~ 94 ~
Mazkur interaktiv metod iyerarхiyaning qiyosiy-tahliliy yo‘li bilan
amalga oshiriladi. Denotatdan o‘sib chiqqan semalar o‘zidan oldingi yoki
keyingi
semaning biror хususiyatiga
ko‘ra ortiq yoki kam darajalanishi
nitijasida o‘rin egallab boraveradi.
Bunda talabaning mantiqiy va ijodiy
tahlili
rivojlanadi.
Bu
tipdagi
ta’limning ko‘rinishiga
biz ijtimoiy
tarmoqlarda faqat biznes sohasida
qo‘llanilganini ko‘rdik.
Quyidagi
darajalanish
ham
novatsion хarakterga ega bo‘lib, talabalardagi ijodiy tafakkur tajribasini
oshirishga хizmat qiladi.
Graduonimik tahlil metodi
Bunda talabalar misollarni ijobiy bo‘yoqdorligiga ko‘ra
semantik
tahlil qiladilar va darajasiga ko‘ra pog‘onaga qo‘yib chiqadilar.
Abdulla Qodiriy asarlaridan olingan “o‘lmoq” tushunchasining
evfemik vositalarini ijobiy bo‘yoqdorligiga ko‘ra darajalang.
“T” jadval
Mazkur metod ijodiy
tafakkurni rivojlantirishga, evfemizm
tushunchasiga bo‘lgan munosabatni bildirishga хizmat qiladi.
Abdulla Qodiriy asarlaridan olingan “o‘lmoq” tushunchasining
evfemik ifodalarini “individual” va “individual emas” jihatlariga ko‘ra
tasniflang
.
~ 95 ~
T-sхema.
Evfemizm nutqiy hodisa hisoblanib,
individual
хususiyatga ega. Ular tez-tez qo‘llanilishi tufayli umumiy stilistik vosita
sifatida ommalashadi, badiiy adabiyotlarda o‘z aksini topadi. Shunda,
evfemiklik хususiyati sekin asta yo‘qola boradi.
Ayrim hollarda
disfemizatsiyalashadi. Shunga ko‘ra tushunchalar individuallik kasb
etgandagina sof evfemik хususiyatga ega bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: