O`zbеkistоn respublikasi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti


TARBIYADA BOLA SHAXSINI HURMAT QILISH VA UNGA TALABCHANLIK PRINSIPI



Yüklə 2 Mb.
səhifə11/96
tarix24.02.2022
ölçüsü2 Mb.
#84080
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   96
O`zbеkistоn respublikasi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi n-fayllar.org

TARBIYADA BOLA SHAXSINI HURMAT QILISH VA UNGA TALABCHANLIK PRINSIPI

Tarbiyachi awaliga bolalardan biror narsani talab qilib, so’ngra o’zining bu talabini unutib qo’ysa yoki keyingi ishlarida o’zi bu talabga xilof ish tutsa, bu hoi tarbiyaga yomon ta’sir etadi. Biz bunday tarbiyachini o’z so’zida qat’iy turmaydigan kishi, deb ataymiz. U bolalarga topshiriq berib: «Bilib qo’yinglar, topshirilgan vazifani albatta tekshirib, tegishli bahoni qo’yaman», deb ogohlantiradi. Lekin bolalarning topshiriqni bajargan yoki bajarmaganlarini aslo tekshirmaydi. Bolalar tartibni salgina buzsalar, u ko’p do’q-po’pisa qilib, ularga qarshi turli choralar ko’rajagini aytadi-yu, ammo amalda hech qanday chora ko’rmaydi. U, biror qiziq tadbir o’tkazishni bolalarga va’da qiladi-yu, sal orada va’dasini esdan chiqarib qo’yadi, bolalarda bunday tarbiyachiga izzat va hurmat paydo bo’lmaydi. Har bir pedagogning so’zi bilan ishi bir xil bo’lishi kerak. U o’z ishida va so’zida izchil bo’lmog’i lozim. Har bir tarbiyachi uchun bu narsa qonun sifatida tan olinishi shart.

Bolalarga birdaniga juda ko’p talab-qoidalarni taqdim qilish mumkin emas; bolalarni xulq va yurish-turish ko’nikmalariga o’rgatgan vaqtda ham xuddi o’quv predmetlari mazmuniga kiradigan ko’nikmalarni o’rgatishdagi tadrijiylik va tizimlilikka rioya qilish kerak. SHunday qilinsa, bolalar xulqiy ko’nikmalarni puxta, mustahkam o’zlashtiradilar.

Boshlang’ich ta’lim mohir pedagoglari ish tajribalarining ko’rsa-tishicha, qaerda o’quvchilarga yuksak talabchanlik, hurmat, muhabbat, ishonch kuchli bo’lsa, o’shaerda tarbiyaning ta’siri samarali bo’ladi.

Bolaga mehribonlik, hurmat va muhabbat bilan qarash uning kuchiga kuch qo’shadi, o’ziga bo’lgan ishonchni yanada orttiradi, bu, ayni chog’da, o’quvchilarda o’z o’qituvchisiga nisbatan hurmat, ishonch va mehribonlik uyg’otadi. Zotan, bolalar g’amxo’r, mehribon va talabchan o’qituvchini sevadilar, hurmat qiladilar va unga to’la ishonadilar. Mana shunday o’qituvchining bolalarga tarbiyaviy ta’siri kuchli bo’ladi, uning obro’yi ortadi. Agarda o’qituvchi o’z o’quvchilarining kuchiga va imko-niyatiga ishonch bilan qarasa, ular bu ishonchni oqlashga intiladilar.

O’qituvchi va tarbiyachilarning o’quvchiga nisbatan haddan tashqari talabchan va qattiqqo’l bo’lishi ham, va aksincha, bolalarga bo’sh muomala qilishi ham yaramaydi.

O’qituvchi va tarbiyachilar o’quvchilarga nisbatan talabchan bo’lishlari va qo’ygan talablarining o’quvchilar tomonidan so’zsiz bajarilishiga erishmoqlari lozim. Bu esa bolalarni kattalar tomonidan qo’yilgan oqilona talablarni o’z vaqtida bajarishga odatlantiradi. SHu bilan birga, bolalar o’zlariga nisbatan ham talabchan bo’ladilar.

Tarbiya jarayonida bolalarga nisbatan o’qituvchilar, ota-onalar, bolalar va yoshlar tashkilotlari hamda barcha jamoatchilik tomonidan bir xilda talab bo’lishini, ya’ni talabda birlik bo’lishini ta’min etish g’oyat muhimdir.

Maktab ma’muriyati, sinf rahbarlari, o’qituvchilar bilan ota-onalar o’quvchilarga bir xilda talab qo’yishni ta’min etishlari kerak. Ota-onalar ham, o’z navbatida, bolalarni tarbiyalashni maktab bilan mustahkam aloqada olib borishlari hamda bolalarga nisbatan maktab bilan birga bir xil talab qo’yishlari lozim. Oila a’zolari: ota-ona, aka-uka, opa-singil va boshqalar o’rtasida ham bolalarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishda birlik bo’lishi zarurdir. Bolaning sinfdan-sinfga o’tishi, yoshining ulg’ayishi, saviyasining ortishi, dunyoqarash doirasining kengayib borishi bilan talablarning mazmuni va shakli ham o’zgarib, ortib boradi.

Xullas, o’quvchilarga nisbatan talabchan bo’lish, ularga samimiy muhabbat va hurmat bilan qarash qoidasini oqilona hamda mohirlik bilan to’g’ri qo’llanishi, o’quvchilarnig kuchiga, imkoniyatlariga ishonch bilan qarashga - tarbiyaning muvaffaqiyatli borishiga yordam beradi.




Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə