23
2-bo„lim. O„YIN TEXNIKASI TASNIFI
O„yin texnikasi:
Gandbol o„yinida to„p bilan va to„psiz usullar
bajariladi. Qo„yilgan maqsadga erishmoq uchun o„yinda qo„llaniladigan
xilma
-
xil maxsus usullar yig„indisi gandbol texnikasini tashkil etadi.
Gandbol o„yin texnikasi maydon o„yinchisi va darvozabon
texnikasiga ajratiladi.
Har qaysi bo„lim harakatlanish texnikasi va to„pni
boshqarish
texnikasi bo„limchalariga ajratiladi. Kichik bo„limlar turli usullarda ijro
etiladigan aniq texnik usullardan – harakatlanish texnikasi uslublari va
usullaridan iborat. Bulardan maydon o„yinchilari va darvozabon
foydalanadi. Usul va turlarda harakatning
asosiy mexanizmi umumiy
bo„lib, detallari bilangina farqlanadi. Har xil usulni ijro etish shartlari
gandbol texnikasini yanada turli
-
tuman qiladi (6
-
jadval).
Gandbol o„yini texnikasi ikkita asosiy katta qisimga “hujum” va
“himoya texnikasi”ga ajratish mumkin. Hujum texnikasida “harakat” va
“to„pga egalik qilish” usullari, timoya texnikasida esa “harakat” va
“to„pga qarshi egalik qilish” usullariga ajratiladi.
Har bir tarkibiy qism
o„yin faoliyatini o„z ichiga oladi, ular o„z navbatida bir necha usulda
amalga oshiriladi.
1) texnikani bajarayotganda qo„l va
oyoq harakatlarining soni
(bitta yoki ikkita);
2) qo„lning to„p bilan yelka holatiga nisbatan harakati (yuqori, yon,
pastki);
3) to„pni uzatish usulllari harakati (siltash, zarba).
Maydonda hujumchi va himoyachi sifatida harakat qilish hamda
aldamchi harakatlar usuli o„yin texnikasining asosini tashkil etadi.
Dastlabki holat – turish, tayyorgarlik va harakat qilishni belgilaydi.
Baland va past holatda turish har xil, qaysi
holatda turishni vaziyat
belgilaydi. Zamonaviy gandbolda ko„pincha baland holatda turish
(oyoqlar ozgina bukilib), oralig„i yelka kengligida,
gavda sal oldinga
egilib, qo„llar bukilgan holatda tutiladi.
Qaysi o„yinchi maydonda tez va tejamli harakat qilsa, o„sha
o„yinchi ko„proq foyda keltiradi. Shuning uchun har bir o„yinchi tez
start olishni, yugurayotib yo„nalishni o„zgartirishni, to„xtash va
sakrashni, orqa bilan erkin oldinga yurishni, yon tomon bilan yurishlarni
bilishi shart.
Gandbol texnikasini tasniflash o„yin texnikasini obyektiv prinsipga
muvofiq
taqsimlashga asoslangan. Hujumdagi
o„yin
texnikasi
24
quyidagilarni o„z ichiga oladi: to„pni harakatlantirish, qabul qilish va
o„tkazish, yerga urib olib yurish va to„pni tashlash.
6
-
jadval
O„rganilayotgan
materialni
surunkalashtirish
usul
turlarini
tuzukroq
tushunishga, ularni to„g„ri tahlil qilishga, ta‟lim va olingan
bilimlarni takomillashtirish vazifalarini
muvaffaqiyatli hal qilishga
yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: