi, shu soha bo‘yicha mustaqil bilim olish ishtiyoqini ham vujudga keltirish kerak.117
Darslik o‘qituvchi uchun ham metodik qo‘llanma sifatida xizmat qiladi: tushunchalarni kiritish tartibini, ularni yoritish chu-qurligini, kiritilgan o‘quv materiallariga vaqtning taqsimlanishini belgilaydi.
Obrazli qilib aytganda, darslik o‘qitish jarayonining „ssenariysi“dir. Unda o‘qituvchi o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilimlar, faoliyat usullari qayd qilinadi, bilim va ko‘nikmalarni ijodiy qo‘llash yo‘llari belgilanadi, emotsional – qimmatli qadriyatlarni tarbiyalashning ayrim vositalari ko‘rsatiladi.
Darslikda ta’limning ana shu barcha mazmuni muayyan tartibda o‘quvchilarning ta’lim muvaffaqiyatini ta’minlaydigan bosqichlar bo‘yicha joylashtiriladi. Lekin boshlang‘ich maktab darsliklari bag‘oyat o‘ziga xosdir. Ularning hammasida metodik apparat kichkina bo‘lib, u sinflar sayin asta-sekin vujudga keladi.
O‘rta maktabda ba’zan o‘quvchi darslikdan tamomila mustaqil holda foydalana olish-olmasligi muhokama qilinsa, boshlang‘ich maktabda bu ishga o‘qituvchining rahbarligi majburiydir.
Ijodiy ishlaydigan o‘qituvchilarning tajribasini tahlil qilib, juda muhim kuzatishni amalga oshirish mumkin.
Ular darslik va o‘zlarining metodik qo‘llanmalaridan aqida sifatida emas, balki normativ model sifatida foydalanadilar. Aslida o‘qituvchilar sinfining ehtiyojini, kasbiy imkoniyatlarini nazarda tutib, o‘z darsliklarini yozadilar. Ular darslikka zid ishlamaydilar, balki uni to‘ldirib, kengaytirib va chuqurlashtirib, uning mualliflari bilan hamkorlikka kirishib ish olib boradilar. Binobarin, muallif bolalarning tayyorgarlik darajasini hisobga olish, ularga tabaqali yondashish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi.
O‘qituvchi doimo o‘quv yili boshlanishidan oldin va keyinchalik har kuni darslikka murojaat qiladi. Uning bundan maqsadi har gal har xil bo‘ladi. Darslik o‘qituvchining qo‘lida juda ko‘p vazifalarni bajaradi. U, avvalo, predmetni o‘qitish vositasi sifatida xizmat qiladi. Har bir o‘qituvchi ana shu vazifani biladi va uni muvaffaqiyatli amalga oshira oladi.118

Yüklə 199,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə