O‘zbekiston respublikasi oliy



Yüklə 8,18 Mb.
səhifə260/267
tarix27.12.2023
ölçüsü8,18 Mb.
#163023
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   267
5.71.01.01 Feldsher Akusherkik(1)

Internet saytlari:
1. ziyonet.uz, 2.med.uz,
3. minzdrav.uz, 4.tma.uz,
5.tashpmi.uz




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG`LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TIBBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH MARKAZI
O`RTA MAXSUS PROFESSIONAL TA’LIMNING

        1. - FELDSHER - AKUSHERLIK ISHI kasbi bo`yicha JISMONIY TARBIYA VA SPORT modulidan

NAMUNAVIY O`QUV DASTURI

Kvalifikatsiya raqami va nomi:

5.71.01.01. Umumiy amaliyot feldsher –
akusheri.

O`quv rejadagi tartib raqami:

Elektiv modul

Ajratilgan auditoriya soat:

36


Toshkent 2021 yil




Tuzuvchilar:




Raxmanqulov I. A.

Samarqand Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi Jismoniy tarbiya fani o`qituvchisi.

Sulaymanov O. A.

Samarqand Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi mudiri.



Taqrizchi:




Qipchoqov B.

SamDU Jismoniy- tarbiya va madaniyat fakulteti
dekani, dotsent.

          1. O`quv dasturiga qo`yiladigan talablar



Dastur nomi

Jismoniy tarbiya

Ajratilgan soat

36

Mavzular soni

18

Dasturning maqsadi

O`quvchilarni jismonan baquvvat, epchil, sog`lom qilib tarbiyalash, inson salomatligi to`g`risidagi bilimlarni rivojlantirish, jismoniy tarbiya fanidan egallangan bilimlarni hayotda qo`llay olish layoqatini shakllantirish orqali jismoniy madaniyat va sport sohasidagi asosiy tushunchalar, maxsus nazariy bilimlar, jismoniy rivojlanish, tayyorgarlikni o`stirishga oid bilim ko`nikma va malakalarni oshirishga yordam beruvchi vosita va metodlarni, o`z-o`zini jismoniy mukammallashtirish, ommaviy sog`lomlashtirish tadbirlarini tashkil
qilish va ulardan mustaqil foydalanishga o`rgatish.

O`zlashtirish (o`qitish) natijalari

  • o`quvchilar sog`lomlashtirish mashqlarni bajarishni tushunish va qo`llay olishni o`rganadilar;

  • jismoniy mashqlarni ketma-ketlikda to`g`ri bajarish orqali jismoniy sifatlarini rivojlantiradilar;

  • jismoniy mashqlarni bajarishda o`quv mashg`uloti uchun qulay sharoitlarni yarata oladilar;

  • jismoniy mashqlar yordamida organizmning barcha guruhlarining funktsiya tizimlarini to`g`ri va o`z vaqtida rivojlantira oladilar;

  • jismoniy mashqlar yordamida asab tizimini mustahkamlaydi, modda almashuv jarayonini faollashtira oladilar;

  • gimnastika anjomlaridan to`g`ri va xavfsiz foydalana oladilar;

  • engil atletikaning inson salomatligida tutgan o`rni va ta’sirini biladi; shaxmat, shashka, basketbol, voleybol, qo`l to`pi, futbol, suzish, badminton, stol tennisi va boshqa sport o`yinlarining himoya va hujum usullarini biladi;

  • kurash turlari, elementlari hamda usullarini bajara oladilar;

  • buyum va buyumsiz bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlarning bo`g`inlar va mushak guruhlariga ijobiy ta’siri va uni ketma-ketligi, osilish, tirmashish, muvozanat saqlash, tayanib va tayanmay sakrash, tortilish, akrobatika elementlari va ritmik gimnastika qoidalariga rioya qiladi;

  • fazoviy harakatlar va uning bajarilish ketma-ketligiga amal qiladi;

  • sport turlarining kelib chiqishi va uning rivojlanish tarixini biladi;

  • sog`lom turmush tarzini keng jamoatchilik o`rtasida targ`ib etishda tayanch va jismoniy tarbiya faniga oid kompetentsiyalarni shakllantirish nuqtai nazaridan bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladilar.

Bilimlar

  • o`quvchilarda shaxsini har tomonlama rivojlantirishda jismoniy tarbiyaning roli haqida zamonaviy qarashlar va ishonch shakllantirish;

  • o`zini jismoniy takomillashtirishga ehtiyojni tarbiyalash va sog`lom turmush tarzi motivasiyalarini rivojlantirish;




  • asosiy jismoniy sifatlarini va psixomotor qobiliyatlarini rivojlantirish;

  • kasbiy (professional) kasalliklarning oldini olish uchun jismoniy tarbiya vositalaridan foydalanishga o`rgatish;

  • inson shaxsining har tomonlama rivojlantirish uchun o`quvchilarini jismoniy tarbiya va sport faoliyatiga jalb etish;

  • o`quvchilarning bilimlari, malaka va ko`nikmalariga qo`yiladigan talablar:

  • qo`yish jadvalida ko`rsatilgan kunlar va soatlarda muntazam ravishda jismoniy tarbiya bo`yicha mashg`ulotlarda qatnashish;

  • o`zining jismoniy tayyorgarligini oshirib borish;

  • nazorat mashqlari va normativlarini bajarish, ko`rsatilgan muddatlarda jismoniy tarbiya bo`yicha reyting-nazoratini topshirish;

  • o`qish, dam olish va ovqatlanish ratsional rejimiga amal qilish;

  • doimiy ravishda gigienik va ishlab chiqarish gimnastikasi bilan shug`ullanish, o`qituvchilarining muhim maslahatlaridan foydalanib, mustaqil ravishda jismoniy mashqlar va sport bilan shug`ullanish;

  • o`quv guruhlarida, kursda, fakultetda, oliy ta’lim muassasalarida va boshqa ommaviy sog`lomlashtirish jismoniy tarbiya va sport tadbirlarida faol ishtirok etish;

  • belgilangan muddatlarda tibbiy ko`rikdan o`tish, sog`ligi va jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarligi holatini o`zi nazorat qilib borish;

  • o`qish jadvalida kiritilgan jismoniy tarbiya bo`yicha mashg`ulotlarni o`quv vazifalari sifatida emas, balki faol dam olish va boshqa fanlar bo`yicha og`ir aqliy ishlardan so`ng kuchlarini

tiklash va bolajak mashg`ulotlariga tayyorgarlik vositasi sifati qabul qilish (tushunish) xususiyatlariga ega bo`ladilar.

Ko`nikmalar

  • o`quvchilarda odamning jismoniy kamoloti, bunga muayyan iqlim va boshqa sharoitlarda erishish haqidagi maxsus bilimlar tizimini hosil qilish, o`quvchilarda gigiyenik malakalarni shakllantirish, ularni gavdani to`g`ri tutishga, jismoniy madaniyat va sport bilan muntazam shug`ullanishga odatlantirish;

  • harakatning asosiy jismoniy sifatlari (tezkorlik, kuch-quvvat, chidamlilik, chaqqonlik, epchillik) ni har tomonlama rivojlantirish;

  • maqsadga intilish, mustaqillik va ijodiy qobiliyat, mardlik, sabot va intizom, mas’uliyat, vatanparvarlik, jamoaviylik, do`stlik hamda o`rtoqlikni chuqur his eta bilish; mehnatga va jamiyat mulkiga ongli munosabatda bo`lish, madaniy xulq-atvor malakalarini tarbiyalash;

  • o`quvchilarning “Alpomish” va “Barchinoy” test talablarini bajarish uchun jismoniy tayyorgarligini oshirish;

  • o`quvchilarda jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlari bilan muntazam shug`ullanish ehtiyojini shakllantirish.

  • sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish;

  • milliy o`yinlar, sport musobaqalari va ularning turlarini o`quvchilarning jismoniy tarbiya tizimiga joriy etishda muvofiqlashtirilgan jismoniy tarbiyani rivojlantirish;

  • o`quv-mashg`ulot jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiya va







uslublarni joriy etish;

  • sport zahiralarini tayyorlash shahobchalarini kengaytirish;

  • o`quvchilarning O`zbekiston Davlat Sport qo`mitasiga qarashli Olimpiya SHon-shuhrati muzeyi to`g`risidagi nazariy bilimlarini takomillashtirish, jismoniy mukammallikka bo`lgan ongli ehtiyojini shakllantirish;

  • o`quvchi-sportchilarni Universiada, Olimpiada, Osiyo o`yinlari, Butun jahon o`quvchilar Universiadasi, Markaziy Osiyo va Butun jahon Yigitlar o`yinlariga tayyorlash va ularning mazkur o`yinlarda muvaffaqiyatli qatnashishlarini ta’minlash;

  • jismoniy tarbiya mashg`ulotlari orqali kasallikning oldini olish, sog`lig`ni mustahkamlash, mashqlar bajarganda o`z-o`zini nazoratga o`rgatish;

  • o`quvchilarni sport turlari bilan faol shug`ullanishga jalb qilish, jismoniy tarbiyaning mohiyatini va o`quvchining har tomonlama barkamol shaxs bo`lib etishiga ko`maklashish, qo`lga kiritilgan yutuqlarni targ`ib qilish.


Yüklə 8,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   267




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə