O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti



Yüklə 199,56 Kb.
səhifə45/65
tarix28.11.2023
ölçüsü199,56 Kb.
#133387
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   65
majmua

Birinchi metod—tushuntirish illyustratsiyalash o‘quvchi bilan ta’lim tizimi o‘rtasida aks aloqaning mavjudligmi ko‘zda tutmagani bois uni kasbiy kompyuter (axborot kommunikatsiya texnologiyalari) dan foydalaniladigan tizimlarda qo‘llash befoyda. 0 ‘qitishning hisoblash texnikasi vositalaridan foydalaniladigan, reproduktiv metodi o‘quvchiga o‘qituvchi va (yoki) axborot kommimikatsiya texnologiyalari tomonidan xabar qilinadigan bilimlami o‘zlashtirishni hamda taiim oluvchining o‘rganilgan materialni qayta yaratish, uni o‘xshash (analogik) vaziyatlarda qoilashga oid faoliyatini tashkil qilishni ko‘zda tutadi. Mazkur metodni axborot kommimikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bilan qoilash ta’lim jarayonini tashkil qilish sifatini jiddiy yaxshilash imkonini bersada, biroq о‘quv jarayonini an’anaviy qoilanadigan sxemadan (axborot kommunikatsiya texnologiyalarisiz) foydalanilganiga nisbatan tubdan o‘zgartirishga imkon bermaydi. Bu jihatdan muammoli hamda tadqiqotchilik metodlaridan foydalanish ko‘proq o‘zini oqlaydi. 0‘qitishning muammoli metodi axborot kommunikatsiya texnologiyalarining о‘quv jarayonini qandaydir muammoni qo‘yish va uni hal qilish yechimlarini izlash sifatida tashkil qilishga oid imkoniyatlaridan foydalanadi. Asosiy maqsad ta’lim oluvchiiaming bilish faolligini oshirishga maksimal darajada ко ‘maklashishdan iborat. Taiim jarayonida olinayotgan bilimlar asosida turli toifadagi masalalarning yechilishi, shuningdek, qo‘yilgan muammoni hal qilish uchun zarur boiadigan qator qo‘shimcha bilimlami olish va tahlil ko‘zda tutiladi. Bunda axborotni to‘plash, tartiblashtirish, tahlil va uzatishga oid ko‘nikmalami egallashga alohida e’tibor qaratiladi. 0‘qitishning axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan tadqiqotchilik metodi taiim oluvchiiaming ma’luro darajada ilmiy texnik tadqiqot olib borish jarayonidagi mustaqil ijodiy faoliyatini ko‘zcla tutadi. Bu metoddan foydalanilganda ta’lim faol tadqiqot, kashfiyot va o‘yin natijasi sanaladi, buning natijasida, odatda, yuqorida sanab o‘tilgan metodlardan foydalanilganidan ko‘ra yoqimliroq va muvaffaqiyatliroq boiadi.
0‘qitishning muammoli metodi - metod, obyekt va vaziyatlami ularga ta’sir o‘tkazish jarayonida o‘rganishm ko‘zda tutadi. Muvaffaqiyat qozonish uchun ta’sirlarga ta’sir qiladigan muhitning boiishi zarur. Bu ma’noda tengsiz vosita modellashtirish, ya’ni real ob’yekt, vaziyat yoki muhitning dinamikada imitatsion tasawuri sanaladi. Eng so‘nggi texnik yutuqlar ko‘pincha taiim jarayonida o‘zining munosib o‘mini egaliagan, bu ma’noda axborot kommunikatsiya texnologiyalari ham istisno emas.
О‘quv jarayonida kompyuterlardan foydalanish bo‘yicha dastlabki tajribalar hisoblash texnikasidan foydalanish ta’lim jarayoni samaradorligini sezilarli darajada oshirishi, bilimlarni hisobga olish va baholashni yaxshilashi, qiyin vazifalarni hal qilishda o‘qituvchining har bir ta’lim oluvchiga yakka tartibda yordam berishini ta’minlashi, yangi kurslami yaratish va qo‘yishni osonlashtirish kabi imkonyatlarni berishini ko‘rsatdi. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari so‘z, raqam, tasvir, tovush va boshqa ko‘rinishIarda beriladigan axborotni qayta ishlash uchun keng imkoniyatli vosita sanaladi. Ulaming vosita sifatidagi asosiy xususiyati axborot olish va qayta ishlash bilan bog‘liq turli xil amallami bajarish uchun sozlash (dasturlashtirish) imkoni mavjudligidir. 0‘quv jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish foydalanuvchilaming tafakkur ko‘nikmalarini va murakkab vazifalarni hal qilish malakalarini rivojlantirishning yangi yo‘llarini ochib beradi, ta’limni faollashtirish uchun prinsipial yangi imkoniyatlami taqdim qiladi. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari auditoriya va mustaqil mashg‘ulotlami yanada qiziqarli, dinamik va ishonchli, o‘rganiladigan axborotning katta oqimini oson o‘zlashtiriladigan qilish imkonini beradi. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining ta’­ limning boshqa texnik vositalariga qaraganda asosiy ustunliklari nozikligi, ta’limning turli model lari va algoritmlariga sozlash, shuningdek har bir ta’lim oluvchining xatti-harakatlariga yakka tartibda ta’sir qilish imkoniyati sanaladi. Bunday vositalardan foydalanish ta’lim jarayonini yanada faollashtirish, unga tadqiqotchilik va izlanuvchanlik xarakterini bag4 ishlash imkonini yaratadi. Darsliklar, televideniye va kinofilmlardan farqli o‘laroq, axborot kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim oluvchining xattiharakatiga zudlik bilan javob berish, turli toifadagi ta’lim oluvchilar uchun materialni takrorlash, tushuntirish, puxtaroq tayyorgarlikka ega bo‘lgan ta’lim oluvchilar uchun yanada murakkab va o‘ta murakkab materialga o‘tish imkoniyatini ta’minlaydi. Bunda individual sur’atlarda o‘qitish oson va tabiiy tarzda amalga oshiriladi. Shubha yocqki, ko‘p hollarda kompyuteming afzalliklari to‘g‘risida gapirib o‘tirishning o‘zi nojoiz. U nafaqat talabalarni mashaqcatli mehnatdan ozod qiladi, balki ularga melmat talab amaliy topshiriqlar bilan chiziqli dasturlashtirish hamda murakkab analitik tadqiqot! ardan foydalanib shug‘ullanish imkonini beradi. Test muharririaridan foydalanish talabalami mashinkada terishdek og‘ir ishdan xalos etib, o‘qiluvchilarga berilgan mavzuni u qoniqarli darajaga yetmagunicha ko‘p marta qayta ishlashni talabadan talab qilish imkonini beradi. Uslubni bu kabi “takrorlash” kompyutersiz mumkin boimasdi. Avvallari mashaqqatli, birin-ketin takrorlanadigan operatsiyalarga sarflanadigan vaqt endilikda, fikr kuchlanishi va ijodiy yondashuvni talab etadigan yanada muhim. Bilimlar hajmining ortib borishi va tahlil metodlarining murakkablashishi bilan ta’limni asosan ma’ruzalami passiv tinglash hamda о‘quv matnlarini o‘qish tamoyili asosida tashkil etish tobora qiyinlashib bormoqda. Tanqidiy fikrlash, murakkab muammolami tushunish va hal qilish malakalari, juda katta hajmdagi dastlabki ma’iumotlami foydali umumlashtirish, qila olish, qobiliyati bulaming hammasi katta ahamiyat kasb etib, talabadan yanada faol boiishni talab etadi. Aynan, shu nuqtayi nazardan kompyuter ta’lim sohasi uchun nihoyatda keng imkoniyatlar taqdim qiladi. Axborot kommunikatsiya texnologiya vositalari o‘quv jarayonida quyidagi eng muhim jihatlari bilan alohida ahamiyatga egadir: - differensial va individual o‘qitish jarayonini tashkil qilishi; - o‘qish jarayonini baholash, teskari aloqa bogiashi; - o‘zini-o‘zi nazorat qilish va tuzatib borishi; - o‘rganilayotgan fanlami namoyish etishi va ulaming dinamik jarayonini ko‘rsatishi; - fan mavzularida animatsiya, grafika, multiplikatsiya, ovoz kabi kompyuter va axborot texnologiyalardan foydalanishi; - o‘quvchi talabalarga fanni o‘zlashtirish uchun strategik ko‘nikmalar hosil qilishi va hokazo. Shuningdek, axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining amaliy tomoni ulardan 192 о‘quv jarayonida foydalanish va keigusida ta’lim tizimida o‘quv jarayoni uchun ma’lumotlar bazasini va virtual stendlar yaratishdek muhim vazifani amalga oshirishga zamin hozirlaydi. 0 ‘quv tarbiya jarayonining axborot metodik ta’minotmi amalga oshirishda axborot kommunikatsiya texnologiyaJaming bajaradigan asosiy vazifasi ikki tomonlama muloqotni ta’minlashdir. Teskari aloqasiz, o‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi doimiy muloqotsiz o‘qitish mumkin emas. 0 ‘qitish (mustaqil o‘qishdan farqli o‘laroq) ta’rifiga muvofiq muloqotli hisoblanadi. Ta’limning kunduzgi shaklida muloqot imkoniyati o‘quv jarayonini tashkil etish shakli, o‘qituvchi va o‘quvchining bir joyda va bir vaqtda bo‘lishini taqozo qiladi.
Elektron o‘quv adabiyotlari va ularni ishlab chiqishga qo‘yilgan talablar.
Keyingi paytlarda darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratishga yangicha yondashuvlar paydo bo‘lmoqda. Bu borada elektron o‘quv adabiyotlarini yaratish o‘zining ijobiy pedagogik samaralarini bermoqda. Bunda elektron kitoblar (multimedia kitoblar, yarim media kitoblar, gipremedia kitoblar, intellektual kitoblar, telemedia kitoblar, kibernetik kitoblar), elektron nashr, elektron ta’lim resurslari, elektron uslubiy qo‘llanma, elektron forumlar, elektron shakldagi o‘quv – uslubiy materiallar, elektron o‘quv nashri va shu kabilarning ahamiyati beqiyos. Quyida ular tavsiflarini keltiramiz.
Elektron darslik – bu an’anaviy darslikdan farqli o‘laroq, fanga oid tegishli materiallarni dinamik talqinda, ya’ni foydalanuvchi e’tiborini jalb qiluvchi turli ranglardan, multimedia, audio va video animatsiyalar, gipermurojaatlardan o‘rinli foydalangan holda tuzilgan yoxud dasturlarshtirilgan darsliklar. U kompyuter texnologiyasiga asoslangan o‘quv uslubini qo‘llashga, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid o‘quv materiallari, ilmiy adabiyotlarning har tomonlama samarali o‘zlashtirilishiga mo‘ljallangan adabiyot. Shuningdek, u muayyan fanning o‘quv hajmini to‘liq qamragan va masofaviy o‘qitish hamda mustaqil o‘rganish uchun kompyuter texnologiyalariga asoslangan, bo‘lib, unda materiallar (o‘quv va ilmiy materiallar faqat virtual (matn) shaklida, o‘quv materiallari esa virtual (matn) va ikki o‘lchamli grafik shaklida) multimedia elementlari, ya’ni ma’lumot ikki – uch o‘lchamli grafik ko‘rinishida, video, animatsiya va qisman virtual (matn) shaklida, ob’ektlarga nisbatan harakatlanish tasavvurini ifodalaydigan shaklda yaratiladi.
Elektron kitoblarni yaratish ta’lim tizimiga CD – ROM va multimedia texnologiyalarining keng joriy qilinishi, elektron o‘quv adabiyotlarining ishlab chiqilishiga va ularning ta’lim - tarbiyada samarali qo‘llanishiga katta imkoniyatlar yaratish jarayonidan iborat bo‘ladi.
Elektron kitoblar to‘rtta yo‘nalishdan iborat bo‘ladi. Ular: Qomusiy; ma’lumot beruvchi; o‘qituvchi; imtihon oluvchi.
Elektron kitoblar axborot turlari va ularni foydalanuvchiga etkazib berish bilan shug‘ullanadi. Bunda multimediali kitoblar – bu axborotlarni bitta axborot tashuvchi vositasiga jamlagan bo‘lib, u matnli, ovozli, statik, dinamik va videotasvirli ma’lumotlardan tashkil topgan bo‘ladi.
Yarimmedia kitoblar – bu multimedia kitoblardan farqli ravishda ma’lumotlarni etkazib berishda turli vositalarning kombinatsiyasidan foydalanuvchi kitoblar.
Gipermedia kitoblar – bu multimediali kitoblarning takomillashgan shakli bo‘lib, bunda foydalanuvchi asosiy matndan tashqari turli qo‘shimcha manbalarga ham (sharhlarga, atamalarning izohlariga, tuzatishlariga) murojaat qilishi mumkin.
Intellektual kitoblar – bu imtihon oluvchi kitoblarga o‘xshash bo‘lib, bunda ta’lim oluvchilarning qobiliyatlari, bilim darajalari maxsus testlar yordamida ularning kompyuter bilan muloqot jarayonida aniqlanadi va baholanadi.
Telemedia kitoblar – bu telekommunikatsiya vositalari yordamida masofadan o‘qitishga xizmat qiluvchi kitobdir.
Kibernetik kitoblar – bu matematik modellashtirish vositalari yordamida hodisalarni va ob’ektlarni har tomonlama o‘rganish va tadqiq qilishga yordam beruvchi kitobdir.
Elektron ta’lim resurslari – bu muayyan fan bo‘yicha yaratilgan elektron o‘quv qo‘lanma, elektron ko‘rsatmalar, elektron ma’lumotnomalar, lug‘atlar virtual stendlar, multimediali vositalar va boshqa elektron nashrlar majmuasidir.
Elektron nashr – bu grafikli, matnli, raqamli, nutqli, mustaqil, video – foto va boshqa axborot ob’ektlari majmuasidan iborat bo‘lib, ular elektron axborot tashuv vositalari yoki kompyuter tarmog‘i orqali taqdim etishga mo‘ljallangan.
Elektron o‘quv nashri – bu ta’lim oluvchilar tomonidan egallashi lozim bo‘lgan bilimlar, ko‘nikmalar va malakalarni ijodiy va faol ravishda o‘zlashtirishiga ko‘maklashuvchi nashr bo‘lib, u ilmiy amaliy bilim sohasiga mos ravishdagi tizimlashtirilgan o‘quv materialini o‘z ichiga oladi.
Elektron uslubiy qo‘lanma – bu ta’lim – tarbiya jarayonidagi pedagogik tajribani (amaliyotni) umumlashtirish va uzatish hamda ta’lim – tarbiyaviy faoliyatining yangi modellarini shakllantirish va tarqatishga mo‘ljallangan nashr.
Elektron o‘quv qo‘llanma – bu muayyan fanning o‘quv rejasidagi vaqt va o‘quv dasturidagi ma’lumot hajmini qisman yoki to‘liq qamragan va fanni o‘rganishga tegishli ma’lumotni to‘liq adaptatsiya qila olgan masofaviy o‘qitish va mustaqil o‘rganish uchun mo‘ljallab tayyorlangan nashr.
5. Didaktik funktsiyasi. Talabalarning qobiliyati va ehtiyojiga mos ravishda o‘quv materiallarini mustaqil o‘zlashtirishga hamda asosiy mazmunini ajratish, tahlil qilish, umumlashtirish va xulosalash ko‘nikmalarini Elektron o‘quv qo‘llanmalar
Multimediali elektron o‘quv qo‘llanmalar yaratishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan kompleks foydalanishning quyidagi jihatlariga asosiy e’tibor qaratiladi:
1. Ichma – ich joylashgan turli bo‘g‘inlar va rangli bezaklarda gipermurojatlardan foydalanish.
2. Ma’lumotlarni tasvirlashda turli xil rangli bezaklardan foydalanish.
3. Audio va video effektlar va ularni boshqarishning samarali metodlaridan foydalanish.
Multimedia muhitida elektron o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqish uzoq muddatli va katta mablag‘larni talab qiluvchi jarayondir. Shuning uchun ham multimediya muhitida elektron o‘quv qo‘llanmalarni yaratishning barcha bosqichlarini hamda har bir bosqichida qabul qilinishi mumkin bo‘lgan qarorlarni oldindan belgilab olish maqsadga muvofiqdir. Bunda quyidagi bosqichlarni bajarish zarur bo‘ladi:
• tanlash bosqichida multimedia muhitida ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan o‘quv fani tanlanadi;
• tayyorgarlik bosqichida kurs matnni yozish, ko‘rgazmali va ma’lumotli materiallarni tayyorlash, interfeys eskizlarini va o‘quv dasturining stsenariylarini yaratish bo‘ljallanadi;
• asosiy bosqichda elektron o‘quv qo‘llanmani bevosita yaratish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi;
• yakunlovchi bosqichda elektron o‘quv qo‘llanmani testdan o‘tkazish va maqomiga etkazish ishlari amalga oshiriladi. Bu bosqichda o‘quv materialining qurilmasi yoki tuzilmasi ishlab chiqiladi, shuningdek foydalanuvchi bilan o‘zaro aloqa mexanizmi loyihalashtiriladi. Asosiy va qo‘shimcha elementlar ajratiladi, axborotli bloklarning ierarxik tuzilmasi yaratiladi. Foydalanuvchi interfeysi, alohida bloklar va ekranlar o‘rtasidagi asosiy aloqalar ishlab chiqiladi.
Multimediali materiallarni tayyorlashda odatda ikki o‘ljamli grafikadan va “Macromedio Flash” dasturiga joylashtirilgan interaktiv tizim Wib – sahifalar yaratish uchun ham qulay vosita hisoblanadi.
Multimediali elektron o‘quv qo‘llanmani yaratishda giperment, giperko‘rsatgich va ularga tasvir, kod nomi elementlarini kiritish hamda ularni o‘zaro bog‘lash maqsadida HTML – giperment tahrirlagichdan foydalaniladi.
Multimediali elektron – o‘quv qo‘llanma quyidagi afzalliklarga ega:
• multimediali elektron – o‘quv qo‘llanmada o‘quv materialining multimedia, giperment, ovoz, elektron doska shakllaridan foydalangan holda taqdim etilishi, o‘quvchilarga berilayotgan o‘quv materialini chuqurroq va mukammalroq o‘zlashtirish, dars mavzusi bo‘yicha to‘liq tasavvurga ega bo‘lish imkonini beradi;
• multimediali elektron – o‘quv qo‘llanmada berilayotgan ma’lumotlarning harakati, rang, tovush va jonli tasvirlar bilan uyg‘unligi mavzuni o‘rganishda monotonlik (bir xillik) ga chek qo‘yadi;
• o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida interfaol tizim vujudga kelib, bevosita aloqa o‘rnatilishi natijasida o‘qituvchi dars jarayonida o‘quvchilarning faolligiga qarab ularni baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi;
• multimediali elektron – o‘quv qo‘llanmada o‘qish darajasi va sur’atini o‘rganuvchining o‘zi tanlash imkoniyati o‘qitishni individuallashtirish imkonini beradi;
• multimediali elektron – o‘quv qo‘llanmaga kiritilgan test topshiriqlari va o‘z – o‘zini tekshirish uchun savollar o‘quvchini o‘z – o‘zini tez va samarali baholashga va zaruriyatga qarab, tuzatishlar kiritishga imkon beradi;
• olingan bilimlar o‘quvchi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo‘lganda amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga erishiladi .
Elektron pochta – bu axborot almashish xizmatini ko‘rsatish vositasidir. Undan foydalanuvchi har qanday o‘quv muassasasi va hattoki o‘z uyida terminal orqali kerakli manzilni ko‘rsatgan holda axborot jo‘natish mumkin yoki qabul qilib olish mumkin. Buning uchun axborot kompyuterda yuboriladi, u erda esa tegishli manzilning elektron qutisiga fayl jo‘natiladi.
Elektron pochta orqali bosma materiallar, fotografiya, jadval, grafik ish qog‘ozlari va jurnallar kerakli manzilga jo‘natiladi. Bunda asosan axborotlar (xat - xabarlar)ni uzatish va qayta ishlashning elektron usulidan foydalaniladi.
Axborot uzatishning ushbu imkoniyatidan ta’lim oluvchilar, masofaviy ta’lim bilan shug‘ullanuvchilar samarali foydalanishi mumkin.
Elektron forumlar – bu internetning xalqaro tarmog‘i va elektron pochtalardan foydalanib o‘tkaziladigan seminarlardir. Seminarning moderizatori ishtirokchilarga materiallarni beradi. Uning mazmun – mohiyatini tushuntiradi, so‘ng savol beradi yoki mavzu mazmunini muhokama etadi. Seminar ishtirokchilarini material bilan tanishtiradi, savollarga javob beradi, o‘z xulosalarini chiqaradi. Har bir ishtirokchi muhokamada ishtirok etadi. Muhokama natijalari asosida xulosalar chiqariladi. Xulosalar asosida seminar qatnashchisi to‘g‘ri, yakuniy javobni oladi. Bu esa olgan bilimlarni mustahkamlashga ta’sir etadi .
Elektron shaklidagi o‘quv – uslubiy materiallar – bular elektron darslik, elektron o‘quv qo‘llanmalari, elektron kutubxonalar, mos (CD, Flash va h.k.) sig‘imdagi audiovizual materiallar, interfaol o‘quv kurslari, ko‘mpyuterda hisoblash tajribasini o‘tkazish uchun labaratoriya vazifalari, test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha tizimlar.


  1. Yüklə 199,56 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə