O’zbеkistоn respublikasi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti



Yüklə 6,34 Mb.
səhifə47/362
tarix22.03.2024
ölçüsü6,34 Mb.
#181555
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   362
pedagogika nazariyasi 1-kurs

Tasvir (illyustrasiya) metodi namoyish metodiga chambarchas bog`liq bo`lsada, didaktikadaalohida o`rganiladi. Illyustrasiya narsa, hodisalar va jarayonlarni ularning ramziy ko`rinishlari – chizma, port, rasm, fotosurat, yassi modellar va boshqalar yordamida ko`rsatishni taqozo etadi. Namoyish va tasvir metodlari o`zaro bog`liqlikda bir-birini to`ldirgan holda qo`llaniladi. Agar hodisa va jarayonni o`quvchi yaxlit holda qabul qilishi zarur bo`lsa namoyishdan foydalanish, agar hodisa mohiyati hamda uning unsurlari o`rtasidagi bog`lanishlarni anglash talab etilsa illyustrasiyaga murojaat qilinadi.Tasvirning samarasi ko`pincha o`qituvchi tomonidan ko`rsatuv texnologiyasi qay darajada o`zlashtirilganligiga bog`liq bo`ladi. Ko`rsatmalardan foydalanishning bilish jarayonidagi didaktik ahamiyati o`rganilayotgan ob’ekt mohiyatini to`laqonli yoritaolishi bilan belgilanadi. Aslida illyustrasiyalar oldindan tayyorlanib, dars jarayonida zarur o`rinlarda kerakli hajmda ko`rsatiladi, aks holda ular sonining oshib ketishi o`quvchilarni hodisa mohiyatini anglashda chalg`itadi. Ayrim hollarda tarqatma materiallar (fotosurat, jadval, tabiiy ob’ektlar va boshqalar) yoki texnik vositalar xizmatidan foydalanishga to`g`ri keladi.
Ko`rgazmali metodlardan foydalanishda samaradorlikka erishish uchun quyidagi shartlargaamal qilish maqsadga muvofiqdir:

  • ko`rgazmalilikning o`quvchilar yoshi va rivojlanish darajasiga mos kelishi;

  • namoyish etilayotgan ob’ektlar barcha o`quvchilarga yaxshi ko`rinib turishi;

  • namoyishda uning boshlang`ch bosqchi vaasosiy jarayon (holat)larning ajralib turishi;

  • tajribalar namoyishi maket, jihoz, qurollar yoki tajriba sxemasini chizib ko`rsatish asosida tashkil etilishi;

  • namoyish va illyustrasiya o`quv materialining mazmuni bilan uyg`un bo`laolishi lozim.

Amaliy ishlar metodlari o`quvchilar tomonidan o`zlashtirilgan nazariy bilimlar yordamida ulardaamaliy ko`nikma va malakalarni hosil qilishdaalohidaahamiyat kasb etadi.


Amaliy ishlar metodi – o`zlashtirilgan bilimlarni amaliy masalalar echimini topishga yo`naltirilgan jarayonda qo`llashni taqozo etadi. Bunda nazariy bilimlarni amaliyotda qo`llash ko`nikmasi hosil qilinadi. Amaliy ishlar sinfda yoki tabiiy sharoitlar – maktab er maydoni, issiqxona, geografik maydonlardaamalgaoshiriladi. Ularni amalgaoshirishda sodir etiladigan harakatlar o`qituvchi tomonidan nazorat qilinadi va zarur hollarda yo`riqnoma yoki maxsus ko`rsatmani o`quvchilar e’tiboriga havola etadi. Qayd etilganidek, ushbu metodlar o`quvchilardaamaliy ko`nikma va malakalarni shakllantirishga yordam beradi. Aynan amaliy faoliyat jarayonida nazariy bilimlar harakatdagi shaklga ega bo`ladi.
Mashq - aqliy yoki amaliy (jismoniy) harakatlarni bajarish ko`nikmalarini egallash yo`lidagi ko`p marta takrorlanishlar bo`lib, mashqsiz ko`nikma hamda malakalarni shakllantirish mumkin emas. Mashqlar og`zaki, yozma, gradikaviy (texnik jarayonlar mohiyatini ifodalash), ijtimoiy-foydali, jismoniy va boshqa turlarga bo`linadi.
Yozma mashqlar – ta’limning tarkibiy qismi sifatida zaruriy ko`nikma va malakalarni shakllantirish hamda mustahkamlash maqsadida qo`llaniladi. Diktant, insho, masala, misol, shuningdek, referat yozish va tajriba mohiyatini yoritish ham yozma mashqlar sirasiga kiradi.
Grafikaviy ishlar ham yozma ishlar bilan o`xshash jihatlarga ega bo`lib, ulardan asosan texnik jarayonlar (jumladan, geografiya, fizika, matematika, chizmachilik, rasm hamda texnologik ta’lim)da keng ko`lamda foydalaniladi.
Mashqlarning bajarilish samarasi quyidagi shartlar hisobgaolinganda birmuncha yuqori bo`ladi:

  • mashqlarni bajrishga nisbatan ongli yondashish;

  • bajarish qoidasini bilish;

  • vaqt bo`ycha takrorlanishning to`g`ri taqsimlanishi.

Mashqni bajarishni tashkil etish quyidagi bosqchlardan iborat:

  • o`qituvchining faoliyat maqsadi va mazmunini tushuntirishi;

  • topshiriqni bajarish ketma-ketligini ko`rsatishi;

  • o`qituvchi nazorati ostida o`quvchilar tomonidan o`quv harakatining dastlabki bajarilishi;

  • zarur ko`nikma va malakalar shakllanguncha o`quv harakatlarning ko`p bora takrorlanishi.

Ayrim holatlarda o`quvchilar ovoz chiqarib o`quv harakatlarini takrorlashlari va bajarishlari lozim bo`ladi. Ular izohli mashqlar deb nomlanadi va bajariladigan harakatlarning mohiyatini anglagan holda ko`nikma va malakalarni egallashga imkon beradi.
Laboratoriya ishlari o`quvchilarning jihoz, maxsus uskuna, qurol hamda turli texnikaviy qoliplardan foydalangan holda tajribalarni o`tkazish metodlari bo`lib, ular ko`proq tabiiy fanlar asoslarini o`rganishda qo`llaniladi. Bu metod o`quvchilarning asbob-uskunalar bilan ish ko`rish, o`lchash ishlarini amalgaoshirish va ularning natijalariga ishlov berish kabi ko`nikmalarini tezkor shakllantirishga imkon beradi. Laboratoriya ishlarini bajarish maxsus qurilma va jihozlar, shuningdek, materiallar hamda vaqtni sarflash, ularni ishga tayyor holatga keltirishni talab etadi. Biroq bu harakatlar o`quvchilarning yuqori darajadagi faolligi asosida mustaqil ravishda tajriba va o`lchash ishlarini tashkil etish bilan takomillashtirilib boriladi.Laboratoriyadan amaliy ishlarning farqi shundaki, bu metod o`quvchilarning mavjud nazariy bilimlarni amaliy masalalar echimini topishga yo`naltirilgan faoliyatini tashkil etishgaxizmat qiladi. U o`quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirish, bilish faoliyatini nazorat qilish hamda yo`l qo`yilgan kamchiliklarni tuzatish borasidagi ko`nikmalarini shakllantirish kabi funksiyalarni bajaradi.
Amaliy mashg`ulotlarda o`quvchilarning bilish faoliyati quyidagi besh bosqchda tashkil etiladi:

  1. O`qituvchining tushuntirishi, faoliyat mohiyatini nazariy jihatdan anglash bosqchi.

  2. Ko`rsatma, yo`l– yo`riq berish bosqchi.

  3. Sinov bosqchi (bu bosqchda ikki-uch nafar o`quvchi amaliy harakatlarni bajaradi, qolgan o`quvchilar esa ularning faoliyatini kuzatadi).

  4. Faoliyat (harakat)ni bajarish (har bir o`quvchi topshiriqni mustaqil ravishda bajaradi, ayni o`rinda topshiriqni bajarishga qiylanalgan o`quvchilargaalohida e’tibor qaratilib, ularga yordam ko`rsatiladi).

  5. Nazorat bosqchi (bu bosqchda o`quvchilarning ishlari qabul qilinadi va baholanadi; ishning sifati, materialning maqsadga muvofiq tanlanganligi, vaqt nutqai nazardan tezkorlik, topshiriqni bajarish tizimining to`g`riligi va samaradorligi kabi holatlargaalohida e’tibor beriladi).

Zamonaviy ta’lim tizimida o`quvchilar tomonidan o`zlashtirilgan nazariy bilimlar negizidaamaliy ko`nikma va malakalarni shakllantirishdadidaktik o`yinlardan foydalanishgaalohida e’tibor qaratilmoqda.
Didaktik o`yin o`rganilayotgan ob’ekt, hodisa va jarayonlarni modellashtirish asosida o`quvchining bilishga bo`lgan qiziqishi va faollik darajasini rag`batlantiruvchi o`quv faoliyati turi. Ayni vaqtda o`yin ham ijtimoiy faoliyat ko`rinishi sanaladi.Hozirgi vaqtda o`qituvchilar qo`lida barcha o`quv fanlari bo`ycha didaktik o`yinlarning ishlanmalari mavjud, ayniqsa, boshlang`ch ta’lim bo`ycha yaratilgan o`quv dasturlarda turli didaktik o`yinlarning ro`yxati etarli darajada ko`rsatilgan. Ta’limning globallashuvi ta’limiy va rivojlantiruvchi xarakteriga ega va yo`nalishi jihatidan xilma-xil bo`lgan kompyuter o`yinlarining maktab amaliyotiga jadal kirib kelishini ta’minlamoqda. Didaktik o`yinlar o`quvchilarga ijtimoiy-foydali mehnat hamda, o`qish ko`nikmalarini faol o`zlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Didaktik o`yinlarning ahamiyati uning natijasi bilan emas, balki jarayonning mazmuni va uning kechishi bilan belgilanadi. O`yinlar bolalarni ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishga tayyorlaydi, ularning turli psixologik zo`riqishlarini kamaytiradi. Didaktik o`yinlardan foydalanilganda o`quvchilarning manfaatdor bo`lishlari ijobiy ahamiyatga ega bo`lgan taqdirdagina ularni taqdirlash mumkin. Aksincha, metodik jihatdan puxtaasoslanmagan hamda shunchaki tashkil etilgan o`yin ijobiy natija bermaydi.

Yüklə 6,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə