O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali



Yüklə 120,95 Kb.
səhifə1/7
tarix24.12.2023
ölçüsü120,95 Kb.
#160181
  1   2   3   4   5   6   7
Dinshunoslik4-MUSTAQIL ISH




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI

Telekomunikatsiya Texnologiyalari Fakulteti


1-bosqich TT-11-23s guruh talabasining
Dinshunoslik” fanidan


MUSTAQIL ISHI


TOPSHIRDI: Nurullayev M.Z


TEKSHIRDI: Mamatqulova D.Y
QARSHI-2023
REJA:
1. Xristianlikning paydo bo‘lishi, aqidalari, asosiy yo‘nalishlari, taʼlimotlari va manbalari.
2. Islom dinining paydo bo‘lishidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy sharoitlar. Roshid xalifalar hukumronligi davridagi islohotlarning mohiyati.
3. Ummaviylar va abbosiylar hukumronligi davrida dinga munosabat.

1. Xristianlik asosan Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya qit’alarida hamda qisman Afrika qit’asining janubiy qismida va Osiyo qit’asining Sharqiy qismida tarqalgan.


Xristianlik eramizning boshida Rim imperiyasining Sharqiy qismida Falastin yerlarida vujudga keldi. Iso Masih (Iisus Xristos) Bibliyaning xabar berishiga ko‘ra, xristianlik ta’limotining asoschisi bo‘lib, u Rim imperiyasi tashkil topganining 747-yili Falastinning Nazaret qishlog‘ida bokira qiz Maryamdan Xudoning amri bilan dunyoga keldi. Yangi eraning boshlanishi ham Iso Masihning dunyoga kelishi bilan bog‘liq.
Eramizning boshlarida yahudiylar hokimiyatning uch tabaqasi bilan bog‘liq og‘ir tushkunlikni boshdan kechirar edilar. Bir tomondan Rim imperatori va uning joylardagi noiblari, ikkinchi tomondan Falastin podshohi Irod Antipa, uchinchi tomondan esa ruhoniylar xalqni turli soliqlar va majburiyatlar bilan ko‘mib tashlagan edilar. Xuddi shu davrda yahudiylar o‘rtasida kutilayotgan xaloskorning kelishi yaqinlashib qolganligi haqida xabar tarqatuvchilar paydo bo‘ldi. Ular xalqni kutilayotgan xaloskor kelishiga tayyorlash uchun chiqqan edilar.
Iso Masih yahudiylikni isloh qilish va uni turli xurofotlardan tozalash g‘oyasi bilan chiqib, xristian diniga asos soldi. Yahudiylar uni va uning izdoshlarini Falastindan quvg‘in qildilar. Isoning 33 yoshida fitnachilikda ayblab qatl etishga hukm qildilar. Isoning tarixiyligi xususida diniy va diniy bo‘lmagan manbalar orasida ixtilof mavjud: xristianlik manbalari Isoning o‘zi xudo bo‘la turib, insoniyatning gunohlarini o‘ziga olish uchun odam qiyofasida tug‘ilganini, uning tarixiy shaxs ekanini ta’kidlab, uning hayot tarzini, insonlar bilan muloqoti haqidagi keng ma’lumotlarni bersada, diniy bo‘lmagan manbalarda Isoning nomi uchramaganligini nazarda tutib, u tarixiy emas, balki afsonaviy shaxsdir deguvchilar ham bor.
Iso nomiga qo‘shiluvchi Masih so‘zi qadimiy yahudiy tili - ivritdagi «moshiax» so‘zidan olingan bo‘lib, «silangan» yoki «siylangan» ma’nolarini beradi. Grekchada bu so‘z «xristos» («christos») shakliga ega. Bu dinning «xristianlik» yoki «masihiylik» deb atalishi ham shu so‘zlar bilan bog‘liq. Bundan tashqari xristianlik Iso Masihning tug‘ilgan qishlog‘i - «Nazaret» bilan bog‘lab, nazroniyya deb ham atalgan. Keyinchalik bu nom nasroniyya, nasroniylik shaklini olgan.
Iso Masih o‘z ta’limotini o‘zining 12 o‘quvisi Apostollar - Havoriylarga o‘rgatdi. Ular esa Isoning vafotidan keyin ustozlarining ta’limotlarini har birlari alohida-alohida tarzda kitob shakliga keltirdilar. Bu kitoblar Bibliyaning «Yangi ahd» qismini tashkil etadi.
Xristianlikning ta’limoti. Manbalar xabar berishicha, xristianlik yahudiy muhitida yuzaga kelgan. Bu esa xristianlikning yahudiylikdan ko‘p jihatdan ta’sirlanishiga sabab bo‘ldi. Xristianlikning asosiy g‘oyasi - Isoning odamzodning xaloskori «messiya» ekanligi
yahudiylikda mavjud bo‘lib, oxiratga yaqin kelishi kutilayotgan xaloskor haqidagi ta’limotdan kelib chiqqandir.
Xristian jamoasining shakllanishi, uning aqidalarini tartibga solinishi, cherkov munosabatlarining ishlab chiqilishi, diniy tabaqalar tuzumining vujudga kelishi eramizning IV asr boshlarida 324-yili xristianlik Rim imperiyasida davlat dini deb e’lon qilinganidan so‘ng amalga oshdi. 325-yili tarixda birinchi marta Rim imperatori Lisiniya imperiya hududidagi xristian jamoalarini o‘zaro kelishtirish va tartibga solish maqsadida Nikey shahrida I Butun Olam Xristian Soborini chaqirdi. 381-yili Konstantinopolda II Butun Olam Xristian Sobori bo‘lib o‘tdi. Bu soborlarda xristianlik ta’limotining asoslari qabul qilindi va bu asoslar 12 qismda ifodalandi.
Birinchi qismda olamni yaratgan Xudo haqida so‘z yuritiladi.
Ikkinchi qismda Xudoning o‘g‘li Isus Xristosga imon keltirish haqida so‘z boradi.
Uchinchi qismda ilohiy mujassamlashuv haqida so‘z yuritilib, unga ko‘ra, Iso Xudo bo‘la turib, bokira Bibi Maryamdan tug‘ilgan va inson qiyofasiga kirgan.
To‘rtinchi qismda Isoning azob-uqubatlari va o‘limi haqida so‘z ketadi. Bu gunohlarning kechirilishi haqidagi aqidadir. Bunda Isoning tortgan azoblari va o‘limi tufayli Xudo tomonidan insoniyatning barcha gunohlari kechiriladi deb e’tiqod qilinadi.
Beshinchi qismda Isoning xochga mixlanganidan so‘ng uch kun o‘tib qayta tirilganligi haqidagi aqida keladi.
Oltinchi qismda Isoning meroji haqida so‘z yuritiladi.
Yettinchi qismda Isoning nuzuli (ikkinchi marotaba yerga qaytishi) haqida so‘z yuritiladi.
Sakkinchi qism Muqaddas Ruhga imon keltirmoq borasidadir.
To‘qqizinchi qism cherkovga munosabat haqida.
O‘n birinchi qism o‘lganlarning ommaviy tirilishi haqida.
O‘n ikkinchi qismda abadiy hayot haqida so‘z yuritiladi.
Xristianlikning bundan keyingi falsafiy va nazariy rivojida avliyo Avgustinning ta’limoti katta rol o‘ynadi. Beshinchi asr bo‘sag‘asida u dinning bilimdan afzal ekanligini targ‘ib qila boshladi. Uning ta’limotiga ko‘ra, borliq inson aqli bilishga ojizlik qiladigan hodisadir, chunki uning ortida ulug‘ va qudratli Yaratuvchining irodasi yashiringan.
Avgustinning taqdir haqidagi ta’limotida aytilishicha, Xudoga imon keltirgan har bir kishi najot topganlar safidan o‘rin egallashi mumkin. Chunki imon taqdir taqozosidir.


Yüklə 120,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə