~ 102 ~
alohida tashlanib turadi. Bunda disfemik ma’no ochiq yoki manipulyativ
asosda ifodalanadi.
Mustahkamlash
Esse
Darsning so‘ngida har bir talabaga individual
savol yoki topshiriq
aks etgan kartochkalar topshiriladi va
ularga berilgan savol yoki
topshiriq yuzasidan uyga vazifa qilib esse yozish vazifasi yuklanadi.
1.
Disfemizm nima?
2.
Disfemizmning yondosh hodisalar bilan munosabati хususida
gapiring.
3.
Disfemik ma’noli birliklarni mavzuiy tasniflang.
4.
Disfemizmning struktural tasnifi haqida nimalar deya olasiz?
5.
So‘z-disfemaga misol keltiring.
6.
Birikma shaklidagi disfemik birliklarga misol keltiring.
7.
Gap-disfema хususida gapiring.
8.
Ma’nodosh-disfema deganda nimani tushunasiz?
9.
Shakldosh-disfemaga misol keltiring.
10.
Qanday zid ma’noli disfemik birliklarni bilasiz?
11.
Disfemik ma’noli birlikning ma’no ko‘lamiga ko‘ra qanday
turlari bor?
12.
Metaforik, metonimik, sinekdoхik, vazifadoshlik asosida ma’no
ko‘chgan disfemik birliklar хususida gapiring.
13.
Kinoya shaklidagi disfemizmga misol keltiring.
14.
Disfema qo‘llash mahorati deganda nimani tushunasiz?
15.
Badiiy disfemizm nima?
16.
Siyosiy tushuncha disfemizmi haqida gapiring.
Dostları ilə paylaş: