O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti


Избранные произведения мыслителя Ближнего и Среднего Востока 1X-IIV веков. - М., 1961 г. 1Ал-Форобий. Математические трактаты. - Алматы: «Наука», 1972, 327- стр



Yüklə 199,56 Kb.
səhifə23/65
tarix28.11.2023
ölçüsü199,56 Kb.
#133387
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   65
majmua

1 Избранные произведения мыслителя Ближнего и Среднего Востока 1X-IIV веков. - М., 1961 г. 1Ал-Форобий. Математические трактаты. - Алматы: «Наука», 1972, 327- стр.
Forobiy matematika fani misollari asosida o‘qitishning ilmiylik, ko‘rsatmalilik, tushunarlilik va izchillik prinsiplarini ishlab chiqqan.
Bilish jarayoni va fandagi bilim shakllarining mohiyatini yoritgan.
Uning fikricha, ana shu jarayonlar qonunlar sifatida shakllanadi va ularga rioya qilish fikrlashni takomillashtiradi hamda murakkab bilish jarayonida qo‘pol xatolaming oldini oladi. Bilish jarayoni fikrlash mantiqi orqali amalga oshadi. Mantiq, obyekti anglashga qaratilgan va aql yetadigan mohiyatlar tahlil etiladigan fikrlash jarayonining to‘g‘riligini belgilashga xizmat qiladi. Mantiq quroldir va u narsalami aniq bilishga yordam beradi.
Forobiy bilish faoliyatini tashkil etish masalalari bo‘yicha ham anchagina mufassal tavsiyalami ishlab chiqqan. Uning yozishicha, yaxshi nazariyotchi bo‘lish uchun nazariya qaysi fanga taalluqli bo‘lsa- da, quyidagi uchta shartga rioya qilishi shart: 1. Mazkur fan asosidagi hamma prinslplami to‘liq bilish. 2. Mana shu prinsiplardan va mazkur fanga doir ma’lumotlardan tegishli xulosalar chiqara bilish. 3. Noto'g'ri
56nazariyani rad eta bilish va haqiqatni yolg‘ondan farqlash, xatolami to‘g‘rilash uchun boshqa mualliflaming fikrlarini tahlil qila bilish2.
1 Абу РаЙхон БеруниЙ Избранные произведения. T.X. Част Ш. - Т.: «Фан», 1973-1976 годы.
Borliqning aks etishi sifatidagi hissiy bilish muammosi va eng asosiy masala - bilishning manbalari masalasi doimo Beruniy nazariy bilish faoliyatining diqqat markazida turdi. Olim bilishning nazariy asosini cheksiz va uzluksiz jar ay on sifatida tahlil va talqin qildi. U o‘ zidan oldingi olimlar ishlab chiqqan bilishning ilmiy metodlarini rivojlantirib, didaktik yo‘sinda muhim xulosalar chiqardi - «O'qish va takrorlash orqali,-deb yozgan edi Beruniy, - dunyoning tuzilishini, osmonning va Yeming shakllarini bilish astronomiya fani uchun g‘oyatda foydalidir.
Binobarin, ana shu tariqa ta’lim oluvchi malaka hosil qiladi va mazkur san’at ahli ishlatadigan so‘zlami o‘rganadi, bu so ‘zl ami ng ma’nosini anglaydi.
Keyinchalik astronomiya fanidagi turli sabablar va isbotlami o‘rganishda ana shunday so'zlar uchrasa, ulami bemalol tushunib boraveradi va u yoki bu narsalami o‘zlashtirishda charchamaydi»1.
Beruniy ta’kidlaganidek, o‘qitish izchil, ko‘rsatmali, maqsadga muvofiq bodishi va malum tizimda olib borilishi lozim. Binobarin, ko‘rsatmalilik ta’limning tushunarliroq, muayyanroq va qiziqarliroq bo‘lishini ta’minlaydi, tafakkumi rivojlantiradi.
Ibn Sinoning bilim orqali erishiladigan natijalari haqidagi ta’limoti o‘qitish nazariyasida alohida o‘rin egalladi. Uning fikricha, buyumlami chinakam bilishga tashqi ko'rinishini tahlil qilish, sabablarini aniqlash asosida aql bilan erishiladi. Ibn Sino aqlning rivojlanish bosqichlarini ishlab chiqqan. Mushohada bilan idrok qilishning birinchi bosqichi aqliy kategoriyalami tushuntirishdir. Ikkinchi bosqich ikki xil fikmi idrok etishdir. Aqliy rivojlanishning uchinchi bosqichiga o‘zlashtirilgan fikrlami idrok etish bilan erishiladi. Shunda uni haqiqiy aql deyiladi.
Olim aqliy faoliyatni bosqichlarga bo‘lar ekan, birinchi bosqichda yodlay oladigan, lekin hali harflami ham, siyoh va qalamni ham bilmaydigan bolaning aqlini nazarda tutgan; ikkinchi bosqichda tayoqchalami chiza boshlagan, qalamdan foydalanishni o'rganayotgan bolaning aqli tasavvur qilinadi; uchinchi bosqichda inson aqliy ihakllami va ularga muvofiq hissiy obrazlami egallagan bo‘ladi, Ibn Sino aql deganda insonning tug‘ma iste’dodini, shuningdek, tajriba asosida va bilish jarayonida shakllanadigan fikrlash qobiliyatini tushunadi, Aqlni insonning birlamchi tug‘ma sogdom fikrlashi, yaxshi
57va yomon ishlami vujudga keltiradigan, ulami farqlantiradigan kuch, deb ta’riflaydi. Aql insonning xatti-harakatlarida namoyon bo‘ladi.
Inson aql yordamida narsalar va hodisalami tahlil qiladi, umumlashtiradi hamda ulaming eng yaxshilarini tanlaydi, deb uqtiradi. Shuningdek, aqlni ikki kategoriyaga ajratadi. Ulaming bin — nazariy aql bo‘lib, borliqdagi umumiy narsalaming mohiyatini idrok etishdir, ikkinchisi esa amaliy aql bo‘lib, buyumlami tanlashda turtki sifatida ko‘rinadigan qobiliyatdir.
Abdulla Avloniy (1878-1934) o‘zining barcha tadqiqotlarida ilm muammosini birinchi o'ringa qo‘ygan. «Alhosil, - deb yozgan edi u, - butun hayotimiz, salomatligimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, himmatimiz, g'ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilm bilan bog'liqdur...
Shuning uchun o‘qimak, bilmak zamonlarini qo‘ldan bermay, vujudimizning dushmani bo‘Igan jaholatdan qutulmakkajonimiz boricha sa’y qilmagimiz lozimdur»1.

Yüklə 199,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə