O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti



Yüklə 199,56 Kb.
səhifə27/65
tarix28.11.2023
ölçüsü199,56 Kb.
#133387
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   65
majmua

moslashuvchan” shaxs tarbiyasidir. D.Dg‘yui va uning izdoshlari fikricha, har bir insonning bolalik davridan sog‘lig‘iga, hayot tarziga va ma’naviyatiga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish orqali uning hayotiga ijobiy ta’sir o‘tkazish mumkin. Bola tarbiyasiga turli faktorlar – iqtisodiy, ilmiy, madaniy, ma’naviy va boshqalar – orqali intensiv ta’sir ko‘rsatiladi. D.Dg‘yui o‘z davrining reformatori sifatida ta’kidlaganki, fan sifatida pedagogika uchun eng muhim manba – bu hayot sinovlaridan o‘tgan va o‘zining samarasini isbot qilgan metodgina afzal. D.Dg‘yui falsafiy pragmatizm yo‘nalishining yorqin vakili sifatida “faqat foyda bersagina haqiqatdir” (falsafada pragmatizm yo‘nalishining asosiy g‘oyasi) nuqtayi nazaridan kelib chiqib ta’limning ham shunga mos maqsadlarini belgilagan. Ya’ni, samarasi yo‘q ta’lim metodlari va vositalari haqiqat emasdir. Biz keyingi boblarda D.Dg‘yuining ta’lim berish g‘oyalari asosida yaratilgan bugungi kunimizda eng samarali hisoblangan muammoli, ta’lim yondashuvining texnologiya, metod va vositalari, ya’ni loyihaviy yondashuv texnologiyasi haqida, alohida to‘xtalib o‘tamiz.
O‘tmishdan hozirgi kungacha ta’limning bosh maqsadlari o‘q tomir sifatida quyidagilar belgilanib kelingan: yoshlarni ta’lim va tarbiya jarayoniga jalb etish, insoniyat madaniy merosini keyingi avlodga tizimli ravishda yetkazish, har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiya qilish.
O‘tmishga nazar solar ekanmiz, XX asr boshlarigacha bizning o‘lkamizda ta’lim asosan madrasalarda olib borilgan va ushbu madrasalarda diniy ta’limot olib borilgan. Xuddi shunday holatni g‘arbda ham kuzatish mumkin edi: g‘arb ta’limining asosiy maskanlari iezuit maktablari bo‘lgan. Ularning ham asosiy maqsadlari diniy tarbiya bo‘lgani bilan, lekin qisman bo‘lsa-da dunyoviy bilimlar berilgan. Diniy bilimlar berilishining asosiy sababi shundan iborat ediki, ushbu davrda sanoat va ishlab chiqarish XX asrdagi kabi gurkirab rivojlanmagan edi. XX asrga kelib esa sanoatning ko‘plab jabhalari ilm-fan yutuqlariga asoslangan holda rivojlanishi hamda yangi bosqichga ko‘tarilishi sababli mehnat bozorida malakali, dunyoviy ilmlardan xabari bor, texnika va texnologiyani tushunadigan kadrlarga ehtiyoj kuchaya 101
boshlagan edi. Bunday sharoitlarda jamiyat ta’lim oldiga yangi maqsadlarni qo‘ya boshladiki, bunda yosh avlod ijtimoiy munosabatlar o‘rnatadigan, tabiiy fanlarni chuqur o‘rgangan, insoniyatning boy madaniy merosidan xabardor bo‘lishi taqozo etildi. Chindan ham XX asr davomida ta’limning asosiy maqsadlari sifatida ushbu tezislar ilgari surilgan edi. Yuqorida aytilgan fikr yana o‘z tasdig‘ini topmoqdaki, jamiyat ehtiyojlari va talablari ta’lim oldiga o‘z maqsadlarini qo‘yadi. Ya’ni, davlat jamiyat nomidan ta’limning asosiy buyurtmachisi sifatida unga yangi maqsad va vazifalarni belgilab beradi.
Bugungi kunga kelib, ya’ni XXI asr boshlarida ham, mazkur jarayon takrorlanmoqdaki, bu jarayon ta’lim oldiga jamiyatning yangi ehtiyoj va talablari asosida yangi maqsadlarni qo‘yish bilan namoyon bo‘lmoqda.
Bunday yangi talab va ehtiyojlar nimalardan iborat?
Ma’lumki, XXI asr postindustrial asri deyiladi. Ya’ni, insoniyat sanoat davridan yangi bosqichga, axborot asriga, bilimlarga asoslangan iqtisodiyot davriga qadam qo‘ydi. Tabiiyki, bunday yangi sharoitlarda mehnat bozori ishtirokchilari, ya’ni kadrlarga bo‘lgan talablar ham o‘zgarib boradi.
XX asr murakkab asr edi, XXI asr undan ham murakkab davr hisoblanadi. Ushbu murakkablikni ta’limga proeksiyalasak xulosa shuki, insonlardan nafaqat fanlarga oid bilimlarni egallashni (akademik bilimlarga ega bo‘lishni), balki ularda yangi ko‘nik-malarni (XXI asr ko‘nikmalari ham deb yuritilmoqda) shakllan-tirishni talab qilmoqda. Avvalgi asrda insondan fanlarga oid bilimlarni egallashi, kasbiga oid tushunchalarni yaxshi bilishi yetarli bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi davrda inson o‘z hayotini muvaffa-qiyatli qura olishi uchun avvallari tasavvurimizda bo‘lmagan hayotiy ko‘nikmalarni egallashlarini taqozo etmoqda. Bunday hayotiy ko‘nikmalar haqida keyingi boblarda batafsil to‘xtalib o‘tamiz.
Ta’limning maqsadlari nimalardan iborat? Yosh avlodga qanday ta’lim va tarbiya berish va nimalarni va qanday o‘qitish kerak? Ushbu azaliy savollar pedagog-olimlarni, o‘qituvchilarni, 102
jamiyat va davlat arboblarini, va umuman har qanday ongli insonlarni o‘ylantirib kelgan.
Ijtimoiy hayot ishtirokchilarining har biri o‘ziga xos talablarni qo‘yadi: ota-onalar o‘z farzandlari baxtli bo‘lishlarini, kerakli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarini xohlaydilar; hukumat vakillari esa jamiyat a’zolari davlat qurilishida faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan, demokratik va insonparvarlik g‘oyalarini hayotga joriy etadigan, ijtimoiy munosabatlarni faol qura oladigan insonlar yetishib chiqishini xohlaydi; iqtisodiyot o‘zining talablariga javob beradigan, raqobatga bardosh bera oladigan, tegishli kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan yetuk mutaxassislarga ehtiyoj sezadi.
Bunday sharoitda, ya’ni jamiyat a’zolari ilgari surgan talab va ehtiyojlarning xilma-xilligi sharoitida, ta’lim maqsadlarini belgilashda yagona konsensusga kelish mumkinmi?
Bu savollarga to‘g‘ri javob topish nafaqat pedagogik hamjamiyatning asosiy muammolariga, balki global miqyosda ko‘tarilayotgan va yechimini kutayotgan, insoniyat oldidagi katta chaqiruvga aylangan masaladir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT: un.org) hamda uning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YUNESKO: unesco.org), yirik jamoat tashkilotlari, xalqaro hamkorlik tashkilotlari (Global Partnership for education: gpe.com, ASCD: ascd.org, Partnership for 21st Century skills: p21.org, Technology, Environment and Design – TED Education Talks: ted.com), yirik universitetlar va ularning olimlari ham XXI asrda ta’limning maqsad va vazifalari qanday belgilanishi kerak, degan savollarga o‘zlarining aniq taklif va tavsiyalarini berib kelmoqda.
Turli davrlarda ta’limning maqsad va vazifalariga nisbatan turli, hattoki qarama-qarshi g‘oya va yondashuvlar, mavjud bo‘lganki bizning davrimiz ham bundan mustasno emas.
Pedagogik hamjamiyat bu masalada bir nechta yo‘nalish tarafdorlariga bo‘linadi. Birinchi yo‘nalish tarafdorlari, ya’ni “ta’limda pragmatizm” tarafdorlari, ta’limning masqadlarini belgilashda asosiy tezis sifatida ishlab chiqarish, sanoat va mehnat bozori talablariga javob beruvchi malakali mutaxassislarni tayyorlash g‘oyasini ilgari suradi. Ikkinchi yo‘nalish tarafdorlari 103
“gumanistik ta’lim”, ya’ni ta’limni insonparvarlashtirish g‘oyasini ilgari surishadi. Gumanistik ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy qonuniyati shaxsni rivojlantirishga, uning shaxsiy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan. Bunday g‘oyaga asoslangan ta’lim maqsadlarining mazmunini belgilashda jamiyatning madaniy qadriyatlari yadro sifatida xizmat qiladi.
Pedagogik nazariyada o‘qitish maqsadlarini belgilashda alohida o‘rin egallagan, ushbu masalada yetuk mutaxassis bo‘lgan amerikalik mashhur pedagog va psixolog B.Blum taksonomiyasini keltirish mumkin. ...
Uchinchi g‘oya tarafdorlari (Ken Robinson, Dayana Xalpern, Edgar de Bono) avvalgi yo‘nalish tarafdorlaridan tubdan farq qilgan holda ta’limning asosiy maqsadi inson qobiliyatini ro‘yobga chiqarishdan iborat ekanligini, har bir insonga tabiat tomonidan ma’lum bir yoki bir nechta qobiliyat in’om etilganligi va o‘zining hayot yo‘li va mehnat faoliyatini belgilashda ana o‘sha qobiliyatni ro‘yobga chiqarish nuqtayi nazaridan amalga oshirishdan iborat, deb hisoblashadi.
Ushbu qarashlar avvalgi boblarda ko‘rilgan ta’limning falsafiy tamoyillari (antropologik, akseologik, germenevtik, gumanistik, sinergetik va madaniy) bilan bevosita bog‘liq.
BMTning “Ming yillikning rivojlanish dasturi”da qabul qilingan maqsadlar ichida insoniyatga sifatli ta’lim berish asosiy maqsadlardan qilib belgilangan. Chunki, insoniyat oldida turgan bugungi kunning global muammolarini (ekologik, infeksion kasalliklar, ocharchilik, toza ichimlik suviga ega bo‘lish kabi) yechishda aynan sifatli va samarali ta’lim orqaligina erishish mumkinligi butunjahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etildi.
Xususan, davlatimiz ichki siyosatining ustuvor yo‘nalish-laridan biri ham ta’lim tizimini rivojlantirishdan iboratdir. Bunda asosiy maqsad qilib kelajak avlodga sifatli, jahon andozalariga mos ta’lim va tarbiya berish, har tomonlama yetuk va barkamol shaxsni tarbiyalash kabilar belgilangandir. Ushbu maqsadlar hukumatimiz tomonidan qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” kabi huquqiy-me’yoriy hujjatlarda o‘z aksini topgan.104
Mazkur huquqiy-me’yoriy hujjatlarda “... fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslari...” belgilangan bo‘lib, ushbu hujjatlar “... har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan”.
Ushbu Qonuning 3 bandida ta’lim sohasidagi davlat siyo-satining asosiy tamoyillari belgilangan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:  ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;  ta’limning uzluksizligi va izchilligi;  umumiy o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi;  o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi;  ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;  davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;  ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;  bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish;  ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘un-lashtirish1.
Ta’lim asosida jamiyat rivojlanishining obyektiv ehtiyojlari turadi. Ta’lim insonning mehnat olamiga samaraliroq kirishini, jamiyat hayotiga qo‘shilishini ta’minlaydi. Mustaqillikka erishib, erkin bozor munosabatlari asosida demokratik huquqiy davlat sifatida shakllanish yo‘liga o‘tgan O‘zbekistonda hozirgi bosqichda Xalq ta’limi tizimiga, pedagogika faniga, yosh avlodda mustaqillik va faollikni, ishbilarmonlik va tadbirkorlikni shakllantirishga jiddiy e’tibor berilmoqda.
XX asr pedagoglari va psixologlarining diqqat markazida o‘quvchilarning aqliy qobiliyatlarini shakllantirish, ularni o‘qitish, tarbiyalash va kamol toptirish jarayonlarini uyg‘unlashtirish,
1 Michael Uljens. School Didactics and Learning: A School Didactic Model Framing an Analysis of Pedagogical Implications of Learning Theory 2008 y.105
faoliyat va ongning o‘zaro bog‘liqligi nazariyasini ishlab chiqish, mustaqil o‘quv bilish ishlari, o‘qishni faollashtirish, ta’lim jarayon-larini optimallashtirish, faol ta’limning shakl va metodlaridan foydalanish kabi muammolar asosiy o‘rin oladi. Ularni ishlab chiqish mamlakat pedagogika va psixologiya fanlarida jahonda haqli ravishda e’tirof etilgan turli yo‘nalish va maktablar vujudga kelishini oldindan bilish imkonini yaratdi.
Ta’lim jarayon bo‘lib, u natija va tizimdir. Ta’lim jarayon sifatida bilimlar, ko‘nikma va malakalarning ma’lum yig‘indisini, faoliyat va munosabatlarning tegishli tajribasini o‘zlashtirishga qaratilgan maxsus ishlarning tashkil qilinishidir. Ta’lim natija sifatida bilimlarni, faoliyat va munosabatlar tajribasini o‘zlash-tirishda erishilgan darajadir. Ta’lim tizim sifatida davlat muassasalari va boshqarish organlarining majmuasi bo‘lib, ular doirasida insonni tarbiyalash jarayoni amalga oshiriladi. Shu tariqa, ta’lim doimo bir yo‘la tarbiyalash jarayonini ham, o‘qitish jarayonini ham ifodalaydi.Yosh avlod haqida gap borar ekan, shaxsning kamol topishi, o‘z mavqeyini anglash va o‘zini ko‘rsatish masalalari birinchi o‘rinda turadi. Bu masalalar butun jamiyat va maxsus yaratilgan ijtimoiy institutlar va insonning o‘zi tomonidan tasodifiy ravishda ham, maqsadga muvofiq yo‘sinda ham hal qilinishi mumkin. Ta’lim tizimida shaxsning ijtimoiy-lashuvi, kasbni egallashi va moslashuvi jarayonlarini maqsadga muvofiq tarzda boshqarishga ham da’vat etilgan.Bugungi kunda har bir xalqning faqat o‘z milliy madaniyati asosida o‘qishi va tarbiyalanishi yetarli emasligi, u jahon madaniyati boyliklarini ham anglashi zarurligi to‘g‘risidagi fikrlar tasdiqlanmoqda. Bilimdon kishilarni tarbiyalashdek an’anaviy vazifa o‘rniga atroflicha fikr yuritadigan ijodkor kishilarni kamolga yetkazish vazifasi olg‘a surilmoqda. Ilgari ma’lumotlilik darajasi o‘rganilgan qoidalar, tahlil qilingan asarlar, yodlangan she’rlarning soni va bir xil masalalarni yechish ko‘nikmasi bilan belgilangan bo‘lsa, hozirgi kunda bu daraja miqyosi kengaydi. Eng muhim masalalarni qo‘ya bilish har qanday ishga ijodiy yondashish kabi xislatlar ma’lumotlilik darajasini ko‘rsatadi. 106
Avvalgi vaqtlarda o‘quvchilarni axborotlardan xabardor qilingan bo‘lsa, endi ularda hayotni o‘zgartirish, uni yaxshi tomonga burish ko‘nikmalari va qobiliyatlarini shakllantirishga jiddiy ahamiyat berish zarur. Eng muhimi, butun tarbiyaviy jarayonni insonga qaratishdir. Ta’lim insonni bilimlar bilan qurollantiribgina qolmasligi, balki uni shaxs sifatida kamol toptirishi va takomillashtirishi ham kerak. Boshqacha aytganda, jamiyatda ta’limni insonparvarlashtirish g‘oyalari tobora keng yoyilmoqda. Shubhasizki, jamiyat va maktabni insonparvarlashtirish muammosi ta’limning og‘zaki axborot usulini unumli, yaratuvchilik usuliga aylantirish bilangina hal bo‘lmaydi. Mazkur jarayonning eng muhim yo‘nalishi ta’lim mazmunini insonparvar qilishdir. Bu tadbir, birinchidan, shaxsda madaniyatni shakllantirishda fanlarning rolini oshirishdan, xalq milliy madaniyatining barqaror boyliklarini tushunishdan, ikkinchidan, tabiiy ilmiy va texnika fanlarini ekologik hamda ijtimoiy ahamiyatli jihatlar bilan boyitishdan iboratdir.
Ta’limni insonparvarlashtirishning eng zarur tomonlaridan biri maktab o‘quvchilarga faqat ma’lum hajmdagi bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishda yordam berib qolmay, balki ularni madaniyati, uning boyliklari va xilmaxilligiga jalb etishi kerak.
Hozir o‘zbek maktabining milliy xarakteri muammosi g‘oyat jiddiydir.

Yüklə 199,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə