Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti san’atshunoslik fakulteti


II.BOB. ISHLAB CHIQARISHNI BOSHQARISH



Yüklə 44,82 Kb.
səhifə4/6
tarix28.11.2023
ölçüsü44,82 Kb.
#134509
1   2   3   4   5   6
Boshqaruv qarorlari va ishlab chiqarishning boshqarilishi

II.BOB. ISHLAB CHIQARISHNI BOSHQARISH
II.1. Ishlab chiqarishni boshqarishda obekt va subekt

Ob'ektiv dunyo jonsiz va jonli tabiatdan tashkil topgan, har ikkisi ham doimo rivojlanishda va harakatda bo'ladi. Shu sababli ular boshqarishga muhtojdir. Shunga binoan boshqaruv ham ikki asosiy turga bo'linadi:


jonsiz tabiatni boshqarish;
• jonli tabiatni boshqarish;
• ishlab chiqarishni boshqarish;
• xodimlarni boshqarish kabilarga bo'linadi.
Boshqaruv ijtimoiy rivojlanish mahsuli va ijtimoiy mehnat jarayonining ob'ekti zaruriy unsuridir. Binobarin , har qanday nisbatan katta miqyosda amalga oshiriladigan bevosita ijtimoiy yoki birgalikda qilinadigan mehnat idora qiluvchiga ma'lum darajada muhtojdir. Bu idora qiluvchi yakka ishlar o'rtasida o'yg'unlik o'rnatadi va ishlab chiqarish organizmning mustaqil organlari harakatidan farq qilib, butun ishlab chiqarish organizmining harakatidan kelib chiqadigan funktsiyalarni bajaradi.
Ishlab chiqarishni boshqarish - deganda ishlab chiqarish doirasida amalga oshiriladigan rahbarlik, tashkilotchilik va ma'muriy harakteridagi alohida faoliyat tushuniladi. Bunday boshqarishda ikki tomon:
- ijtimoiy-iqtisodiy;
- tashkiliy texnik tomonlar farq qilinadi. Bu har ikkala tomonlar o'zaro bog'liqdir
lekin ishlab chiqarishning borishiga ijtimoiy-iqtisodiy tomon hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadi, chunki ishlab chiqarishni boshqarish eng avvalo , odamlarni ularning mehnatini boshqarishdir.
Ijtimoiy mehnat taqsimotiga ko'ra boshqaruv : sanoat ishlab chiqarishini, qishloq xo'jalik ishlab chiqarishini, transportni, savdoni va hakozolarni boshqarishga bo'linadi.
Hududiy boshqarish darajasiga ko'ra boshqaruv: tuman viloyat , mamlakat miqyosidagi ishlab chiqarishni boshqarish turlariga bo'linadi. Boshqarishga korxona nuqtai nazaridan quyidagicha ta'rif berish mumkin.
Korxonani boshqarish – bu xo'jalik rahbar organlari, korxona ma'muriyati hamda jamoat tashkilotlarining iqtisodiy va ijtimoiy natijalarga erishishini ko'zda tutgan holda kishilar jamoasiga, ular orqali ishlab chiqarishning moddiy-buyum unsurlariga ularning o'zaro amal qilishini uyushtirish uchun maqsad yo'nalishida tartibli ta'sir ko'rsatishdir.
Har qaysi ishlab chiqarish xoh u korxona darajasida , xoh u mamlkat miqyosida bo'lsin o'zining boshqariluvchisi (ob'ekti) va boshqaruvchisi (sub'ekti) ga ega bo'ladi.
Boshqariluvchi yoki boshqaruv ob'ekti ko'p qirrali ishlab chiqarish jarayoni bo'lib u:
• moddiy va texnikaviy tayyorgarlik (asosiy va aylanma fondlar);
• tashkiliy mehnat tayyorgarligi (kadrlarni tanlash, ishga qabul qilish , joy-joyiga
qo'yish, o'qitish va hk.);
• xizmat ko'rsatishni tashkil qilish (energiya berish, ta'mirlash, tashish va hk.)
• mahsulot ishlab chiqarishning bevosita jarayoni va uni sotishni tashkil qilishni o'z ichiga oladi.
Boshqaruvchi yoki boshqaruv sub'ekti – bu bir guruh kishilar hamda boshqaruv organlaridan iborat bo'lib, turli shakllar, usullar va texnikaviy vositalar yordamida boshqariluvchi ob'ektga ta'sir o'tkazadi. Boshqarish ob'ektlari bo'lmasa, uning sub'ektlari ham bo'lmaydi. Demak, boshqaruvchi ichki tizimning negizida boshqaruvchi kichik tizim yotadi.
Masalan: korxona bo'g'inida sub'ekt bo'lib, shu korxonaning direktori va unga bo'ysinuvchi butun boshqaruv apparati hisoblanadi. Ob'ekt bo'lib esa shu korxonadagi barcha sexlar va uchastkalar hisoblanadi.
Sex bo'g'inida sub'ekt bo'lib, sex boshlig'i va unga bo'ysinuvchi bircha boshqaruv apparati hisoblansa, boshqariladigan ob'ektni esa barcha sexlar tashkil qiladi.
Uchastka bo'g'inida boshqariluvchi ob'ektga ishchilarning ish joylari kiradi. Boshqaruv sub'ekti bo'lib, uchastka boshliqlari hisoblanadi.
Boshqaruvning har ikkala tizimi o'zaro aloqador bir butunni tashkil qiladi va bir-biriga ta'sir ko'rsatadi. Bir tomondan, boshqaruvchi tizimga ta'sir ko'rsatgan holda uning tarkibini o'zgartiradi, uni muayyan eng qulay va eng muvofiq nisbatga keltiradi. Ikkinchi tomonda esa, boshqariluvchi tizim boshqaruvchi tizimga aks ta'sir ko'rsatadi.
Ishlab chiqarish ikki turdagi boshqarishni tashkil qiladi:
• buyumni, ya'ni mehnat vositalarini boshqarish;
• odamlar (ishchilar) ni boshqarish.
Buyumni boshqarish uning o'zini ishlab chiqarish jarayonidan iborat. Bu jarayonda ishchilar moddiy boylik olish maqsadida mehnat buyumlariga ta'sir ko'rsatadilar va boshqarish su'bekti rolini bajaradilar. Moddiy boylik olish uchun mehnat buyumlariga bevosita ta'sir ko'rsatadigan ishchilar.
• boshqaruvchi tizimda boshqarishning ob'ekti (odamlarni boshqarish);
• boshqariladigan tizimda boshqarishning sub'ekti
Ishlab chiqarishni boshqarish – ishchilarni boshqarishdan iborat bo'lib , ular o'z navbatida mehnat vositalarini boshqaradilar. Odamlarni boshqarish ishlab chiqarishda ularning munosabatlariga ham ta'sir ko'rsatishdir.
Masalan: har bir korxona sexlararo asosiy va yordamchi tsexlar o'rtasida, har bir sexda esa uchastkalararo; o'z navbatida har qaysi uchastka yoki brigadalarning ishchilari o'rtasida ishlab chiqarish aloqalari va munosabatlari mavjud bo'ladi.
Shuningdek, korxonalar boshqa korxonalar bilan mahsulot sotish, ishlab chiqarish vositalari bilan ta'sinlash borasida ham ishlab chiqarish aloqalarini o'rnatadi. Bu munosabatlar kooperatsiya va mehnatni , ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish darajasiga bog'liq.Iqtisodiy faoliyat ishlab chifarishdan boshlanadi. Har qanday ishlab chiqarishda ikki omil shaxsiy insoniy omil va moddiy ashyoviy omil ishtirok etadi.
Ishlab chiqarish jarayonida mahsulot yaratiladi va u taqsimot, ayriboshlash orqali iste'mol qilish bilan tugallanadi.

Yüklə 44,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə