O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti



Yüklə 199,56 Kb.
səhifə26/65
tarix28.11.2023
ölçüsü199,56 Kb.
#133387
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   65
majmua

SAVOL VA TOPSH1RIQLAR
1. Didaktika kategoriyalari to‘g‘risida o‘z fikringizni bildiring.
2. Hozirgi zamon shaxsini shakllantirishni siz qanday tushunasiz?
3. Ta’Iim berish va o‘qitish hamda o'qitish integratsiyasi tushun- chalari haqida gapirib bering.
4. Laboratoriya mashg'ulotida ta’lim-tarbiya, o‘qitish integratsiya- sini kuzating.
7. MAVZU: TA’LIM SHAKLLARI,METODLARI VA VOSITALARI TASNIFI.PEDAGOGIK MAHORAT ASOSLARI VA UNING TARKIBIY QISMLARI.
Reja:
1. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartini izohlang
2. O‘quv rejasi, dasturlar va darsliklar nimalarga asoslanib tuziladi.
3. O‘quv rejasini tuzishda qanday omillarga asoslaniladi.
4. O‘quv dasturi qanday prinsiplarni o‘z ichiga oladi.
5. Darsliklarni tahlil qilishda nimalarga e’tibor berishimiz kerak.

Har bir ijtimoiy tuzum ta’lim oldiga o‘ziga xos maqsad va vazifalarni qo‘yadi. Bunday vazifalar turli davrlarda turlicha bo‘lgan. Jamiyat, fan, texnologiya va ijtimoiy munosabatlar o‘zgarishi ana shu maqsadlarning yangilanishiga sababchi bo‘ladi.


Qadimgi Afina, Sparta va Rim ta’lim tizimining oldiga qo‘yilgan maqsadlar yoshlarda asosan harbiy, jismoniy va estetik tarbiyani shakllantirish bo‘lgan bo‘lsa, o‘rta asrlarga kelib matematika, astronomiya, falsafa, geografiya fanlarining gurkirab rivojlanishi sababli ularni o‘rganish asosiy maqsad qilib belgilangan.
Uyg‘onish davri va ayniqsa o‘rta asrlardan keyingi davrlarda ta’limning nafaqat bilim berish, balki ta’lim oluvchini shaxs sifatida rivojlantiruvchi funksiyalariga alohida e’tibor qaratila boshlandi.
XX asr boshlarida progressiv pedagogika vakillari ta’limning maqsad va vazifalarini belgilashda turli yondashuvlarga asos-lanishgan bo‘lsa ham ularning umumiy jihati shundan iborat ediki, ta’limning maqsadlari, uning mazmuni va tuzilishi (strukturasi) pragmatik nuqtayi nazardan (g‘arb pragmatizmi g‘oyasiga asoslan-gan), ya’ni jamiyatning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda belgilandi. Jamiyat, uning ijtimoiy tuzilishi va undagi munosa-batlarning o‘zgarishi, ilm, fan va texnologiyalarning taraqqiy etishi ta’lim oldiga yangi maqsadlarni qo‘yaveradi.
YUNESKO 1988 yili o‘zining mashhur qarori bilan XX asr pedagogik konsepsiyalarining shakllanishiga jiddiy hissa qo‘shgan to‘rt pedagogni alohida e’tirof etgan. Bular Djon Dg‘yui, Georg Kershenshteyner, Maria Montessori va Anton Makarenkolar. Ular tomonidan ilgari surilgan ta’limning maqsad va vazifalari o‘z davri 99
uchun hamda aksariyat g‘oyalar bugungi kun ta’limi uchun ham g‘oyat dolzarbdir. Hususan, A.Makarenkoning fikricha, ta’limning bosh maqsadi ta’lim oluvchilarning sifatlarini shakllantirishda aks etmog‘i kerak. Birinchi bo‘lib “ta’lim” tushunchasini kiritgan shveysariyalik pedagog I.G.Pestallotsi (1746-1826) tabiat qonun-lari asosida ta’lim berish g‘oyasini ilgari suradi. Bu g‘oyaning asosiy tezisi shundan iboratki, ta’lim va tarbiya inson tabiatining rivojlanishiga mos ravishda olib borilishi kerak. Uning fikricha, tabiat ta’lim va tarbiyaning eng optimal usullarini insoniyatga taqdim etgan va bu usullar tabiyatning abadiy qonunlariga tayanadi.
I.G.Pestallotsi g‘oyalarining qattiq ta’sirida bo‘lgan G.Kershenshteyner ta’limning maqsadlari haqida bunday yozgan edi: “... Iqtisodiyot va tarbiyaning asosiy muammolari o‘zaro chambarchas bog‘liqdir: iqtisodiyotning ko‘plab muammolarini sifatli xalq ta’limisiz yechib bo‘lmaganidek, sifatli ta’lim va tarbiyaga iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy vaziyatlarni yaxshilamasdan erishib bo‘lmaydi”. Ya’ni, yosh avlodning tarbiyasi asosan davlat manfaatlaridan kelib chiqib qurilishi kerak, degan g‘oyani ilgari suradi.
Ta’lim nazariyasi va amaliyoti rivojlanishining barcha bosqichlarida turli pedagogik qarashlar, g‘oyalar, yondashuvlar shakllangan bo‘lib, ba’zilari bir-biriga tubdan qarama-qarshi bo‘lgan. Masalan, XVIII asr oxirlari – XIX asr boshlarida formal va material ta’lim nazariyalari (Pestallotsi ushbu nazariyalarga butkul qarshi pozitsiyada bo‘lgan) hukmron bo‘lgan. Formal ta’lim bolaning xotirasi, diqqati, qabul qilish kabi psixologik funksiyalarni rivojlantirishni, material ta’lim esa aksincha – bolaning bilim olishini asosiy maqsad qilib oladi. Bugungi kunga kelib ma’lumki, ushbu g‘oyalar bir-birini to‘ldiruvchi, uzilmas g‘oyalardir.
XIX asr oxirlari – XX asr boshlari ham ta’lim nazariyasi va amaliyotiga yangi g‘oyalar kiritilganlik bilan alohida ehtiborga loyiqdir. Bunday g‘oyalardan biri pedagogikada pragmatizm (amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan g‘oya) g‘oyasidir. Uning asoschilari Djon Dg‘yui, U.Kilpatrik, E.Parkxerst, E.Kollings va boshqalarning fikricha tarbiyaning maqsadi “turli vaziyatlarga 100

Yüklə 199,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə