O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti


Ta’lim mazmuni va uning tuzilishi



Yüklə 199,56 Kb.
səhifə28/65
tarix28.11.2023
ölçüsü199,56 Kb.
#133387
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   65
majmua

2. Ta’lim mazmuni va uning tuzilishi Pedagogik nazariyada ta’lim mazmuniga turlicha talqinlar berilgan bo‘lib, ba’zida ushbu talqinlar bir-birini inkor etuvchi hollar ham uchrab turadi.
D.Dyui o‘zining “Dunyodan – bolaga, boladan – dunyoga” kitobining (1921y.) “Bola va o‘quv dasturi” («The Child and Curriculum») bobida mazmun va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi munosabatni shunday ta’riflagan: “O‘rgatayotgan faningizni qismlarga bo‘ling... Uning alohida qismlarini bosqichma-bosqich o‘rganishga majburlang va bola fanni to‘laligicha egallaydi.
O‘qitishning bunday tamoyilini tutganda darsliklar shunday 107
yozilishi kerakki, u mantiqiy qismlarga bo‘linishi va ular mahlum ketma-ketlikda joylashishi hamda ushbu qismlarni o‘rgatish bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak... Agar ta’lim mazmuni o‘quvchining asta sekin shakllanib va kengayib borayotgan tafakkurida ma’lum o‘rin egallashi, keyingi faoliyatida foydali bo‘lsa, o‘quvichining “qiziqishini” uyg‘otish uchun xilma-xil metodik harakatlarga ehtiyoj qolmaydi”. Ko‘rinib turibdiki, ta’lim berishda uning mazmuni metodologiyaga (uning ahamiyatini pasaytirmagan holda) nisbatan birlamchi o‘rinda turadi. Aynan ta’lim mazmuni o‘qitish strategiya, yondashuv, texnologiya va metodlarni qanday bo‘lishini belgilab beruvchi birlamchi omildir.
Ta’lim mazmuniga ijtimoiy-madaniy jihatdan qaraydigan bo‘lsak, u insonni jamiyatdagi hayotga tayyorlash va ijtimoiy ahamiyatga ega vazifalarni bajarishga tayyorlovchi, ma’lum pedagogik qoidalarga moslashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalar, ijodiy faoliyat vosita va usullaridan iborat tizimdir.
Boshqacha so‘z bilan aytganda, ta’lim mazmuni – ilmiy bilim, ko‘nikma va malakalar tizimi bo‘lib, ularni egallash o‘quvchilarning aqliy va jismoniy qobiliyatlarining rivojlanishi, ularning dunyoqarashi va ahloq normalarining shakllanishi, ijtimoiy hayot va mehnat faoliyatiga tayyorlanishi ta’minlanadi.
Zamonaviy didaktikada ta’lim mazmuni va uning strukturasi haqida so‘z borganda turli yondashuvlar mavjud. Uning birinchi sababi shundan iboratki, ta’limning maqsadlari hamda uning amalga oshiradigan vazifalari jiddiy tarzda o‘zgarganligidadir.
Yana bir sababi esa ta’lim – insoniyat tomonidan erishgan fan yutuqlari va madaniy me’roslarni o‘quvchilar tomonidan egallash degan tushuncha o‘quvchilarning o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish va ko‘zlagan maqsadlariga erishish bilan to‘qnash kelishidir.
Bir tomondan ta’lim mazmuni deganda o‘quvchiga bog‘liq bo‘lmagan tashqi ta’sir qiluvchi omil tushunilsa, boshqa jihatdan o‘quvchida ta’lim olish jarayonida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, uchinchidan esa shaxsiy va ijtimoiy madaniy jihatlar aloqasi tushuniladi.108
Ta’lim mazmuniga nisbatan turli yondashuvlar va qarashlar mavjud bo‘lishidan qat’iy nazar uning manbasi insoniyat tomonidan to‘plangan ijtimoiy-madaniy tajriba va merosdir.
Ta’lim mazmunini belgilash va shakllantirish bir nechta bosqich orqali amalga oshiriladi. Bular:  ta’lim mazmuni yaxlit holda, o‘rganiladigan ijtimoiy tajriba elementlari, strukturasi va ijtimoiy funksiyalari umumlashgan holda pedagogik talqinda berilib davlat ta’lim standartlarida aks etgan nazariy bosqich;  maxsus bosqich, bunda alohida o‘quv predmetlarining mazmuni belgilanib o‘quv dasturlarida o‘z aksini topadi;  ta’lim mazmunini shakllantiruvchi alohida o‘quv predmetiga xos o‘quv elementlardan iborat bo‘lgan quyi bosqich bo‘lib, darslik va qo‘llanmalarda o‘z aksini topadi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning 7-moddasida ta’lim mazmu-nini belgilash tartibi quyidagicha amalga oshiriladi: Davlat ta’lim standartlari umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
Davlat ta’lim standartlarini bajarish O‘zbekiston Respublika-sining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
DTSning tashkil etuvchilari: 1. o‘quvchilar bilimiga, ko‘nikma va malakalariga qo‘yila-digan minimal talablar 2. o‘quv reja 3. o‘quv dastur 4. baholash me’zonlari O‘quv predmeti pedagogik nuqtayi nazardan asoslangan va talqin etilgan ilmiy bilimlar, aqliy va amaliy faoliyat usul va vositalari (ko‘nikma va malakalar) tizimi bo‘lib fanning asosiy mazmuni va usullarini aks ettiradi.
O‘quv predmetining fandan farqlari quyidagilardan iborat: birinchidan, bilimlar hajmi bilan; ikkinchidan, bilimlarni talqin etish usullari bilan; uchinchidan, fanning barcha elementlarini o‘quv fanida keltirilishi bilan farqlanadi.109
Odatda o‘quv predmetlari tabiiy-matematik va ijtimoiy (gumanitar) bloklarga bo‘linadi. Tabiiy-matematik siklga oid fanlarda deyarli barcha tabiiy va aniq fanlarning elementlari keltiriladi, ijtimoiy o‘quv predmetlarida esa asosiy urg‘u faktlar va tushunchalarga beriladi.
O‘quv predmetlarini klassifikatsiya qilishning boshqa usuli ham mavjud bo‘lib, bunda o‘quv predmetini o‘qitishdan asosiy komponent nimaligidan kelib chiqiladi. Masalan, fizika, ximiya, matematika, biologiya, astronomiya, geografiya, tarix fanlari “ilmiy bilimlar” asosiy komponent hisoblanadigan fanlar turkumiga kiradi; informatika, chet tillari, chizmachilik, jismoniy tarbiya, mehnat fanlarida esa “faoliyat usullari” asosiy komponent hisoblanadi; tasviriy sanhat va musiqa o‘quv predmetlari esa “badiiy ta’lim va estetik tarbiya” asosiy komponent hisoblanadigan fanlar turkumiga mansub.
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta'lim standarti o‘quvchilar umumta’lim tayyorgarligiga, saviyasiga qo‘yiladigan majburiy minimal darajani belgilab beradi.
Davlat ta'lim standarti (DTS) ta'lim mazmuni, shakllari, vositalari, usullarini, uning sifatini baholash tartibini belgilaydi.
Ta’lim mazmunining o‘zagi hisoblangan standart vositasida mamlakat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan turli muassasalarda (davlat va nodavlat) ta'limning barqaror darajasini ta'minlash sharti amalga oshiriladi. DTS o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘quv dasturlari, darsliklar, qo‘llanmalar, nizomlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.Umumiy o‘rta ta'limning davlat ta'lim standarti o‘zining tuzilishi va mazmuniga ko‘ra davlat, hudud, maktab manfaatlari va vositalari muvoza-natini aks ettiradi hamda eng asosiysi o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqadi.
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti quyidagi tamoyillarga tayangan holda ishlab chiqiladi:  davlat ta’lim standartining davlat va jamiyat talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi;  o‘quv dasturlari mazmunining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti hamda fan-texnika rivojlanishi bilan bog‘liqligi;110
 umumiy o‘rta ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi;  umumiy o‘rta ta'lim mazmunining insonparvarligi;  ta'lim mazmunining Respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitligi;  umumiy o‘rta ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsion texnologiyalarga tayanish;  o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan majburiy minimal talablar.
Umumiy o‘rta ta’lim ikki bosqichdan iborat bo‘lib, boshlang‘ich (1-4 sinflar) va umumiy o‘rta ta’lim (1-9 sinflar)ni qamrab oladi. Umumiy o‘rta ta’limning davlat talim standarti boshlang‘ich hamda umumiy o‘rta ta’lim nihoyasida o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning minimal darajasini belgilab beradi. Har bir sinf yakunida o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar o‘quv fanlari bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘quv dasturlarida o‘z aksini topgan. Barcha maktab predmetlarida beriladigan ta’limning mazmuni davlat hujjatlarida, o‘quv rejasida, o‘quv dasturlari va darsliklarida aks etgan. Ana shu hujjatlar respublikadagi barcha maktablar uchun majburiydir.

Yüklə 199,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə